2.Forobiy ta’lim-tarbiya berish usullari haqida va unug ilmiy merosi to’g’risidagi ma’lumotlarga izoh bering.
(O’qituvchi guruhga ularni yozma ravishda tarqatadi yoki taqdimot qiladi):
«Aql haqidagi risola», «Falsafadan oldin nimani o‘rganish kerak?», «Substansiya haqida», «Falsafa manbaalari», «Mantiqqa kirish», «Masalalar manbai» va b. Jami 160 dan ortiq.
Farobiy «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolasida bilimlarni o‘rganish tartibini birma-bir sanab o‘tadi: bilish zarur bo'lgan ilm, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangan tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon jismlari haqidagi ilmlarni o‘rganishi lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat - o'simlik va hayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi.
Forobiy ta’lim-tarbiya berish usullarini ikkiga bo‘ladi:
Birinchi usul: Qanoatbaxsh so‘zlar, chorlovchi, ilhomlan- tiruvchi so'zlar yordamida odat hosil
qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g‘ayrat, kasbga intilish harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi usul: Majbur etish yo£lidir. Bu usul gapga ko'nmovchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroi xalqlarga nisbatan ishlatiladi. Chunki ular o‘z istaklaricha, so‘z bilan g‘ayratga kiradiganlardan emasdir.
Forobiy deydi: «Наг kimki ilm-hikmatni o‘rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, sog‘-salomatligi yaxshi bo‘lsin, yaxshi axloq va odobli boisin, so‘zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo‘lsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq bo‘lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin, barcha real, moddiy narsalar to‘g‘risida bilimga ega bo‘lsin».
3.Forobiyning ilmiy-pedagogik ta’limotining ahamiyati to’g’risidagi ma’lumotlarga izoh bering.
(O’qituvchi guruhga ularni yozma ravishda tarqatadi yoki taqdimot qiladi):
Forobiy ta’limotiga ko‘ra:
Forobiy ta’limoticha, insonning 5 sezgi a’zosi 5 turli vazifani bajarishga muvoflqlashgan bo‘lib, ular tashqi muhitdan olingai xabarlarni bir yagona markazga olib keladi va bu markazda barcha xabarlar — obrazlar umumlashadi.
Ta’lim faqat so‘z va o‘rganish bilan bo'ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan.
Ta’lim degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida tug‘ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir.
Ahloqiy fazilatlar - bilimdonlik, donolik va mulohazali bo‘lish, vijdonilik, kamtarlik, ko‘pchilik manfaatlarini yuqori qo'yish, haqiqat, ma’naviy yuksaklikka intilish, adolatli bo'lish xislatlaridir.
Ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy-axloqiy qoidalar, odob mezonlari o‘rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |