Moliya va soliqlar (151-170)



Yüklə 225,59 Kb.
səhifə1/3
tarix24.03.2023
ölçüsü225,59 Kb.
#89451
  1   2   3
@moliya va soliqlar 151-170

Moliya va soliqlar (151-170)




151-savol.


Javob: Ko‘chmas mulk yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti hisoblanadi.
Ko‘chmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlar;
2) qurilishi tugallanmagan obyektlar. Qurilishi tugallanmagan obyektlarga qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi;
3) temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar;
4) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun ko‘rsatilgan turar joy ko‘chmas mulk obyektlari, ko‘chmas mulk obyekti foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy o‘tgach.
Quyidagi ko‘chmas mulk obyektlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyatini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan obyektlar;
2) uy-joy-kommunal xo‘jaligining va belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalaniladigan boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaligi obyektlari.
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;
4) sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari;
5) soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlar;
6) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong‘in xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlar.
7) yer uchastkalari.



Yüklə 225,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin