Xisoboti bajardi: tve-3 guruh talabasi Xushmurodov Suxrob Qabul qildi: Lesov Altinbek toshkent-2023 reja


Elektr mashinalarni ta’mirlash sexi



Yüklə 2,56 Mb.
səhifə3/8
tarix12.09.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#142833
1   2   3   4   5   6   7   8
Xushmurodov Suxrob1

Elektr mashinalarni ta’mirlash sexi.
Elektr mashinalar sexi lokomotivlarning tortuv generatorlari, tortuv elektr motorlari, ikki mashinali agregatlari va boshqa yordamchi elektr mashinalarni kapital ta’mirlash uchun mo`ljallangan.Detal va uzellarining yedirilishi va shikastlanishi darajasiga ko`ra elektr mashinalarni ta’mirlash ikki turga bo`linadi: KT-1 va KT-2. KT-1 hajmidagi kapital ta’mirlashda yakor chulg`amlari almashtirilishi talab etilmaydigan elektr mashinalar ta’mirlanadi. Yakor chulg`amlari almashtirilishi talab etilgan xollarda KT-2 hajmidagi kapital ta’mirlash bajariladi. Elektr mashinalarini ta’mirlash jarayoni har bir turdagi mashinalar uchun ishlab chiqiladigan tarmoq grafiklariga muvofiq tashkil etiladi. Grafikka asosan ta’mirlashda turish vaqti aniqlanadi: tortuv generatori uchun – 8-10 sutka, tortuv elektr motori uchun – 5-6 sutka, ikki mashinali agregat uchun – 3-4 sutka. Ta’mirlangan tortuv elektr motorlari zavod grafigiga asosan belgilangan muddatlarda aravachalarni ta’mirlash sexiga, tortuv generatorlari – dizellarni ta’mirlash sexiga, ikki mashinali agregatlar – lokomotivlarni yig`ish sexiga, yordamchi elektr mashinalari esa elektr apparatlarni ta’mirlash sexiga uzatiladi.
elektr motori uchun – 5-6 sutka, ikki mashinali agregat uchun – 3-4 sutka. Ta’mirlangan tortuv elektr motorlari zavod grafigiga asosan belgilangan muddatlarda aravachalarni ta’mirlash sexiga, tortuv generatorlari – dizellarni ta’mirlash sexiga, ikki mashinali agregatlar – lokomotivlarni yig`ish sexiga, yordamchi elektr mashinalari esa elektr apparatlarni ta’mirlash sexiga uzatiladi.
Elektr mashinalar sexida mashinalarni ta’mirlash ishlab chiqarish jarayonida belgilangan ishlarning ma’lum bir qismini bajarish uchun ixtisoslashgan uchastkalar tashkil etiladi. Uchastkalarning asosiy vazifasi – alohida detallarni texnologik jarayonga muvofiq ta’mirlash va vaqtida yig`ish uchun topshirishdir.
Tortuv elektr motorlarini ta’mirlash oqimi bo`yicha elektr mashinalar sexi tarkibiga quyidagi uchastkalar kiradi: qismlarga ajratish-nuqsonlarni aniqlash, yakor, seksiyalar, g`altaklar bo`limiga ega quritish-to`yintirish, mexanika, yig`ish uchastkalari va sinash stansiyasi. Tortuv generatorlari va ikki mashinali agregatlar qismlarga ajratishdan yig`ish va tayyor mahsulotni topshirishgacha bo`lgan ishlarning to`liq sikli bajariladigan uchastkada ta’mirlanadi.
Qismlarga ajratish-nuqsonlarni aniqlash uchastkasida mashinalar qismga ajratiladi, detallar tozalanadi va yuviladi, ularning nosozliklari aniqlanadi va ta’mirlash hamda keyingi o`rnatish uchun ixtisoslashgan uchastkalarga uzatiladi. Tortuv elektr motorlari kompleks mexanizatsiyalangan, belgilangan taktli oqimlikonveyer liniyasida qismlarga ajratiladi. Liniya to`rtta ixtisoslashgan ish joylariga ega. Birinchi ish joyida kollektor lyuklari, setkalar, chiqish qismalari g`iloflari va boshqa himoya moslamalari yyechib olinadi. Ikkinchi ish joyida podshipnik shchiti, cho`tka tutqichlari yechiladi va yakor ostovdan chiqarib olinadi. Uchinchi ish joyida magnit tizimi birikmalari yyechib olinadi. To`rtinchi ish joyida esa maxsus moslama yordamida bosh va qo`shimcha qutblar yechiladi. Mashinalar qismlarga ajratilayotganda detallar takror ishlatilishi uchun ehtiyotlab olish kerak.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin