11-Mavzu: Estetika kategoriyalari Reja: 1


Sharq va G‘arb mutafakkirlari



Yüklə 451,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix12.10.2023
ölçüsü451,71 Kb.
#154435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
w

Sharq va G‘arb mutafakkirlari
kulgulilikni xunuklik bilan bog„lab mushohada 
qilishadi. Xunuklikning o„zi kulgili emas, balki uning go„zallik da‟vo qilishi va 
o„zini go„zallik o„rniga qo„yishga harakat qilishi kulgililikdir deb ta‟kidlanadi. 
Kulgililikning ichki tomoni – keng ma‟nodagi hazil (yumor) tuyg„usidir.
Hazil
tuyg„usi insonni hayvondan ajratib turadigan eng muhim xislatlrdan biridir. 
Hazil tuyg„usi murakkab aqliy tuyg„u bo„lib, unda shaxs o„zining butun borlig„i 
bilan namoyon bo„ladi. Unda insonning his-tuyg„u va aql madaniyati, orzu-
umidlari namoyish etiladi.
Kulgining turli sabablari bo„lishi mumkin: to„yimli va mazali ovqatlanishdan keyin 
rohatlanib kuladigan odamlar bo„lishi mumkin. Bunday odamlar uchun kulgi 
hayotni sof fiziologik - jismoniy idrok etish ifodasi bo„lib xizmat qiladi.
Inson tashqi ko„rinishi bilan uning asl mohiyati o„rtasidagi nomuvofiqliklar 
ziddiyati, tafovutlar, beo„xshovliklar, kelishmovchi-liklarni tabiiy anglash 
natijasida ham kulgi kelib chiqadi. Ba‟zi bir odamlar o„zining pastkash, johil, 
loqayd, xudbin mohiyatini tashqi viqor, oliftalik, takabburlik bilan «bezab» 
ko„rsatmoqchi bo„ladi, bu ham kulgini kelib chiqaradi.
Bundan ham kulamiz, ham quvonamiz, sabab bu odamdagi ichki ruhiy mohiyat 
bilan uning tashqi ko„rinishi o„rtasidagi beo„xshovlikdan kulsak, quvonishimizga 
sabab mazkur haqiqatni anglashimizda, haqiqatni yolg„ondan ajratish qobiliyatimiz 
mavjudligida kelib chiqadi. Uchinchi sabab quvonchimizga «sog„lom» xudbinlik 
hissi ham qo„shilib ketishi mumkin, chunki mazkur odamning asl mohiyatini 
anglash qobiliyatimiz bilan ma‟naviy-insoniy jihatdan u odamdan yuqori turish 
kayfiyatida bo„lishimiz ham bizga yoqadi. Bunday kulgu inson ruhini ko„taradi, 
unda insoniy g„urur tuyg„usi vujudga keladi.
Kulgi va qo„rquv bir-biriga qarama-qarshi tushunchalardir. Inson yaramas va 
xunuk hodisalar ustidan kulishiga o„rgana bilsa, u qo„rquv hissini tark etadi va 
nomatlub illatlardan forig„ bo„ladi. eng qadim davrlarda ham xalqning o„tkir so„zli 
hozirjavob, zukko vakillari vositasida kulgi quroli bilan ijtimoiy illatlarga qarshi 
kurashgan kamchilik va illatlar ustidan kulganlar. Masalan: Askiya.
Kulgi o„z xususiyatiga ko„ra demokratik mazmunga ega. Chunki u barcha 
odamlarni bir-biriga qovushtiradi. Ular kulgi vositasida o„zaro tenglashadilar. 
Kulgi noinsonning noaxloqiy illatlar bilan kurashning omilkor vositasi. Kulgi 


noinsonning kuch-qudrati va ozodligi timsoli hamdir. Kulgi rang-barang va xilma-
xil qirralarga ega. Mayin rag„batlantiruvchi, xushfe‟l, hazil-mutoyiba hissiyotidan 
tortib, to ayovsiz, achchiq istehzo hissiyoti darajasigacha ham etib boradi.

Yüklə 451,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin