Gastroenterit bilan kasallangan hayvonni qabul qilish va davolash



Yüklə 51,39 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü51,39 Kb.
#202612
  1   2   3   4
10-Amaliy (2) (1)


14-amaliy mashg’ulot: GASTROENTERIT BILAN KASALLANGAN HAYVONNI QABUL QILISh VA DAVOLASh.

Reja:

14.1.

Gastroenterit bilan kasallangan hayvonni klinik tekshirishlardan o’tkazish.




14.2.

Davolasht muolajalarini namoyish qilish.



Mashgulotning maksadi: Talabalarga Gastroenteritni davolash usullarini o’rgatish.
Kerakli asbob-uskuna va jixozlar: Jadvallar, darslik, o’quv qo’llanma, tarqatma materiallar, kodoskop, Gastroenterit bilan kasallangan hayvon, klinik tekshirish uchun asbob va uskunalar, katta korin va me’dani yuvish uchun zondlar, voronka, 0,1 % li kaliy permanganat eritmasi, 1 %li natriy sul’fat eritmasi, koramollar, kuylar va itlar uchun zevniklar, surgi dorilari.
Mashg’ulotning borishi: O’qituvchi talabalarga Gastroenteritnini tushuntiradi, yozdiradi va hayvonda namiyish qiladi.
Gastroenterit (Gastroenteritis, Abomasoenteritis) - me’da (shirdon) va ingichka ichaklarning nisbatan o’tkir kechuvchi yallig’lanishi oqibatida paydo bo’ladigan kasallik.
Kasallikning birlamchi va ikkilamchi, yuzaki va chuqur, o’choqli va diffuz, zardobli, kataral, gemorragik, fibrinoz, yiringli va o’choqli-alterativ turlari farqlanadi.
Sabablari. Yosh hayvonlarda dispepsiyani chaqiruvchi sabablar gastroenteritga ham sabab bo’lishi mumkin. Ko’pincha me’da (shirdon) dagi yallig’lanishlar oqibatida ichaqlar ham yallig’lanadi. Bunday hollarda me’da, shirdon, jigar va oshqozon osti bezlaridagi ekssudativ va alterativ jarayonlar kasallikning asosiy sabablari hisoblanadi.
Cho’chqa bolalarida gastroenteral sindrom bilan o’tuvchi kasalliklar kelib chiqishiga ko’ra taqchilli, toksik, endokrin va allergik tabiatlarda bo’lishi mumkin. Shilliq pardalardagi mitotik va reparativ jarayonlarni faollashtirish va boshqarishda ishtirok etuvchi vitaminlar va boshqa biologik faol moddalarning yetishmovchiliklari taqchilli omillar orasida asosiy o’rinda turadi.
Alimentar va endogen intoksikasiyalar ham kasallik sabablarida yetakchi o’rinlarni egallaydi. Chunki shilliq pardaning morfo-funksional o’zgarishlari toksinlarning ular yuzasiga ta’siri yoki so’rilishidangina emas, balki ularning oshqozon-ichak kanaliga ekskresiyasidan ham kelib chiqadi.
Kasallikning endokrin sabablariga buzoqlarda qalqonsimon bez gipofunksiyasi kiradi. Organizmning alimentar antigenlar bilan sensibilizasiyasi oqibatida allergik o’zgarishlar kelib chiqadi. Sutni liofil usulda quritishda, ya’ni qand moddasining lizosim bilan birikishi natijasida hosil bo’ladigan glikoproteinlar yuqori faollikka ega moddalar hisoblanadi.
Katta yoshdagi hayvonlarda gastroenteritning sabablari qatoriga hazm a’zolaridagi autoimmun o’zgarishlarni ham kiritish mumkin.
Ona suti tarkibidagi hazm a’zolari antigenlariga nisbatan autoantitelalarning bo’lishi bilan bir vaqtda yosh organizmdagi immuntanqislik holati, ularning dispepsiya bilan kasallanib o’tishi, omixta yemlar, aralashma va qo’shimcha oziqalar, oziqa konservantlari, go’sht-sut sanoati, qand, spirt, baliq, konserva, yog’-ekstraksiyalash va boshqa bir qancha qayta ishlash sanoati chiqindilarini tayyorlash texnologiyasi va ularni hayvonlarga berish qoidalarining ko’pol ravishda buzilishlari kasallikning asosiy sabablari hisoblanadi.
Oshqozon va ichaklarning yallig’lanishlari ba’zi dorilarni noto’g’ri qo’llash oqibatida ham kelib chiqadi. Mineral zaharlar va zaharli o’simliklardan zaharlanishlar, nurlanish kasalligi, ba’zi yuqumli va invazion kasalliklar ham gastroenteral sindrom bilan o’tadi.
Surunkali gastroenterit keksa va oriq hayvonlarda etiologik omillarning hazm kanali shilliq pardasiga uzoq muddatli va takroriy tabiatdagi ta’siri natijasida paydo bo’ladi, xususan, ichaklar motorikasining buzilishi, og’iz bo’shlig’i, oshqozon oldi bo’limlari, jigar, oshqozon osti bezi kasalliklari va turli xarakterdagi sanchiqlar paytida kuzatiladi.

Yüklə 51,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin