Xo’jalik hisobi turlariga ta’rif bering Xo’jalik mablag’lari va ularning manbalari haqida so’zlang



Yüklə 139,6 Kb.
səhifə18/20
tarix20.11.2023
ölçüsü139,6 Kb.
#166160
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Xo’jalik hisobi turlariga ta’rif bering Xo’jalik mablag’lari va -www.hozir.org

Majburiyatlar – iqtisodiy foydaning kamayishiga, ya’ni amaldagi aktivlarning kamayishiga olib kelishiga ishonch mavjud bo‘lgan, hisobot davrida yoki o‘tgan davrlarda yuzaga kelgan kreditorlik qarzlari va boshqa qarzlardir.
Majburiyatlar subyektlar tomonidan amalga oshirilgan turli bitimlar natijasida vujudga keladi hamda tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarga bo‘lg‘usi to‘lovlar uchun huquqiy asos hisoblanadi. Majburiyatlar qiymati uni yuzaga keltirgan xo‘jalik muomalasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asosan belgilanadi. Xo‘jalik subyektlari tomonidan majburiyatlar qabul qilish o‘rniga aktivlar sotib olinganda, majburiyatlar qiymati xarajatlar tamoyiliga muvofiq aniqlanadi va u olingan aktiv qiymatiga teng bo‘ladi. 1-son BHMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ga binoan xarid qilingan aktivlar, xizmatlar va ishlar tannarxi yoki xarid qilish qiymati majburiyatlarni baholash uchun asos bo‘ladi.
Majburiyatlar qisqa va uzoq muddatliga bo‘linadi.
Joriy (yoki qisqa muddatli) majburiyatlar tugatilishi uchun joriy aktivlar sifatida tasniflanadigan resurslardan foydalaniladigan yoki boshqa joriy majburiyatlar qabul qilinadigan majburiyatlar tarzida belgilanadi. Ularning ko‘p uchraydigan o‘ziga xos turlari kreditorlik qarzi olingan bo‘naklar va muddati kechiktirilgan daromadlar, davr xarajatlariga taalluqli hisoblab yozilgan majburiyatlar, dividendlar va to‘lovga oid foizlar, hisoblab yozilgan soliqlar, shartli majburiyatlar hamda boshqalar hisoblanadi.
Uzoq muddatli majburiyatlar bir yildan uzoq bo‘lgan muddat ichida bajarilishi kutilayotgan majburiyatlardir. Biroq, ayrim vaziyatlarda ular 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan cheklangan muddatli majburiyatlar sifatida tasniflanadi. Uzoq muddatli majburiyatlarga misol sifatida uzoq muddatli qarzlar, obligatsiyalar, ko‘cmas mulk krediti va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlarni keltirish mumkin



  1. Ozbekiston RespublikasiBuxgalteriya hisobi togrisidagi Qonunining mohiyati va ahamiyati.

O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni 1996- yil 30-avgustda qabul qilingan. 2016-yil 13- aprelda yangilangan .


32ta moddadan iborat..


  1. Tovar moddiy zahiralar hisobi

4-son BHMSga muvofiq, yuqorida sanab o‘tilgan tovar-moddiy zaxiralar turlari buxgalteriya balansining «Tovar-moddiy zaxiralar» umumiy moddasi doirasida birlashtirilgan. Ushbu moddaga 21-son BHMSning quyidagi schyotlari qoldiqlari mos keladi:


1000 -«Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar»;
1100 -«O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schyotlar»; 1500 - «Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi
schyotlar»;
1600 -«Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar»; 2000 -«Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar»;
2100 -«O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar»;
2300 -«Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar»;
2500 -«Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar»;
2600 -«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar»;
2700 -«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi schyotlar»;
2800 -«Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar»;

Yüklə 139,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin