2- mavzu: davriy qonun va davriy sistemasi



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə4/9
tarix10.06.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#128301
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu amaliy

Bor nazariyasi
Atom tuzilishining E.Rezerford taklif etgan yadro nazariyasi keng tarqaldi. Rezerford nazariyasiga muvofik elektron yadro atrofida planetalar quyosh atrofida aylangan singari aylanadi.
Ammo klassik elektrodinamika qonunlariga ko’ra elektronlar harakatlanish paytida nurlanib doimo energiya yo`qotib turishi kerak. Natijada elektronlar harakati sekinlashib, ular asta sekin yadroga yaqinlashishlari va nihoyat unga tushib qolishlari kerak edi. Bundan tashqari elektronlar aylanma harakatida yorug`likning nurlanish chastotasi elektrokimyo orbita aylanish chastotasiga teng bo’lish kerak. Shu sababli, elektron yadroga yaqinlashgan sari nurlanayotgan yorug’likning chastotasi doim o’zgarish va nurlanishning yoppa spektriga aylanish kerak. Ammo, dalillar bu xulosani rad etadi. XIX asrning 60-yillaridayok, qattiq qizdirilgan gaz yoki bug’dan chiqqan yoruglikning parchalanishi natijasida, shu modda uchun xos bo’lgan va bir necha xil rangli chiziqlardan tuzilgan spektr hosil bo’ladi. 1913- yilda Daniya olimi N. Bor M.Plankning nurlanishni kvant nazariyasi asosida atom tuzilishi nazariyasini rivojlantirdi.
Kvant nazariyasining moxiyati quyidagicha: nur energiyasi uzluksiz oqim bo’lib emas,balki alohida portsiyalar-energiya kvantlar xolida chiqadi va yutiladi.
Kvant energiyasining kattaligi , nur chiqarish chastotasi- ga to’g’ri proportsional: =h 
h-Plank doimiysi, 6.610-27 erg.sek1 ga teng. Bu kattalik ta`sir kvanti deyiladi. Elektron bir orbitadan boshqasiga o’tganda chiqadigan energiya miqdori proportsiyalar, ya`ni kvantlar bilan o’zgaradi:
1--0=h1; 2 -0=h2; 3-0=h3 va hakozo.
Elektronning har bir statsionar orbitadagi holatiga atom energiyasining ma`lum mikdor zapasi to’g’ri keladi. Elektron birinchi orbitada harakatlanayotganda yadroga eng kuchli tortiladi, energiya zapasi esa eng kam bo’ladi. Atomning bunday holati normal holat deyiladi. Agar atomga energiya berilsa, masalan, jism yoritilsa, elektron yadrodan uzoqroqdagi orbitalardan biriga kuchadi, bunda uning yadroga tortilish kuchi kamayadi, atomning energiya zapasi esa ko’payadi Atomning bunday holati qo’zg’algan holati deyiladi.
Atom qo’zg’algan holatida sekundiga 1/1000.000 ulushiga qadar vaqt tura oladi, keyin elektron yana avvalgi holatga qaytadi. Elektronning yadrodan uzoqroqdagi orbitadan yaqinrok orbitaga qaytadi. Elektronning yadrodan uzoqroqdagi orbitadan yaqinrok orbitaga o’tishida nur energiya kvantlari chiqadi:
k-N==h
K-N KN
bundan =  =  = 
h h h
bunda N va K- atomning elektron boshqa orbitaga o`tmasdan oldingi dastlabki energiyasi, hamda oxirgi elektron o’tgandan keyingi energiya:
Bor formulasi
=3,31015(1/n2yakin)(1/n2uzok)sek-1
1885 yilda Shveytsariyalik fizik I. Ya. Balmer tegishli spektrlarning to’lqin uzunligini o’lchash asosida spektrda chiziqlarning bunday izchilligi joylanishi ma`lum konuniyatga bo`ysunishi empirik yo`l bilan aniqlanadi.
=R( 1/22)-(1/n2)sek-1
R-konstanta (3,.3*1015) , n-butun son,  3, 4, 5 va … bo`lishi mumkin.
e- ultrabinafsha nurlar e- kurinadigan nurlar e- infraqizil nurlar.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin