Xulosa qilib aytish mumkinki, ikki yoqlama yozuv - bu xo‘jalik jarayonida vujudga keladigan o‘zgarishlaming schyotlar tizimi orqali ifodalanishidir.
Ikki yoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki, uning yordamida, hisob ishlari to'g'ri yuritilayotganligini nazorat qilib bor- ish imkoniyati yaratiladi. Xo‘jalik jarayonini bir schyoti debeti va ikkinchi schyotning kreditida aks ettirilishi buxgalteriya provodka- si deyiladi. Buxgalteriya provodkasining ikki turi mavjud:
oddiy buxgalteriya provodkasi;
murakkab buxgalteriya provodkasi.
Oddiy buxgalteriya provodkasida faqat ikki schyot qatnashib, biri debetlanadi, ikkinchisi kreditlanadi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi hisobi
Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash usullari
Quyidagilar amortizatsiya qilinmaydi:
yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar);
mahsuldor chorva mollari;
kutubxona fondi;
muzey qimmatliklari (muzey ashyolari);
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o‘tkazilgan asosiy vositalar;
arxitektura yodgorliklari;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan obodonlashtirish inshootlari;
qiymati ilgari to‘liq chegirilgan mol-mulk;
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga o‘tkazilmagan kapital qo‘yilmalar.
A.V amartizatsiya normalari soliq kodeksi 306-moddasida keltirilga
N.A amartizatsiya normalari soliq kodeksi 307-moddasida keltirilgan.
Qisqa muddatli investitsiyalar hisobi
Korxonaning boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlariga qilingan qisqa muddatli (bir yil muddatdan ko‘p bo‘lmagan) investitsiyalari (qo‘yilmalar) davlat qarzlarining foizli obligatsiyalari, boshqa korxonalarga berilgan qarzlar va boshqalarning naqdligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5810 «Qimmatli qog‘ozlar»;
5820 «Berilgan qisqa muddatli qarzlar»; 5890 «Boshqa joriy investitsiyalar».
5810 «Qimmatli qog‘ozlar» schyotida aktsiyalarga, davlat qarzlarining foizli obligatsiyalariga va boshqa qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilgan qisqa muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar 5810 «Qimmatli qog‘ozlar» schyotiga sotib olish qiymatida kirim qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |