Xo’jalik hisobi turlariga ta’rif bering Xo’jalik mablag’lari va ularning manbalari haqida so’zlang


Qimmatli qog‘ozlar sotilishini hisobga olish



Yüklə 139,6 Kb.
səhifə10/20
tarix20.11.2023
ölçüsü139,6 Kb.
#166160
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Xo’jalik hisobi turlariga ta’rif bering Xo’jalik mablag’lari va -www.hozir.org

Qimmatli qog‘ozlar sotilishini hisobga olish


Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni

debet

kredit

1

Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan daromad aks ettiriladi

4010

9220

2

Sotilgan qimmatli qog‘ozlarning balans qiymati hisobdan
chiqarildi

9220

0610

3

Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan moliyaviy natija aks ettiriladi

9220

9320




12 -21. Pul mabblag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi


T/r


Xo‘jalik muomalalarining mazmuni


Schyotlarning bog‘lanishi


Debet


Kredit

1

Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha foizlar naqd
pulda olinganda (savdo korxonalarida)

5010, 5020


4830

2

Mahsulot, ish va xizmatlarning naqd pulga sotilishi


5010, 5020


9010-9030


3

Asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotishdan
tushumning naqd pulda olinishi

5010, 5020


9210-9220



4

Bankdagi tegishli schyotlardan pul mablag‘lari kassaga kelib tushdi (ish haqi, nafaqa, mukofotlar


va shu kabilarni berish uchun)

5010, 5020



5110-5530


5

Hisobdor shaxslar tomonidan ishlatilmagan oldin
olingan bo‘naklarning qaytarilishi

5010, 5020


4220-4290


6

Aktsiyani nominal qiymatidan yuqori narxda sotish
natijasida olingan emissiya daromadi

5010, 5020


8410


7

Ta’sischilar o‘zlarining ulushlari hisobidan


korxonaning ustav kapitaliga naqd pul mablag‘larini kiritdi

5010, 5020



4610

8

Kvartira ijarachilaridan qarz summasi kelib tushdi

5010, 5020


4890

9

Komunal xizmatlar, aloqa xizmatlari va boshqa


to‘lovlarning kelib tushishi

5010, 5020


4890

10

Ishchilarga alohida uy-joy qurishga qarz berish


uchun kredit summasi naqd pulda olindi

5010, 5020


6810, 7810


11

Pul mablag‘lari kassadan topshirildi va bankdagi
hisob-kitob schetiga o‘tkazildi

5110-5530


5010, 5020


12

Aktsiyadorlardan ularga tegishli aktsiyalar qaytarib
sotib olindi

8610, 8620


5010, 5020



13

Qimmatli qog‘ozlarni sotib olishdagi xarajatlar to‘landi (brokerlar, maslahatchilar xizmati uchun


to‘lovlar)

9690

5010, 5020


14

Hisoblangan mehnat haqi va boshqa to‘lovlar berildi
(mukofot va shu kabilar)

6710

5010, 5020

15

Hisobdor summalar berildi

4220-4290


5010, 5020


16

Xodimlarga berilgan qarz summasi

4720

5010, 5020

17

Turli xil summalar berildi (bajarish varaqalari
bo‘yicha va boshqalar)

6990

5010, 5020

18

Korxonaning ajaratilgan bo‘linmalari hisobiga naqd
to‘lanishi

4110

5010, 5020

19

Tabiiy ofatlar bilan bog‘liq turli xil qoplanmaydigan
xarajatlar to‘lanishi

9720

5010, 5020



  1. Xojalik yurituvchi subyekt aktivlari hisobi hamda shakllanish manbalari


  1. Mol yetkazib beruvchilar va buyurtmachilar bilan hisob kitoblar hisobi

Olingan tovar-moddiy boyliklar, ishlar, xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga oid majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:


a)joriy qismi:
6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»; 6020 «Berilgan veksellar».
b) uzoq muddatli qismi:
7010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan uzoq muddatli schyotlar»;
7020 «Berilgan veksellar».
Turli mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga olingan TMB (tovar- moddiy boyliklar), bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqa aktivlar uchun subyektning joriy qarzi 6010-schyotda, uzoq muddatli qarzi esa 7010- schyotda aks ettiriladi.
6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti amalda kelib tushgan TMB, qabul qilib olingan ishlar va iste’molda bo‘lgan xizmatlar qiymatiga mazkur boyliklar yoki tegishli xarajatlarni hisobga olish schyotlari bilan korrespondentsiyada kreditlanadi.
Masalan, mol yetkazib beruvchilardan materiallar olindi: Dt 1010 «Xomashyo va materiallar»560 m.s.
Kt 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»560 m.s.
Agar bunda materiallar uchun oldindan to‘lov to‘langan bo‘lsa, bu quyidagi ko‘rinishda aks ettiriladi:
Dt 4310 «TMBlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar»560 m.s.
Kt 5110 «Hisob-kitob schyoti»560 m.s.
Materiallar olinganda esa mol yetkazib beruvchiga bo‘naklar va kreditorlik qarzi schyotlari (Dt 1010, Kt 6010) yopiladi:
Dt 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»560 m.s.
Kt 4310 «TMBlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar»560 m.s.
Omborga kelib tushgan moddiy boyliklarning miqdori va sifati shartnoma shartlariga mos kelmaganda, 6010-«Mol yetkazibberuvchilar va
pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan



  1. Balans va unda bo’ladigan o’zgarishlar

Balansda sodir bo`ladigan o`zgarishlar 4ta . Bular quyidagilar:


        1. Aktiv (+) , Aktiv (-)


DT 5010
KT 5110


        1. Passiv (+), Passiv (-)


DT 8710
KT 8310


        1. Aktiv (-), passiv(-)


DT 6010
KT 5110


        1. Aktiv(+), passiv(+)


DT 1010
KT6010




    1. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot

Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot 3-son BHMSga asosan yuritiladi. 2002-yil 27-dekabrda Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan.


Respublikamizda korxona moliyaviy natijasini aniqlashning uslubiyati ishlab chiqilgan bo’lib, u O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 15- fevraldagi 54-son Qarori (yangi tahriri 2003 yilda 444-sonli qaror bilan tasdiqlangan) bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq xo’jalik yurituvchi su’yekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko’rsatkichlari bilan tasniflanadi:  mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi tavofut sifatida aniqlanadi:
  • mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi tavofut sifatida aniqlanadi:




  • asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o’rtasidagi tavofut va plus asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:




  • xo’jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zararlar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plus moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:




  • soliq to’lagungacha olingan foyda, u umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda plus favqulodda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlarda ko’rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:




  • yilning sof foydasi, u soliq to’langandan keyin xo’jalik yurituvchi su’yekt ixtiyorida qoladi, o’zida daromad (foyda)dan, to’lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to’lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to’langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:






  1. Asosiy va tranzit schyotlar mohiyati va qo’llanish doirasi

Tranzit schyotlar (T) - bu moliyalanadigan natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladigan daromadlar va xarajatlarni hisobga oladigan vaqtinchalik schyotlar bo’lib, ular hisobot davri davomida ishlatiladi, lekin hisobot davri oxirida yopiladi va qoldiq qolmaydi.



Yüklə 139,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin