Respublikamiz Mustaqilligi yillarida iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlar qatori qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati ham jadal taraqqiy etdi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə1/14
tarix18.10.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#65395
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kurs loyiha kimyo[1]






KIRISH
Respublikamiz Mustaqilligi yillarida iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlar qatori qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati ham jadal taraqqiy etdi.
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari va ezgu g‘oyalari bilan bugun mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida keng ko‘lamdagi qurilish-bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarining jadallik bilan olib borilayotganligi, qurilish tarmog‘i va hajmi yil sayin rivojlanib borayotganligi sohani yanada taraqqiy ettirishni taqoza etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4198-sonli “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada qisqartirish, qurilish materiallari sanoatini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlashni tashkil etishni rag‘batlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini diversifikatsiya qilish va eksport hajmini kengaytirish, tarmoqqa investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish maqsadida qabul qilindi.
Mazkur qarorga ko‘ra, O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi (keyingi o‘rinlarda – «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi) tashkil etiladi.
«O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv organlari yig‘ilishlarida uning xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitallaridagi aksiyalari (ulushlari) paketlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish orqali jamiyatni tugatish masalalarini ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Qarorning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, 2022 yil 1 yanvarga qadar korxonalarning shartnomalar bo‘yicha «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasiga to‘lanadigan ajratmalari yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanishi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, sanoat ko‘lamida o‘zlashtirish uchun investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar jalb etiladigan noruda foydali qazilmalar konlari (uchastkalari)ning ro‘yxati tasdiqlandi.
O’tgan yillarda umumiy qiymati 1,3 mlrd AQSh dollari, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga 692 mln AQSh dollari miqdorida amaldagi korxonalarni texnik va texnologik yangilash hamda yangi korxonalar barpo etish bo‘yicha 67 ta investitsiya loyihalari amalga oshirildi.
2021 yilga sement ishlab chiqarish quvvatlari hajmlarini 17 mln tonnaga, arxitektura-qurilish oynasini – 32 mln kvadrat metrga, yog‘och-qipiq plitasi (DSP)ni – 380 ming kub metrga, gaz-beton bloklarini – 700 ming kub metrga, gulqog‘ozlarni – 4,5 mln rulonga, ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun yirik panelli temir-beton buyumlarini – 180 ming kvadrat metrga yetkazgan holda qurilish materiallari ishlab chiqarishni ko‘paytirish belgilandi.
Davlatimiz rahbarining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, «O‘zqurilishmateriallari» AJ va qurilish materiallari sanoati korxonalarining «QurilishmateriallariLITI» MChJ ixtisoslashtirilgan loyiha ilmiy-tadqiqot institutini «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibiga kiruvchi «O‘zqurilishmaterialLITI» MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi etib qayta nomlashto‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi, quyidagilar markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnologik rivojlanish agentligi, «O‘zstandart» agentligi hamda qurilish sanoatining ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajriba va respublikaning xom ashyo salohiyatini inobatga olgan holda yangi qurilish materiallari va ulardan foydalanish texnologiyalari ishlanmalarini tashkillashtirish; qurilish materiallarining yangi standartlarini faollashtirish va ishlab chiqish, shuningdek, qurilish tarmog‘ida foydalaniladigan qoidalar to‘plamini ishlab chiqishda qatnashish;
ishlab chiqariladigan qurilish materiallari va buyumlarning barcha turlarini sertifikatlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda qurilish materiallari sanoatining talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarga ta’lim berish yuzasidan o‘quv rejalari va innovatsion o‘quv kurslarini ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy o‘quv-metodik adabiyotlar va qo‘llanmalarni tayyorlash;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish, mutaxassislarning stajirovkasini, shu jumladan xorijdagi ilmiy-tadqiqot markazlarida stajirovkasini o‘tkazishni tashkillashtirish;
ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mashinalar, asbob-uskunalar va texnik tizimlar, sanoat ob’ektlari, shuningdek, energetika va muhandislik infratuzilmasi ob’ektlarining texnik auditi, energiya auditi, diagnostikasi va ekspertizasini o‘tkazish.
Pirovardida aytish mumkinki, Davlatimiz Rahbarining qayd etib o‘tilgan qarori, respublikamiz qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tarmog‘ining yana bir bosqichga rivojlanishi uchun yetarlicha imkoniyat va omillar hamda huquqiy asos yaratdi


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin