Xisoboti bajardi: tve-3 guruh talabasi Xushmurodov Suxrob Qabul qildi: Lesov Altinbek toshkent-2023 reja



Yüklə 2,56 Mb.
səhifə1/8
tarix12.09.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#142833
  1   2   3   4   5   6   7   8
Xushmurodov Suxrob1




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
Elektr harakat tarkibi ” kafedrasi
XISOBOTI
Bajardi:TVE-3 guruh talabasi
Xushmurodov Suxrob
Qabul qildi: Lesov Altinbek

TOSHKENT-2023






REJA:
1.Kirish
2.Qarshi lokomotiv deposi tarkibi va boshqaruv tizimi:

  1. “O’zbekiston” va “O’Z-Y” rusumli elektrovozlarni avtormoz qurilmalarini tamirlash texnologik jarayoni.

  2. TXK-3 xajmda texnik kо‘rikdan о‘tkazish.

5.Xulosa.

KIRISH
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida transport potentsialini yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan, muayyan maqsad yo’lidagi chora-tadbirlar amalga oshirilib, bu mamlakat siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga ko’maklashib, uning jahon hamjamiyatiga faol integratsiyalashib borishini ta’minlab bormoqda. Xususan, mamlakat ichida yangi temir yo’l tarmoqlari qurilishi amalga oshirilib, asosiy tranzit temir yo’l uchastkalari rekonstruktsiya qilinib, elektrlashtirilmoqda, mijozlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, qisqa va qulay tashish yo’llarini ochish maqsadida yangi yo’nalishlar tashkil etilib, konteyner poyezdlari shakllantirilmoqda.
Bugunga kelib «O’zbekiston temir yo’llari» AJ O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligi va aholisiga transport temir yo’l xizmatlari taqdim etadigan yagona ishlab chiqarish-xo’jalik majmui bo’lib kelmoqda.
«O’zbekiston temir yo’llari» AJ da harakatlanuvchi tarkib parkini yangilash ishlari amalga oshirilib, bugunga qadar 7000 tadan ortiq yuk, 300 tadan ko’proq yo’lovchi vagonlari hamda 350 taga yaqin lokomotiv seksiyalarining xizmat muddatlari uzaytirildi. Bundan tashqari, mavjud sanoat korxonalari bazasida yo’lovchi vagonlari, tsisternalar, usti yopiq vagonlar va yarim vagonlar qurilishi tashkil etildi. Mustaqillik yillarida hamda davlat aktsiyadorlik temir yo’l kompaniyasini yaratish yangi yo’llar va ko’priklar qurilishi, «Registon» (ToshkentSamarqand), «Nasaf» (Toshkent-Qarshi), «Sharq» (Toshkent-Buxoro) kabi tezyurar va o’ta shinam poyezdlar qatnovi yo’lga qo’yilishi bilan jadal taraqqiy etdi, shu bilan birga o’ta go’zal vokzal binolari qurilib, ular mamlakat qudrati va taraqqiyoti, xalqimiz sahiyligi va mehmondo’stligining ramziga aylandi.

Mustaqillik yillarida hamda davlat aktsiyadorlik temir yo’l kompaniyasini yaratish yangi yo’llar va ko’priklar qurilishi, «Registon» (Toshkent-Samarqand), «Nasaf» (Toshkent-Qarshi), «Sharq» (Toshkent-Buxoro) kabi tezyurar va o’ta shinam poyezdlar qatnovi yo’lga qo’yilishi bilan jadal taraqqiy etdi, shu bilan birga o’ta go’zal vokzal binolari qurilib, ular mamlakat qudrati va taraqqiyoti, xalqimiz sahiyligi va mehmondo’stligining ramziga aylandi.


Tashish jarayonini uzluksiz va xavfsiz amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida kompaniyaning o’z mablag’lari hisobiga, shu bilan birga xalqaro moliya
institutlari kredit mablag’larini jalb etgan holda harakatlanuvchi tarkibni yangilash va modernizatsiyalash loyihalari ro’yobga chiqarilmoqda.
Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi «O’zbekiston temir yo’llari» AJ ning muhim bo’linmalaridan biri hisoblanadi va o’z ixtiyorida teplovozlar, elektrovozlardan tashkil topgan qudratli tortuv kuchi parkiga ega bo’lib, ular yordamida barcha turdagi yo’lovchi, shahar atrofi va yuk tashish ishlari, manevr ishlarini ta’minlab beradi. Boshqarma ixtiyoridagi sakkizta depoda texnikaga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha ishlar amalga oshiriladi.
Yo’lovchilarga yanada yuqori sifatli xizmat ko’rsatish maqsadida 2004 yili kompaniya tomonidan Yevropa rivojlantirish banki kredit mablag’lari hisobiga Chjuchjou elektrovozsozlik zavodida (XXR) ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 40 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan «O’zbekiston» rusumidagi 12 ta zamonaviy elektrovoz sotib olindi. Mazkur zavodda lokomotivlar Yevropa sifat standartlariga javob beradigan Siemens kompaniyasi nazorati ostida va uning yuqori texnologik uskunalari asosida ishlab chiqariladi.
. Ushbu elektrovozlar ham yuklarni, ham yo’lovchilarni tashish maqsadida qo’llanilmoqda. «O’zbekiston temir yo’llari» AJ Chjuchjou elektrovozsozlik zavodi bilan elektrovozlarga servis xizmati ko’rsatish markazini yaratish to’g’risida Memorandum imzolangan. 2008 yili «O’zbekiston temir yo’llari» AJ Chjuchjou elektrovozsozlik zavodi bilan umumiy qiymati 73,8 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan 15 ta «O’zbekiston-yo’lovchi» rusumidagi yo’lovchi elektrovozlarini xarid qilingan.
Markaziy Osiyodagi dastlabki – Toshkent Samarqand yo’nalishida yuqori tezlikdagshi yo’lovchi tashish temir yo’l harakatini tashkil qilish maqsadida, «Talgo» (Ispaniya) kompaniyasi bilan imzolangan Memorandumga muvofiq yuqori tezlikda harakatlanadigan elektr poyezdi xarid qilindi. Bugungi kunda «O’zbekiston temir yo’llari» temir yo’llarida «Talgo» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan katta tezlikda harakatlanadigan «Afrosiyob» elektr poyezdidan foydalanilmoqda


Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin