11-Mavzu: Estetika kategoriyalari Reja: 1



Yüklə 451,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix12.10.2023
ölçüsü451,71 Kb.
#154435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
w

Fojialilik va kulgililik. 
Yolg„iz insonga xos his-tuyg„u. Faqat ijtimoiy 
munosabatlar jarayonida namoyon bo„ladi. Ular bir-biriga zid tushunchalar, ayni 
paytda ular bir-birining mag„ziga singib, birinchisi ikkinchisiga o„tib turadi. Xalq 
iborasida: «fojialilikda kulgililikkacha masofa bir qadamdir» deyiladi. Shekspir 
asarlarida fojiali va kulgili tomonlar, shu qadar chirmashib ketganki, ularni birini 
ikkinchisisiz anglash qiyindir. 
Fojialikda noqonuniy hayotning chuqur ziddiyatlari va to„qnashuvlari: hayot va 
o„lim, ozodlik va zarurat, aql va tuyg„u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy 
xususiyatlar namoyon bo„ladi. M.Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi», 
«Mirzo Ulug„bek» asarlari fojiaviy asarlardir. 
Arastu: fojiali his-tuyg„u murakkab tarkibga ega bo„lib, u achinish, qo„rquv va 
shodlikning o„ziga xos qorishmasidan iborat. Bu erda qahramon azob-uqubatlariga 


achinish uning mudhish taqdiridan qo„rquv, ruhiy poklanishidan shodlanish ko„zda 
tutiladi. Agar shunday holat (poklanish) sodir bo„lmasa, tomoshabin dilxasta bo„lib 
chiqib ketsa, demak poklanish amalga oshmagan bo„ladi.
..Halokat bilan tugallansa ham, bari-bir qayg„u va tushkunlik emas, balki yashash 
va kurash istagi, bu kurashda o„zining halok bo„lishini bilib turgan insonning 
mag„rur qiyofasi gavdalanadi. 
Inson ulug„vorligini tarannum etish hammadan ham ko„proq va yorqinroq san‟at 
fojia turida o„z ifodasini topadi. 
Kulgililik. 
Arastu kulgulilikni xunuklik va go„zallik o„rtasidagi ziddiyat ifodasi 
desa, Kant : - kutilayotgan voqeaning ahamiyatliligi va natijaning arzimasligi deb 
ta‟kidlaydi. Gegel: - mohiyati jihatidan pastkash, soxta, ahamiyatsiz va shakli 
jihatining ahamiyatli jarayonini kulgulilik desa, Bergson: - bexosdan sodir bo„lgan 
va jonli muloqot natijasini kulgu deb ataydi. 

Yüklə 451,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin