11-Mavzu: Estetika kategoriyalari Reja: 1


Estetikaning zamonaviy muammolari



Yüklə 451,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix12.10.2023
ölçüsü451,71 Kb.
#154435
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
w

 
Estetikaning zamonaviy muammolari
 
Estetik tarbiya – jamiyatda ma‟naviy muhitni paydo qilishga ko‟mak beruvchi 
muhim unsur bo‟lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana 
shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. 
Hozirda estetik tarbiyaning ko‟lami tobora kengaymoqda. Shunga ko‟ra, u o‟z 
oldiga talaygina muhim vazifalarni qo‟ygan. Bular:-kishilarda san‟at asarlari, 
badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o‟zlashtirish balki, ularning estetik 
mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish; 
-jamiyat a‟zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan 
foydalana bilishga ishonch tuyg‟usini uyg‟otish; 
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg‟u bilan munosabatda 
bo‟lishga va ularni ravnaq toptirish yo‟lida astoydil faoliyat olib borish 
ko‟nikmalarini hosil qilish;
- o‟tmish ma‟naviy merosimizga hurmat hissini uyg‟otish, milliy g‟urur, milliy 
iftixor tuyg‟ularini shakllantirish uchun zamin yaratish; 
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat 
manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ‟ib qilishga undashdir. 
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san‟at, information texnologiyalar, 
tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin. 

Энгельгарт В.А. Познание явлений жизни. Москва. Наука. 1984. С.276. 


San’at- estetik tarbiyaning muhim vositasi
.
Bugungi kunda jamiyatimizda inson 
faoliyatini boshqarib borishdan ko‟ra, ushbu jarayonni insonning o‟zi tashkil etishi 
kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san‟at mohiyatan shaxsning his-
tuyg‟ulariga ta‟sir ko‟rsatishga qodir bo‟lgan muhim vosita sifatida insonni doimo 
o‟ziga jalb etib kelgan. San‟at insonning ehtiroslar va tuyg‟ular olamiga singib 
borib ularni yig‟latadi, kuldiradi, o‟ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo‟lsa 
kerak san‟at barcha davrlarda insonga hamroh bo‟lib kelgan. 
San‟at o‟zining estetik bisotini to‟laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya 
jarayoni bilan chambarchas bog‟lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini 
go‟zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning 
predmeti esa ma‟naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi. 
 Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi
.
Bir paytlar tabiiy 
va texnika bo‟yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta‟lim muassasalari 
talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga 
ularning ko‟pchiligi san‟at, adabiyot va ma‟rifat sohasida ko‟proq aks etadi, degan 
javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. 
Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda 
insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida 
odamlarning turmush tarzini, o‟zaro aloqasini hatto tashqi ko‟rinishi ham tubdan 
o‟zgarishiga olib keldi. 
Mahalla-estetik tarbiyaning muhim vositasi
.
Mahallaning shaxs estetik tarbiyasi 
ta‟siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat 
bo‟lib, u bugun shaxsning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy- 
huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko‟mak beruvchi makon sifatida ham 
yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga 
yaqindan ta‟sir ko‟rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan 
mahalla o‟z navbatida o‟z oldiga qo‟ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan 
zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi.
Tabiat- estetik tarbiyaning zaruriy vositasi
.
Shuni maxsus ta‟kidlash kerakki, 
zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik 
ustuvor omil bo‟lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb 
etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli 
jihatdan mukammal bo‟lib yetishishiga monelik ko‟rsatadi. Shuning uchun inson 
va tabiat o‟rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi 
vaqtda bu muammoni chetlab o‟tish maqsadga muvofiq bo‟lmaydi. 
Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati

Yüklə 451,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin