Asosiy schyotlar Asosiy schyotlarning 2 turi mavjud: Aktiv va Passiv. Aktiv schyotlar o‘z navbatida quyidagilarga bo'linadi:mehnat vositalari va uzoq muddatli aktivlami; aylanma mablag‘lami; xo‘jalik munosabatlarini aks ettiruvchi aktiv schyotlar. Mehnat vositalarini va uzoq muddatli aktivlami aks ettirish uchun quyidagi schyotlar moijallangan:
Schyotlar rejasidagi 01.00-schyotdan 90. 00 gacha bo’lgan schyotlar.
Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot
Asosiy vositalarning harakati to’g’risida hisobotda korxona asosiy vositalarining mavjudligi va harakati ko’rsatiladi.
«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirishni belgilab beradi. Ushbu hisobotning me’yori asosi sifatida O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari» hisoblanadi. Ular jumlasiga quyidagi «BHMA»larni kiritish mumkin:
1-BHMA «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»;
5-BHMA «Asosiy vositalar»;
21-BHMA «Хo’jalik yurituvchi su’yektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»;
3-ustunda va 6-ustunda tegishlicha yil boshida va oxirida korxona balansida qayd etilgan korxona asosiy vositalarining, shu jumladan joriy ijaraga topshirilgan, konservatsiyada bo’lgan va hokazo asosiy vositalarning ayrim turlarining dastlabki (tiklash) qiymati aks ettiriladi.
4-ustunda barcha manbalar bo’yicha hisobot yili davomida kelib tushgan asosiy vositalarning qiymati, shu jumladan: ilgari hisobga olinmagan asosiy vositalar, aylanma mablag’lardan asosiy vositalarga o’tish, shuningdek hisobot yilida ishga tushirilgan yangi asosiy vositalar moliyalashning barcha manbalari bo’yicha aks ettiriladi.
5-ustunda hisobot yilida tugatish, sotish, tekinga berish, ulush sifatida ustav sarmoyasiga berish, uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) shartnomasi bo’yicha berish, kamomad yoki talofatlarni aniqlash natijasida va boshqa sabablar bo’yicha chiqib ketgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati aks ettiriladi.
7-ustunda va 10-ustunda tegishlicha yil boshi va oxiridagi holat bo’yicha asosiy vositalarning jamg’arilgan eskirish summasi aks ettiriladi.
8-ustunda barcha manbalar bo’yicha hisobot yilida hisoblab yozilgan asosiy vositalarning eskirish summasi, shu jumladan qo’shimcha baholash chog’ida qo’shimcha hisoblab yozilgan eskirish, ilgari hisobga olinmagan eskirish, kelib tushgan, foydalanishda bo’lgan asosiy
vositalar bo’yicha eskirish aks ettiriladi.
9-ustunda tugatish, sotish, tekinga berish, ulush sifatida ustav sarmoyasiga berish, uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) shartnomasi bo’yicha berish, kamomad yoki talofatlarni aniqlash va asosiy vositalarning boshqacha chiqib ketishi jarayonida chiqib ketishga doir
jamg’arilgan eskirish aks ettiriladi.
11-ustunda asosiy vositalarning yil boshidagi, 3-ustun ma’lumotlari o’rtasidagi ayirmaning natijasi sifatida olingan qoldiq qiymati aks ettiriladi.
12-ustunda asosiy vositalarning yil oxiridagi, 6-ustun va 10-ustun ma’lumotlari o’rtasidagi ayirmaning natijasi sifatida olingan qoldiq qiymati aks ettiriladi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasining
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq hisobotliklarga kiritilgan bo‘lib, mazkur moliyaviy hisobot hujjatida pul mablag‘larining harakati nuqtayi nazaridan subyektning mulki bo‘lgan moliyaviy resurslarining o‘zgarishi aks ettiriladi. Bu hisobot yordamida inflyatsiya sharoitida boshqa moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirishda hisoblash uchullaridan foydalanishni e’tiborga olgan holda, subyektning likvidligini obyektiv taqqoslash imkoniyati yaratiladi. Ushbu shakl «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot» beshta bo‘limdan tashkil topgan:
1. Xo‘jalik faoliyatida pul mablag‘larining harakati.
2. Investitsiya foydasi va moliyaviy xizmat ko‘rsatishdan olingan va
to‘langan mablag‘lar.
3. Soliqni to‘lash uchun sarflangan mablag‘lar.
4. Investitsiya faoliyati uchun sarflangan va olingan mablag‘lar.
5. Moliyaviy faoliyatbo‘yicha sarflangan va olingan mablag‘lar.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda pul mablag‘larining harakati nuqtayi nazaridan korxona moliyaviy zaxiralarining o‘zgarishi aks ettiriladi. Korxona joriy xo‘jaligi investitsion va moliyaviy faoliyatda barcha pul mablag‘larining o‘zgarishi, pul va unga tenglashtirilgan mablag‘ qoldiqlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobot boshi va oxiriga nisbatan o‘rnatish imkonini beradi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot subyektning operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatining o‘z pul mablag‘lariga ma’lum hisobot davri ichida ta’sirini aks ettiradi, shu davr ichida pul mablag‘larining o‘zgarishini tushuntiradi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot (shakl 4) 9- sonli BHMS «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot» asosida tuziladi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotni qo‘llash quyidagilarni aniqlashga yordam beradi:
• tashkilotning pul mablag‘larini va ularning ekvivalentlarini topa olish
qobiliyatini va tashkilotning shu kabi Pul oqimlarini ishlatishga ehtiyojini aniqlash;
• tashkilotning sof aktivlaridagi o‘zgarishlar, uning moliyaviy tuzilishini
(uning likvidligini va to‘lov qobiliyati bilan birga) va uning o‘zgarib turgan sharoit va imkoniyatlarga moslashish uchun o‘z vaqtida pul miqdoriga va Pul oqimlariga ta’sir etish qobiliyatini aniqlash;
• har xil tashkilotlarning operatsion faoliyatlarini taqqoslash, chunki bu
ayni operatsion va xo‘jalik faoliyatining hodisalari uchun har xil hisoblash usullarini qo‘llanishni inkor etadi.
Pul oqimlarini tasniflash. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda hisobot davri davomidagi Pul oqimlari aks ettiriladi va ular quyidagi shakllarga tasniflanadi:
• operatsion faoliyati;
• investitsion faoliyati;
• moliyaviy faoliyat;
Schyotlar rejasi va ikkiyoqlama yozuv (to’liq tavsif)
Buxgalteriya hisobi schyotlarining bir xilligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlarining 21-sonli «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qollash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli standart qabul qilingan. Ushbu standartdagi schyotlar yig‘indisiga «Buxgalteriya hisobi schyotlar tizimi» deyiladi. Schyotlar tizimi xo‘jalik mablag‘larini va ularning tashkil topish manbalarini, xo‘jalik jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan o'zgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir.
Korxona faoliyatida yoppasiga, uzluksiz hisob qilib borilar ekan, korxona barcha mulkim o‘rganib, ulaming xususiyatlarini yaxshilab anglab yetmoq kerakdir. Korxona mulklari hisobi to‘liq yuritilar ekan, hisob ishlarini osonlashtirish, oqilona tashkil etish maqsadida schyotlar rejasi ishlab chiqilgan. Shum nazarda tutmoq kerakki, Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining ishlab chiqili- shi vahayotgatatbiq etilishi zaruriy hoi bo‘lganidek, schyotlaming yangi rejasini ishlab chiqish ham zamr bolib qoldi va schyotlaming yangi rejasi korxonalar moliya xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobida qo‘llanilib kelmoqda.
Schyotlar rejasi 6 qism va 9 bo‘limdan iborat. Schyotlar rejas- ining qismlari quyidagilardir:
1-qism. Uzoq muddatli aktivlar
2-qism. Joriy aktivlar.
3-qism. Majburiyatlar.
4-qism. Xususiy kapital (mulk).
5 -qism. Moliyaviy natijalami shakllanishi va ishlatilishi.
6-qism. Balansdan tashqari schyotlar.
Schyotlar rejasidagi bo‘limlar quyidagicha nomlangan:
1- bolim. Asosiy vositalar. nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar.
2- bo`lim. Tovar-moddiy zahiralari.
3- bo‘lim. Kelgusi davr sarflari vamuddati uzaytirilgan sarflarn- ing joriy qismi.
4- bo‘lim. Olinadigan schyotlar.
5- bo`lim. Pul mablagiari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar.
6- bo`lim. Joriy majburiyatlar.
7- bo`lim. Uzoq muddatli majburiyatlar.
8- bo`lim. Kapital (mulk), foyda va zahiralar.
9- bo`lim. Daromad va sarflar.
Schyotlar rejasini bilish nafaqat buxgalterlar, balki auditorlar soliqchilar qisman tashqi foydalanuvchilar (aksiyadorlar, ta’sischilar) uchun ham kerakdir. Schyotlar ikkiga ajratiladi: Aktiv schyotlar - xo‘jalik mablagiarini aks ettiruvchi schyotlar. Passiv schyotlar - xo‘jalik mablagiarini tashkil topish manbalarini aks ettiruvchi schyotlar.
Dostları ilə paylaş: |