2- mavzu: davriy qonun va davriy sistemasi



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə2/9
tarix10.06.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#128301
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu amaliy

Kimyoviy element - bir xil zaryadli yadroga ega bo`lgan atomlar to`plamidir. Yadro zaryadi elementning kimyoviy elementlar davriy sistemasida joylashgan o`rnini belgilaydi; elementning davriy sistemadagi tartib raqami uning atom yadrosi zaryadiga teng.
Atom tuzilishini tafsiflash: Rezerford usuli. Bu usulni Rezerford 1911 yili kashf etgan. Radioaktiv elementlar parchalanishi natijasida o`zidan -zarrachalar chiqaradi. Bu zarrachalar biror moddaga to`qnashib qarshilikka uchraydi. Natijada o`ziga ikkita elektron biriktirib, geliy atomiga aylanadi. Hosil bo’lgan geliy miqdorini mikro-usul yordamida aniqlash mumkin. Bir gramm radiyning bir yilda parchalanishi natijasida 159 mm3 yoki sekundiga 5,03 nm geliy hosil bo`lishi tajribada aniqlangan.
Geliy atomi hosil qiladigan  - zarrachalar ko`z bilan kuzatish mumkin bo`lgan energiyaga ega. Shuning uchun ma'lum miqdordagi radioaktiv modda chiqargan  - zarrachalarni hisoblash mumkin. Masalan: 1 g radiy bir sekundda 13,6 •1010ta  -zarracha chiqaradi. Bizga ma'lumki, 1 mol geliy oddiy sharoitda 22,4 l hajmni egallaydi.
XIX asrga kelib, atom murakkab tuzilishga aga degan fikrga kelindi. Bunday fikrga kelishga quyidagi kashfiyotlar sabab bo’ldi:

  1. Katod va rentgen nurlarining kashf qilinishi;

  2. Radioaktivlik hodisasining kashf qilinishi.

1879 yilda ingliz olimi Kruks katod nurlarini kashf qildi. U shunday tajriba o’tkazdi.

Trubkadan havo so’rib chiqariladi. Trubka orqali kuchlanish yuqori bo’lgan tok o’tkazilganda, Kruks katoddan ko’zga ko’rinmaydigan nurlarni uchib chiqishini kuzatdi. Bu nurlar qanday payqaldi? Bu nurlar shisha idish devorlariga urilib, unda yaltillash, chaqnash (lyuminestsentsiya) hosil qiladi. Bu nurlarni katod nurlari deb ataladi. Katod nurlari yengil narsalarni harakatga keltiradi, elektr maydonida + qutb tomon og'adi. Bundan Kruks demak, katod nurlari tez harakatlanadigan-zaryadlangan zarrachalar oqimi degan xulosaga keldi. Katod nurlarini keyinchalik elektronlar deb ataldi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin