11-Mavzu: Estetika kategoriyalari Reja: 1


Texnikaning inson estetik manfaatlari va faoliyati bilan bog`liqligi. Dizayn



Yüklə 451,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix12.10.2023
ölçüsü451,71 Kb.
#154435
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
w

Texnikaning inson estetik manfaatlari va faoliyati bilan bog`liqligi. Dizayn 
estetikasi. 
Ko‟rib o‟tganimiz – tabiat estetikasi bizni hozir avvalgiga qaraganda 
olisdan o‟rab turgan biologik muhitning hayotimizni go‟zallashtirishdagi, 
umuman, 
estetiklashtirishdagi 
ahamiyatini 
tadqiq 
etsa, 
uni 
insonni 
“tabiiylashtirish” vositasi sifatida olib qarasa, texnika estetikasi, aksincha, bugungi 


kunda bizga eng yaqin bo‟lgan noosferani – texnikaviy muhitni muntazam 
“insoniylashtirib” borish muammolarini o‟rganadi.
 
Inson doimiy ravishda ravnaq topib boradigan mavjudot, uzoq davom etgan 
insoniy taraqqiyotning mahsuli, ya‟ni tosh asridagi va hozirgi odam, garchand 
ikkalasi ham odam deb atasakda, bir-biridan farq qiladi. Zamonaviy odam aqlan, 
axloqan nisbatan yuksak darajaga ko‟tarilgan, jismonan esa – go‟zallashgan. 
Texnikani ana shu go‟zallashgan inson yaratgan. Shu o‟rinda imom G`azzoliyning 
inson va uning ijodiga nisbatan aytgan: “Yaratilgan yaratganiga o‟xshaydi”, degan 
so‟zlarini yana bir bor eslaylik. Alloh insonni yaratib, uni o‟ziga o‟xshashini istasa, 
inson ham o‟z ijodi mahsulining o‟ziga o‟xshash bo‟lishini xohlaydi. Texnika 
inson ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik aqlli, qanchalik 
go‟zal bo‟lsa, shunga qarab o‟zgarib boradi.
Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, so‟nggi ikki asr mobaynida, ayniqsa, XX asrda 
inson tafakkuri, uning jisman va axloqan taraqqiyotidan ilgarilab ketdi. Chunki 
tafakkur, vujud va axloqdan farqli o‟laroq, narsalarga aylanish xususiyatiga ega. 
Narsaga aylangan tafakkur tinimsiz ravishda yangi, o‟zidan yuksakroq narsaga 
aylanadigan tafakkurni taqozo etadi, u esa o‟z navbatida yana yangi narsani 
yaratadi va shu tarzda tafakkur olg`a qarab boraveradi. Bu, biz, odatda, hisobga 
olmaydigan qonuniyat. Chunki tafakkurning nima ekani, u qanday qilib moddiy 
jarayonlarni o‟zgartirishi hozircha noma‟lum, vaholanki u biologik hodisa emas. 
“Tafakkur energiya shakli emas, – deydi akademik V.I.Vernadskiy. – Qanday qilib 
u moddiy jarayonlarni o‟zgartira oladi? Bu savolga ilm hozircha javob topgan 
emas”
2
. Nima bo‟lganda ham, tafakkurning ravnaqqa qarab taraqqiy qilib borishi 
isbot talab qilmaydigan haqiqat. Ana shu ravnaqning sur‟ati biz yaratgan texnika 
vositalarini tezkorlik bilan o‟zgarib, qulaylashib, go‟zallashib borishini ta‟minlab 
kelmoqda. Bunda badiiy-texnik yoki estetik faoliyat hisoblanmish dizaynning roli 
katta. 

Yüklə 451,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin