Yuridik shaхslardan olinadigan foyda solig`i ma’ruzachi : O’. Baytanov


Qolgan soliq to‘lovchilar 15 Soliq davri. Hisobot davri



Yüklə 356,26 Kb.
səhifə6/6
tarix12.10.2023
ölçüsü356,26 Kb.
#154139
1   2   3   4   5   6
2-маввзу Фойда солиги 2023

7

Qolgan soliq to‘lovchilar

15

Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Yilning choragi hisobot davridir.
Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Hisobot (soliq) davrining yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
Hisobot davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq davrining boshidan oshib boruvchi yakun bilan soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo‘lgan foizlardagi ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq to‘lovchi soliq kodeksida belgilangan hollarda va tartibda foyda solig‘ini yoki chet davlatda to‘langan daromadlardan olinadigan xuddi shunday turdagi to‘langan soliqni hisobga o‘tkazish yo‘li bilan soliq summasini kamaytirishga haqli.
Soliq hisoboti barcha soliq to‘lovchilar tomonidan har bir hisobot va soliq davri o‘tganidan keyin soliq bo‘yicha hisobda turgan joyidagi soliq organiga taqdim etiladi.
Soliq hisoboti quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay;
2) soliq davri yakunlari bo‘yicha — soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.
Budjet tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan soliq bo‘yicha soliq hisoboti soliq davri yakunlariga ko‘ra taqdim etiladi, bundan matlubot kooperativlari mustasno. Bunda o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha jami daromad mavjud bo‘lmagan taqdirda soliq hisobotini taqdim etish talab qilinmaydi.
Soliqni to’lash tartibi
Soliqni to‘lash hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha, tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda besh milliard so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar hisoblab chiqarilgan har oylik bo‘nak to‘lovlarini hisobot davri har bir oyining yigirma uchinchi kunidan kechiktirmay to‘laydi.
Joriy soliq davrining birinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi o‘tgan soliq davrining oxirgi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovi summasiga teng etib qabul qilinadi.
Joriy soliq davrining ikkinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi joriy yilning birinchi hisobot davri uchun soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘i summasining uchdan biriga teng etib qabul qilinadi.
Joriy soliq davrining uchinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi yarim yillik yakunlariga ko‘ra soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi va birinchi chorak yakunlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi o‘rtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi.
Joriy soliq davrining to‘rtinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi to‘qqiz oylik yakunlariga ko‘ra soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi va yarim yillik yakunlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi o‘rtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi.

Эътиборингиз учун раҳмат!

Эътиборингиз учун раҳмат!


Yüklə 356,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin