Xisoboti bajardi: tve-3 guruh talabasi Xushmurodov Suxrob Qabul qildi: Lesov Altinbek toshkent-2023 reja



Yüklə 2,56 Mb.
səhifə4/8
tarix12.09.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#142833
1   2   3   4   5   6   7   8
Xushmurodov Suxrob1

Yakor uchastkasi yakorlarni ta’mirlash uchun mo`ljallangan va kollektor, yakor o`zagini ta’mirlash, seksiyalar chulg`amlarini o`rnatish, kavsharlash va bandaj
o`rash, to`yintirish va quritishdan so`ng mexanik ishlov berish bo`yicha ixtisoslashgan ish joylariga ega.
Seksiyalar uchastkasida yakor chulg`ami seksiyalari (chulg`amlari) ni tayyorlash va izolyatsiyalash amalga oshiriladi. Seksiyalarni tayyorlash texnologiyasi murakkab bo`lib, unga to`liq rioya qilish talab etiladi, chunki tortuv elektr motorlarining ishonchliligi va umrboqiyligi seksiyalarni tayyorlash va ularni yakorga o`rnatish sifatiga bog`liq. Quritish-to`yintirish uchastkasi g`altaklarni ta’mirlash bo`limiga ega bo`lib, unda yakorlar va qutb o`zaklari to`yintiriladi, quritiladi va bo`yaladi. G`altaklar bo`limida yangi chulg`amlar va ularning qismalari ta’mirlanadi va tayyorlanadi. Payvandlash uchastkasiga ega mexanika uchastkasi elektr mashinalarining ostov, val, kollektor shaybalari va vtulkalari, qopqoqlari kabi detallarini payvandlab qoplash, payvandlash va mexanik ishlov berish uchun mo`ljallangan. Shuningdek ushbu uchastkada sex uchun belgilangan yangi detallar ham ishlab chiqariladi. Ayrim xollarda payvandlash uchastkasi alohida uchastka sifatida ajratilgan bo`lishi mumkin.
Yig`ish uchastkasida ostov va cho`tka tutqichlari ta’mirlanadi. Tortuv elektr motorlari belgilangan takt bilan ishlovchi oqimli-konveyer liniyasida yig`iladi.
Birinchi ish joyida moslama va manipulyator bilan jihozlangan maxsus stendda bosh va qo`shimcha qutblar o`rnatiladi va mahkamlanadi. Ikkinchi va uchinchi ish joylarida g`altaklararo birikmalar va qismalari yig`iladi. To`rtinchi ish joyida cho`tka tutqichlar yig`iladi va qismalarning g`iloflari o`rnatiladi. Beshinchi ish joyida magnit tizimi sinovdan o`tkaziladi va ichki tomondan bo`yaladi. Oltinchi va yettinchi ish joylarida yakor va podshipnik shchitlari o`rnatiladi. Yig`ilgan tortuv elektr motori salt ishlashida tekshirib ko`rilgandan so`ng sinash stansiyasiga uzatiladi. Maxsus dastur bo`yicha yuklama ostida sinovdan o`tkazilgan tortuv elektr motori oqimli-konveyer liniyasining sakkizinchi ish joyiga uzatiladi, bu yerda aniqlangan kamchiliklar tuzatiladi. So`ng yig`ilgan tortuv elektr motori texnik nazorat bo`limi xodimlari tomonidan qabul qilinadi va aravachalarni ta’mirlash sexiga yoki depolarga jo`natiladi. Tortuv generatorlari, ikki mashinali agregatlar va
boshqa yordamchi elektr mashinalarni ta’mirlash bo`yicha ishlab chiqarishni tashkil qilish shunga o`xshash. Elektr mashinalarni ta’mirlash bo`yicha murakkab ishlar kompleksini bajarish, yangi detallar, masalan yakor o`zagi, kollektor, qutb chulg`amlari, yakor chulg`amlarini ishlab chiqarish uchun elektr mashinalar sexi yetarli miqdorda yuvish qurilmalari, gidravlik presslar, avtoklavlar, quritish pechlari, kavsharlash va ishlov berish qurilmalari, yakor seksiyalari va qutb chulg`amlariga izolyatsiya o`rash uchun stanoklar, turli xildagi siljitish qurilmalari, yig`ish stendlari, metallarni qirqish stendlari kabi texnologik jihozlar bilan ta’minlangan bo`lishi kerak. Tortuv motorlarini qismlarga ajratish va detallarini yuvish uchun stoli aylanadigan yo`lak turidagi yuvish mashinasi, qaynatish vannasi, 200 t kuchli gidravlik press, ponalarni chiqarib olish stanogi, yakor o`zagi pazlaridan chulg`am seksiyalarini chiqarish uchun markazdan qochuvchi qurilma, podshipniklar va labirint zichlagichlarni chiqarib olish uchun induksion isitkichlar qo`llaniladi. Yakor uchastkasida shtamplangan kollektor plastinalariga ishlov berish, mikanitdan tayyorlangan mahsulotlarga shakl berish stanoklari, dielektrik mustahkamlikni tekshirish qurilmalari, yakor va kollektorlarni isitish pechlari, seksiyalarni o`rnatish uchun mexanizatsiyalashtirilgan yuritmali stend, seksiyalarni bandaj bilan mahkamlashdan oldin siqish qurilmasi, pona qoqish stanoklari, payvandlash qurilmasi, bandajni o`rnatish, yo`nish va balansirovkalash stanoklari joylashtirilgan. Uchastkada yakor o`zagi va kollektorni valga o`rnatish uchun qudratli (200-400 t) presslar mavjud.
Yakor chulg`amlari seksiyalarini ishlab chiqarish uchastkasida simlarni kesish, egish, seksiya uchlarini tozalash, seksiyalarni shakllantirish, seksiyalarni mexanizatsiyalashtirilgan xolda izolyatsiyalash, shishali lentani o`rash stanoklari, seksiya simlari uchlarini shakllantirish, seksiyalarni to`yintirish vannalari, seksiyalarni quritish pechi, press mavjud. To`yintirish-quritish uchastkasida murakkab texnologik jihozlar o`rnatilgan. Yakor va qutb chulg`amlarini to`yintirish, quritish, bo`yash uchun vakuum-bosimli baklar, avtoklavlar, vakuumquritish va induktsion isitish pechlari, laklarni tayyorlash va to`kish uchun murakkab jihozlar majmui qo`llaniladi. Yakor va qutb chulg`amlarini to`yintirish, bo`yashda quritish

davrida portlash havfi mavjud bug` va gazlar ajratib chiqaruvchi moddalar (loklar, emallar, kompaundlar) ishlatilishini hisobga olib, bo`limdagi barcha elektr jihozlar portlash bo`yicha havfsiz bajarilgan bo`lishi, xonalar esa ishlab chiqarishni portlash va yong`in havfsizligi talablariga javob berishi kerak.


Qismlarga ajratish, yakor va yig`ish uchastkalarida seksiyalar, kollektorlar, yakorlar, chulg`amlarni dielektrik mustahkamligini tekshirish uchun yuqori voltli sinash stendlari mavjud. Elektr mashinalari, ayniqsa tortuv motorlari foydalanishda yuqori ishonchlilikka ega bo`lishi kerak. Shuning uchun elektr mashinalar sexida sinash stendlari, nazorat-o`lchash jihozlari va asboblarga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Sexning bajarilgan ishlar sifatini operatsiyalar bo’yicha qabul qilishni amalga oshiruvchi nazorat apparati eng yangi va samarali nazorat vositalariga ega bo’lishi kerak. Bu maqsadlarda sex impulsli kuchlanish bilan sinash uchun yuqori voltli qurilmalar, yig’ilgan elektr mashinalari qabul qilish-topshirish dasturi bo’yicha sinaladigan sinash stantsiyasi stendlari bilan jihozlangan. Sexda ta’mirlanayoigan har bir elektr mashinasi uchun ta’mirlash pasporti to`ldiriladi, unda bartaraf etilishi lozim bo`lgan barcha nosozliklar, shuningdek ta’mirlash jarayonida bajarilgan barcha ishlar va sinash natijalari belgilanadi. Elektr mashinalari konveyerda qismlarga ajratiladi. Yakor ostovdan maxsus qisqich yoki rama yordamida chiqarib olinadi. Yakor chulg’amlari maxsus stendlar – kameralarda markazdan qochuvchi usul bilan chiqarib olinadi. Induktsion isitkichlar bilan ishlashda simlarning sozligi va erga ulanganligi nazorat qilinadi.
TXK-2 xajmda texnik kо‘rikdan о‘tkazish
1. Tormoz shkafi qurilmasini tekshirish, barcha qurilmalarni artib tozalang, barcha boltli mahkamlagichlarning ishonchli ekanligiga, havo chiqmasligi va barcha moslamalarning tо‘g‘ri ishlashiga ishonch hosil qiling. Rezervuarlarni, havo liniyalarini havo chiqishini tekshiring. D-100 tipli yordamchi kompressorni ishlayotganligini tekshiring va changlardan artib tozalang. Topilgan kamchiliklar bartaraf etiladi.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin