4. Ibn Sinoning dunyo tabobat ilmida qoldirgan ilmiy merosi to’g’risidagi ma’lumotlarga qo’shimcha kiriting.
(O’qituvchi guruhga ularni yozma ravishda tarqatadi yoki taqdimot qiladi):
Buyuk shifokor olim Abu Ali ibn Sino fan va madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulug‘ hissasi uchun Sharqda «Shayx ur- rais» («Olimlar boshlig‘i»), Yevropada Avsena «Olimlar podshosi» degan yuksak unvonlarga sazovor bo'lgan.
Alloma yaratgan «Kitob ash-Shifo» 18 jilddan iborat bo‘lib, tibbiyot va falsafiy bilimlar qomusi hisoblanadi. U o‘z ichiga 4ta katta bo‘lim (mantiq, fizika, matematika, metafizika)ni oladi. Ibn Sinoning «Kitob ul-insof»i («Adolat kitobi») 21 jilddan iborat.
5. Ibn Sino haqida xalq orasidagi rivoyatlardan misol keltiring.
6. Ibn Sinoning ahloqiy hislatlar haqidagi ma’lumotlarni sharlang:
(O’qituvchi guruhga ularni yozma ravishda tarqatadi yoki taqdimot qiladi):
Ibn Sino hikmatlari
Aysh-ishrat va bekorchilikdan buzuqlik va kasalmandlik kelib chiqadi, aksincha, aqlning nimagadir intilishi sog‘liqni muttasil mustahkamlab boradigan bardamlikni yuzaga chiqaradi.
Do‘stimki dushmanimga do‘stlik qilar ekan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l, ayniqsa ilon ustiga qo‘ngan pashshadan o‘zingni tort.
Abu Ali Ibn Sino o‘zi davolayotgan kasallarga bunday der ekan:
Biz uch tarafmiz: men (tabib), sen (bemor) va u (kasallik). Agar sen men tarafga o‘tib olsang, u yengiladi. Agar u tarafga o‘tib olsang, ikkovingni yengishim qiyin...
Go‘sht tanani mustahkamlaydigan taom bo‘lib, u boshqa ovqatlarga nisbatan qonni tezroq ko‘paytiradi.
Erta saharda anor, tushda piyozli ovqat esang, yotish oldidan asal nush etsang, qoning ko‘z yoshidek beg‘ubor bo‘ladi.
Har kishi anjir tanovul aylasa tun-kun mudom, Ko‘ksidan balg‘amni haydar, bartaraf qilg‘ay taom.
Sholg‘om urug‘ini tuyib, maydalab,asal bilan qo‘shib qilsang iste’mol.
Ichingni yumshatar, zaharni kesar,belingni baqquwat qiladi darhol.
Surma qo‘ysa har kishi ko‘ziga laylu nahor,
Ko‘zidan suv oqmagay va nuri bo‘lg‘ay beg'ubor.
Ketma-ket mast bo‘lish juda yomondirki, jigarni va mujozni huzadi, asabni kuchsiz qiladi.
Asab kasalliklarini, sakta kasalligini va to‘satdan o‘lishni keltiradi.
Qora yer qa’ridan to avji Zuhal, koinot mushkuli barin qildim hal.
Ko‘p mushkul tugunni angladim, yechdim, yechilmay qolgani birgina ajal.
Har kishi anjir tanovul aylasa tun-kun mudom,
ko‘ksidan balg‘amni haydar, bartaraf qilg‘ay taom.
Dostları ilə paylaş: |