Obraz
|
Ijobiy
Xususiyatlari
|
Salbiy
xususiyatlari
|
Tarbiyaviy
ahamiyati
|
1.
|
Hakimbek
|
|
|
|
2.
|
Barchin
|
|
|
|
3.
|
Boybo'ri
|
|
|
|
4.
|
Boysari
|
|
|
|
5.
|
Qorajon
|
|
|
|
6.
|
Surhayl maston
|
|
|
|
7.
|
Qaldirg‘och
|
|
|
|
8.
|
Ultontoz
|
|
|
|
9.
|
Qultoy bobo
|
|
|
|
6. “Avesto”dagi ma’naviy-axloqiy va hayotiy-tarbiyaviy g’oyalarni o’rganing, ularni sharhlang:
(O’qituvchi guruhga ularni yozma ravishda tarqatadi yoki taqdimot qiladi)
Pindori Nek (Ezgu fikr): Tangrining yagonaligiga ishonmok, iymonda sobitlik, tavakkul, qanoat, xayrixohlik, sulhjo‘ylik, kechirimli bo‘la bilish, ishonch, shijoatli, rahmli va muruwatli bo‘lmoq, pok-tiynatlik, insof, xushhulqlik, beozorlik, ochiqyuz- lik, ehsonlilik, nafsni chegaralash, kasb va ilmni sevmoq, mas’uliyatlilik va haqiqatparast bo‘lmoq.
Guftori Nek (Ezgu so‘z): Tangriga hamdu sano aytmoq, to‘g‘riso‘zlik, ahdida sobitlik, haqgo‘ylik, salom va ta’zimda bo‘lmoq, to‘g‘ri va rost guvohlik bermoq, shirinkalomlik, o‘ylab, sinab gapirmoq, rost qavllik.
Raftori Nek (Ezgu ish, faoliyat): Tangri va payg‘ambar bergan farz va sunnatlarga so‘zsiz itoat etmoq hamda ularni bajarmoq, yaxshi ishlash, omonatga xiyonat qilmaslik, ojizlarni qollash, serg'ayrat bo'lmoq, ota-ona va ustod hukmiga farmonbardor bo‘lmoq, xalq uchun, Vatan uchun xizmat qilmoq, mehmondo‘stlik, parxezkarlik, yomon ishlardan yuz o‘girmoq, mehribonlik, insonparvarlik, jamiyat qonunlariga itoat etmoq, o‘tganlarni esda tutish, haqiqattalab bo‘lmoq, bemorlar holidan xabar olib turmoq, muhtojlarga yordam berish, o‘z ishi va kasbiga mehr qo‘yish, adolatli bo‘lmoqdir.
«Avеsto» - insoniyatning moddiy, ma'naviy, pеdagogik boyligi sifatida juda katta ta'lim-tarbiyaviy qimmatga ega.
7. Zardushtiylik tadrijiysini o’rganing va eslab qoling:
8. Eng qadimgi davrlarda insonda ulug’langan xislatlarni sharhlang:
8. “Avesto” haqidagi ma’lumotlatga qo’shimchalar kiriting.
(Quyidagi sxemadan o’qituvchi ko’rgazmali qurol sifatida foydalanadi yoki uni taqdimot qiladi):
«Avеsto»da tarbiya yo’nalishlari
ZARDUSHTIYLIK AXLOQINING ASOSIY UCHLIGI
Quyidagi Zardusht nasihatlari o’rganing va ularni sharhlang:
(O’qituvchi guruhga ularni yozma ravishda tarqatadi yoki taqdimot qiladi):
Zardusht nasihatlari.
Dono o‘z aqlu farosati bilan nodon qalbini yoritmog'i lozim.
Ey mardum! Shunday kishi gapiga quloq tutginki, u donishmand va rostlik tarafdori bo‘lsin.
Kim farosatli, oqil va to‘g‘ri bo‘lsa, parvardigori olam uning homiysidir.
Keksalar gapiga quloq soling va andisha bilan mulohaza yuritib, yaxshi bilan yomonni o‘zingiz ajratib oling.
Otashdek pok va duraxshon bo‘ling!
Pokxilqat kishigina Tangri inoyatiga erishadi.
Jahonga haqorat ko‘zi bilan qaraydigan kishilar pokniyyatlikdan yiroqdirlar.
Pokniyyat kishilar to‘g‘rilik va do‘stlik tarafdoridirlar.
Pok xulqli yurt hamisha yuksalish va taraqqiyotda bo‘ladi.
Kishilar yaxshi xulq bilan kamolot va mangulikka erishadilar.
Har bir kishi andisha, so‘z va ishda muqaddas aqlga suyanmog‘i lozim.
Aqli raso kishi baxtli va farovon yashaydi.
Biz hayvonlarning ko‘payishi, parvarishi, ularga oziq-ovqat tayyorlash, binolar qurish payidan bo‘lmog‘imiz darkor. Hatto o‘zimizga oziq-ovqat, kiyim-kechak hozirlash uchun ham chorvador bo‘lmog‘imiz lozim.
Yaxshi ustozlar Tangriga yaqin odamlardir.
Nodonining ibodat paytida raqsga tushgisi keladi.
Odamlarga yaxshilik qilmoq - dunyodagi eng mo'tabar odatdir.
Tangri shomu sahar bandalariga yordam beradigan odamlarni yoqtiradi.
Rost so‘z sendan qoladigan eng qutlug‘ yodgorlikdir.
Adashganlami to‘g‘ri yo‘lga boshlagan odamni yaxshi odam deyish mumkin.
Qaerda ikki tan bir-birini qo‘llasa, o‘sha erda ish yurishadi.
Rost amaldan boshqa hech narsa bilan shug‘ullanma.
Hammaga yaxshilik tilaydigan odamlarga yaxshilik etsin.
Do'stlik rishtasini poklik bilan mahkam tuting.
Yer yuzining yaxshilari adog‘siz daryodirlar.
Poklik - inson tug‘ilganidan umrining oxirigacha qilinadigan eng yaxshi amaldir.
Kirn yolg‘on so‘zga og‘iz ochsa, baxt qushi undan qochadi.
Gapiruvchi nodon bo‘lsa xam, tinglovchi dono bo‘lmog‘i zarur.
Sukut - eng buyuk odob.
Vatanning tutuni ham shirin.
Qiz bolani ura ko‘rmang, xonadoningiz baxtsizlikka uchraydi.
Ovqatlanish paytida gapirmoq gunohi azimdir.
Muhit tozaligini saqlash va kasalliklarning oldini olishga doir.
Axlatlarni berkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh, qum bilan ko‘mib tashlash, shu yo‘l bilan mikroblar o‘ldirilgan yoki kamaygan.
Otash, issiqlik va sovuqlik ta’siri bilan yo‘qotish, «Avesto"da otash poklovchi va ofatni ketkizuvchi vosita hisoblanadi. U bilan hatto kiyim-kechaklarni zararsizlantirish mumkin.
Kimyoviy yo‘l: kul, sirka, sharob, turli giyohlar (isfand — isiriq, mixak, sadaf, piyoz, aloe, sanda) tutatish yo'li bilan. Bularning ko‘pi hozir ham mikroblarni o‘ldiruvchidir.
Uy hayvonlarini boqish va ko‘paytirish sharoitlarini yaxshilash, parranda va boshqa hayvonlarga behuda ozor bermaslik, ularning bemahal o‘limiga sabab bo‘lmaslik uqtirilgan. Shu bilan birga kasal tarqatadigan hayvon va hashorotlarni yo‘qotishga da’vat etilgan.
«Avesto»da issikliq, sovuq havo, ochlik, bo‘kib ovqat eyish, ruhiy iztirob, buzilgan taom eyish, tozalikka rioya qilmaslik ko‘p kasalliklarning asosiy manbai deb topilgan.
Yuz-qo‘lni, sochni bir kunda bir necha marotaba yuvib yurishga da’vat qilish bilan
Soch va tirnoqlarni o‘z vaqtida tozalab olib turish, ularni odamlar nazari va qadami tushmaydigan, parranda, it va mushuk kovlab olmaydigan darajadagi chuqurlikka ko‘mib tashlashni qat’iy talab qilingan.
Dostları ilə paylaş: |