11-Mavzu: Estetika kategoriyalari Reja: 1



Yüklə 451,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix12.10.2023
ölçüsü451,71 Kb.
#154435
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
w

Dizayn
 
(inglizchada loyiha, chizma degani) XX asrning boshlarida “xunuk buyum 
yaxshi sotilmaydi” degan iqtisodiy talab asosida G`arbdagi sanoat ishlab 
chiqarishiga kirib keldi. Gap shundaki, inson bilan texnikaning eskicha shaklidagi 
o‟zaro aloqasi endilikda yaxshi samara bermay qo‟ygan edi. Unda inson texnologik 
rejimga moslashgan holda, tezlik, aniqlik, mustahkamlik kabi texnologik mezonlar 
asosida ishlaydigan ishchi sifatida baholanardi. Bu na faqat insonparvarlik, balki 
texnikaviy ravnaq nuqtai nazaridan ham nomaqbul edi. Shu bois texnikani 
insoniylashtirish zaruriyati tug`ildi. Endi ishchi yo xizmatchining shaxsiy qiziqishi, 
ijodiylik kasb etgani holda, faqat mehnat natijasi bilan cheklanmasdan, mehnat 
jarayoni va uning mazmuniga ko‟chib o‟tishi lozim bo‟lib qoldi. Bu – mehnatning 
estetik tabiat kasb etishi va insoniylashuvi demakdir. Shunday qilib, texnikani va 
ishlab chiqarish muhitini insoniylashtirish mehnatni faqat zaruriyat deb emas, balki 
ehtiyoj darajasida tushunishga olib keladi; texnik insoniylashtirish muhitni insonga 
moslashtirishi barobarida, uni estetik tarzda tashkil etishni ham o‟z ichiga oladi. 
Dizaynning zaruriyatga aylanishi na faqat zamonaviy ilmiy-texnikaviy ravnaqqa, 
balki ommaviy ishlab chiqarish va ommaviy madaniyat darajasining yuksakligiga 
2
Вернадский В.И. Начало и вечность жизни. Москва. Советская Россия. 1989. С. 185. 


ham bog`liq. Bunday sharoitda xaridor o‟zining erkin tanlov imkoniyati bilan 
ishlab chiqarish taklif qilgan mahsulotni rad etishi va o‟z ehtiyojiga javob 
beradigan tovarni yuqori baholashi mumkin. Ya‟ni, xaridor o‟z didiga mos narsani 
tanlaydi; xarid jarayoni “boriga baraka ” tarzidagi tavakkalchilik holatiga emas, 
balki tovarga faol munosabat shakliga aylanadi. Ana shunday munosabatga loyiq 
bo‟lishi uchun tovarning shakli muhim ahamiyatga molik. Tabiiyki, birinchi 
navbatda go‟zal va ulug`vor ko‟rinishga ega narsalargina jamiyatning e‟tiborini 
qozonadi. Shunda tovarning umummezonga javob beradigan estetik qadriyat 
sifatida qabul qilinishi ro‟y beradi va u ishlab chiqarishning xaridorga, xaridorning 
esa ishlab chiqarishga estetik ta‟sirini ta‟minlaydi.
Shuni unutmaslik lozimki, har qanday konstrukstiyachi-injener dizayner 
bo‟lolmaydi. Injener-konstruktor, deylik, mashinani loyihalashtirar ekan, dastlab 
uning motoridan tortib, kuzovigacha bo‟lgan qismlari loyihasini chizadi va 
shundan keyingina ularni bir-biri bilan bog`lab yaxlit mashina shakliga keltiradi. 
Natijada har bir qism alohida “o‟z hayotiga” ega bo‟ladi. Ya‟ni, mashina 
zamonaviylashtirilganida (modernizastiya qilinganida) muayyan detallarni so‟nggi 
loyiha asosida, alohida-alohida almashtirish jarayoni ro‟y beradi. Dizaynchi-
injener esa mashinani go‟zallik va ulug`vorlik qonuniyatlariga asoslanib, birdaniga 
muayyan yaxlitlik tarzida tasavvur qiladi. Bu yaxlitlik konstrukstiyaga bo‟ysunsa-
da, o‟zini badiiy ijod sifatida namoyon etadi. Shunday qilib, konstruktor-injener 
mazmunni, dizaynchi-injener shaklni yaratadi, ya‟ni birinchi mutaxassis – texnik, 
ikkinchisi – estetik. Ikkala faoliyatning uyg`unligi tufayli zamonaviy xaridor 
talabiga javob beradigan mashina vujudga keladi va unda, istaymizmi-
istamaymizmi, estetik ko‟rinish yaxlitlik sifatida ustuvorlikka, xaridorgirlik 
ahamiyatiga ega bo‟ladi. Zotan, eslaylik, Shiller aytganidek, shakl insonga 
butunisicha, mazmun – uning muayyan qismigagina ta‟sir ko‟rsatadi. Xaridor esa, 
eng avvalo inson.
Biroq, bu – dizaynda hamma narsa shakl bilan bog`liq ekan, degani emas. Unda 
ham san‟atdagidek shakl va mazmun uyg`unligi asosiy omil hisoblanadi. Bunday 
uyg`unlikka birdan erishish qiyin, u bir necha texnikaviy bosqichlarning hosilasi 
sifatida vujudga keladi. Masalan, “Zinger” rusumli tikuv stanogining XX asr 
davomida rivojlanib, dastlabki qo‟pol ko‟rinishidan “xohlasang ham, xohlamasang 
ham ishlaging keladigan” darajada go‟zallashib, noziklashib, insonni o‟zida 
ishlashga chaqirib turadigan mashinaga aylandi. Yoki o‟zimizdagi “Daewoo” 
korporastiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan “Matiz” avtomobiliga 
e‟tibor qiling. U dizayn nuqtai nazaridan o‟zidan avvalgi kichik mashinalardan, 
xususan, “Tiko”dan keskin farqlanadi. Uning yo‟lda engil borishi kishida xuddi 
suzib ketayotgandek tassurot uyg`otadi, asosiy chiroqlari (faralari) ana shu 
taassurotingizga mos: ulkan baliqning ko‟zlariga o‟xshaydi, oldindagi pastki ikki 
chiroq esa sizga bodomqovoq – Sharq go‟zallariga yarashib turadigan qiyiq 
ko‟zlarni eslatadi. Bunda avtomobilning tashqi ko‟rinishi bilan mohiyati nihoyatda 
muvaffaqiyatli moslashtirilgan: “Matiz” – baliqdek silliq olg`a intiladigan, 
“epchil”, go‟zal, Sharqda ishlangan, sharqona mashina. 
Qisqasi, bugungi kunda biz dizayn tufayli atrofimizdagi texnikaviy olamni 
odamiylashtirib, o‟zimizga, estetik didimizga moslashtirib borishga erishdik va 


erishmoqdamiz; hozir ruchkamizdan tortib, kompyuterimizgacha, mashinamizdan 
tortib, ko‟ylagimizgacha – hammasi bizni har jihatdan qoniqtirishga qaratilgan. 
Dizaynning tub ildizi, mohiyat nuqtai nazaridan, ko‟rgazmali amaliy san‟atga (xalq 
amaliy san‟atiga) borib taqaladi: u ham, bu ham foydalilik, manfaatlilik 
xususiyatiga ega, ya‟ni ular maqsadga muvofiqlikka emas, maqsadga xizmat 
qiladi. Lekin xalq amaliy san‟atiga asos bo‟lgan hunar, aytib o‟tganimizdek, 
san‟atga aylanishi mumkin, dizayn esa – dizaynligicha qoladi. Sababi shuki, 
hunarmand-usta har bir ashyoga, deylik, uzukka, qumg`onga, xontaxtaga yoki 
naqshin qutichaga o‟z dunyosini, xaridorga mos ruhni singdiradi, ya‟ni 
hunarmand-usta yasagan o‟nta mis laganda ustaning o‟n xil ruhiy holatini, 
kechinmalarini ilg`ash mumkin. Dizaynda esa o‟n minglab yoki yuz minglab 
ashyolarga zamonaviy texnika vositasida dizaynchi-injenerning bir galgi ruhiy 
dunyosi singdiriladi. Keyinroq ular modernizastiya qilinishi mumkin, lekin unda 
ham yana bir xillik avvalgisidan boshqacharoq namoyon bo‟ladi, usta esa doimo 
yangi narsa yasaydi va mana shu yangilik rang-baranglik, individuallik hunar 
mahsuliki san‟at darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. Bundan tashqari 
hunarmand har bir tovarni butunisicha badiiy-ashyoviy yaxlitlik sifatida olib 
qaraydi va ishlab chiqaradi. Ya‟ni, unda mazmun ham shakl ham bir ruhiy dunyo 
va “bir qo‟lning” mehnati. Dizaynda esa ashyolar “turli qo‟l” ishlagan qismlarni 
bir mutaxassisning – dizaynerning yaxlitlashtirishi natijasida o‟zini butunisicha 
namoyon qiladi. Shu sababli hunarmandning mahsuloti – san‟at, dizaynerning ishi 
nosan‟at estetik faoliyat hisoblanadi. Shunga qaramay, dizayn va dizaynerning 
ijodiy mehnati yer yuzida tobora ko‟payib borayotgan inson zotining zamonaviy 
iqtisodiy-maishiy hamda estetik ehtiyojini, ma‟naviy talablarini qondirishi bilan 
muhim hamda e‟tiborga loyiq. Texnika estetikasi esa dizayn nazariyasi sifatida 
estetikaning o‟ziga xos turi, usiz bugungi estetika fanini to‟liq tasavvur qilib 
bo‟lmaydi. 

Yüklə 451,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin