1-Mavzu: Pedagogika tarixi fan va o‘quv predmeti sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim -tarbiya va pedagogik fikrlar


Mavzu bo’yicha mustaqil tayyorlanadigan topshiriqlar(uyga vazifa)



Yüklə 150,65 Kb.
səhifə5/16
tarix07.01.2023
ölçüsü150,65 Kb.
#78700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1 mavzu BTSTI seminar

Mavzu bo’yicha mustaqil tayyorlanadigan topshiriqlar(uyga vazifa):
Quyidagi masalalar bo’yicha konspekt tuzing:

  1. Islom dini tarixi va hadis ilmining paydo bo‘lishi to‘g‘risida yozing.

  2. Hadis ilmining paydo bo‘lishi hamda Paygambarimiz Muhammad (s.a.v) qissasi haqida fikrlaringizni bildiring.

  3. Al-Buxoriyning “Al-adab al-mufrad” va “As-sahih” asarlarini mustaqil o’rganing va qisqacha yozing.

  4. Imom at-Termiziyning hadis ilmini rivojlantirishdagi xizmatlari to‘g‘risida yozing.

  5. Hadislardan namunalar keltiring va ularning har biriga izoh bering.



*Izoh Mavzu bo’yicha mustaqil tayyorlanadigan topshiriqlar (uyga vazifa) ushbu mavzu o’tilmasidan oldin beriladi va talaba uni kelgusi darsga bajarib keladi.




VII asrdan IX asrgacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar
I. Abu Nasr Forobiy ta’lim-tarbiya to‘g‘risida

Reja:

  1. Forobiyning ilmiy-falsafiy ta’limoti.

  2. Forobiy fanlar tasnifi haqida. Forobiy aqliy tarbiya haqida.

  3. Forobiy axloqiy, ijtimoiy, nafosat tarbiyasi haqida.

  4. Forobiy ta’lim-tarbiya uslubi, shakl va usullari haqida.

  5. Forobiyning fozil insonni shakllantirishga oid qarashlarini hozirgi davrdagi ahamiyati.



Muhokama qilinadigan masalalar:
(Dastlab talabalardan mustaqil tayyorlanish uchun berilgan topshiriqlar(uyga vazifa) so’raladi va ularning konspekt daftarlari tekshiriladi. So’ngra mavzu reja asosida muhokama qilinadi.)
1.Sharq uyg’onish davrida ilm-fan va talim-tarbiyaning rivoji to’g’risidagi ma’lumotlarga izoh bering.
(Quyidagi sxemadan o’qituvchi ko’rgazmali qurol sifatida foydalanadi yoki uni taqdimot qiladi):





Islom dinining yoyilishi, markazlashgan Arab xalifaligidagi ilm-fan taraqqiyoti tufayli ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishlar Mova- rounnahrda va Xurosonda IX asrda ma’naviy ko‘tarilish, uyg‘onish davrini bosh lab berdi.
Al-Ma’mun tomonidan tashkil etilgan «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») — Akademiya barcha ilm sohiblari to‘plangan markazga aylandi va Sharq hamda G‘arb ilm-fanining taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning yuksalishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Butun Sharqdagi kabi Movarounnahrda ham ilm-fan va ma’rifat sohasida mashhur faylasuf va munajijimlar, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, ta’lim tarbiya bo‘yicha ilmiy asarlar bilan nom qoldirgan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar yetishib chiqdi.

Yüklə 150,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin