Yuridik shaхslardan olinadigan foyda solig`i ma’ruzachi : O’. Baytanov



Yüklə 356,26 Kb.
səhifə2/6
tarix12.10.2023
ölçüsü356,26 Kb.
#154139
1   2   3   4   5   6
2-маввзу Фойда солиги 2023

Soliq solish obyekti
Soliq to‘lovchi tomonidan olingan foyda foyda solig‘i bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanadi.
Soliq solish maqsadida quyidagilar foyda deb e’tirof etiladi:
1) yuridik shaxs uchun — jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq;
2) faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun — doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq;
3) norezident uchun — O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar;
4) yakka tartibdagi tadbirkor uchun — jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq;
5) zimmasiga oddiy shirkat ishlarini yuritish yuklatilgan shaxs uchun — birgalikda ishlab chiqarilgan tovarni (ko‘rsatilgan xizmatni) realizatsiya qilishdan olingan daromad va birgalikda ishlab chiqarilib realizatsiya qilingan tovarga (xizmatga) to‘g‘ri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq.

Soliq to‘lovchi foydani va zararni hisobga olishning umumiy tartibidan farq qiladigan tartibi nazarda tutilgan operatsiyalar bo‘yicha daromadlarning (xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritadi.
Soliq bazasi soliq davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi

Soliq kodeksining 295-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi.


Soliq bazasini aniqlashda soliq to‘lovchi daromadlarining va (yoki) xarajatlarining (zararlarining) ayrim turlari maxsus qoidalar bo‘yicha inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi mumkin.
Soliq solinadigan baza (SK 296-modda)
10/11/2023
Soliq to‘lovchining daromadlariga va (yoki) xarajatlariga (zararlariga) soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda tuzatishlar kiritiladi.
Natura shaklidagi daromadlar va xarajatlar, agar ushbu qismda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi tomonidan bitimning haqiqiy narxidan kelib chiqqan holda inobatga olinadi. Agar bunday bitimdagi tovarlarning (xizmatlarning) narxi ularning bozor narxidan farq qilsa va bunday farqlanish soliq to‘lovchining soliq bazasi kamayishiga yoki zarari ko‘payishiga olib kelsa, soliq bazasi soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Yüklə 356,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin