Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Distanaztya.
Ushbu atama polshalik tibbiyot huquqi bo‘yicha 
mutaxassis E. Savitski (1976) tomonidan kiritilgan bo‘lib, u davosiz 
deb tan olingan bemor hayotini turli xil, hattoki radikal, favqulloda 
davolash usullarini qo‘llagan holatda imkoniyat darajasida 
maksimal uzaytirishni nazarda tutadi. Distanaziya an’anaviy tibbiy 
etika va oliy insoniylik talablariga to‘la mos keladi. U bo‘1 ishi 
mumkin bo‘lgan diagnostik nuqsonlar oqibatini bartaraf etadi (A. 
Ya. Ivanyushkin, 1990).
Haqiqatdan ham, distanaziya na qonun va na axloq bilan 
ziddiyatga bormaydi. Birinchidan, inson hayoti oliy qadriyat bo‘lib, 
uni hattoki qisqa muddatga uzaytirishning o ‘zi ham oliy saodatdir. 
Ikkinchidan, tibbiyot fani doimiy rivojlanishda bo‘lib, bugungi 
kunda davosiz hisoblangan kasalliklami davolash usullarini 
keyinroq kashf etilishi mumkin. Va nihoyat, tibbiyot fani nuqtai-


nazaridan tushuntirish imkoni bo‘lmagan holat, ya’ni “umidsiz” 
deb topilgan bemorlaming mo‘j ’iza sifatida sog‘ayishi, kamdan- 
kam holatlarda bo‘Isa ham, ammo uchrab turadi.
Qayd etilganlarni xulosa qilganda, evtanaziyaning quyidagi 
tasnifini taklif etish mumkin. Shu о‘rinda alohida ta’kidlash lozimki, 
jamiyatda va ayrim tadqiqotchilar tomonidan evtanaziya faqat aktiv 
va passiv evtanaziyani o‘z ichiga olgan holda tor ma’noda talqin 
etiladi.
Evtanaziya tasnifi
I. Aktiv evtanaziya:
A. bevosita:
- ixtiyoriy (o‘z-o‘zini o'ldirish, PAS);
- majburiy (qotillik).
B. bilvosita (ehtiyotsizlik orqasidan o‘ldirish, baxtsiz hodisa).
II. Passiv evtanaziya (ortotanaziya);
A. to‘liq;
B. noto‘liq.
III. Medikotanaziya.
IV. Distanaziya.


1. Tibbiy etikaning modellarini sanab bering?
2. Bioetikaning yuzaga kelishida tarixiy zaruriyatlar o‘mi?
3. “Hayotni e’zozlash” tamoyili nimani anglatadi?
4. Bioetika tamoyillarini sanab bering?
5. “Bemorga moTjallangan m aium ot” tushunchasining 
ma’nosi?
6. Bemoming m a’lumotli roziligini asosiy modellari?
7. A’zo va to‘qimalar transplantatsiyasining turlari?
8. Murdadan a ’zo va to'qimalarni olishni huquqiy boshqarish 
modellari va ulaming xususiyatlari?
9. “Miya o iim i” tushunchasi nimani anglatadi?
10. Miya o iim i tashxisini qo‘yishga talablar?
11. “Evtanaziya” atamasi kim tomonidan kiritilgan va uning 
mohiyati?
12. Evtanaziyaning asosiy shakllarini ko‘rsating?
13. PAS evtanaziyaning qaysi shakliga xos?
14. Bilvosita aktiv evtanaziyaning mohiyati?
15. Ortotanaziya nimani anglatadi?
16. Medikotanaziya mohiyatini tushuntiring?
17. Xospisda qanday yordam ko‘rsatiladi?
18. Distanaziya xususiyatlari?



Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin