Gastroenterit bilan kasallangan hayvonni qabul qilish va davolash



Yüklə 51,39 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü51,39 Kb.
#202612
1   2   3   4
10-Amaliy (2) (1)

Enterokolit (Enterokolitis) - ingichka va yug’on ichaklar devorining birgalikdagi yallig’lanishlari oqibatida paydo bo’ladigan kasallik.
Sabablari. Birlamchi enterokolitlar asosan hayvonlarning mog’orlangan, achigan, chirigan, muzlagan, tuproq yoki yot narsalar aralashgan, qattiq va dag’al oziqalar bilan oziqlantirilishi paytlarida yoki giperasid gastrit, tosh paydo bo’lish, fitobezoar, ximostaz, koprostaz va ichaklar qon tomirlarining tromboemboliyasi kasalliklari oqibatlarida paydo bo’ladi.
Ikkilamchi enterokolitlar qo’shni a’zolarning kasalliklari (qatqorin qotishi, peritonit, gastrit va boshqalar) va ba’zi yuqumli va invazion kasalliklar (paratuberkulyoz, salmonellyoz, o’lat, askaridioz, monezioz va boshqalar) paytlarida kuzatiladi.
Rivojlanishi. Ichak devoridagi diffuz yallig’lanishlar juda og’ir, mahalliy yallig’lanishlar esa nisbatan yengilroq funksional o’zgarishlarga sabab bo’ladi.
Ichaklarda peristaltika va sekresiyaning susayishi, shilimshiq modda va ekssudatning paydo bo’lishi tufayli shilliq parda funksiyalarining buzilishi, ximusning bakterisidlik xususiyatining pasayishi, mikroflora rivojlanishi, bijg’ish - chirish jarayonlarining kuchayishi kuzatiladi.
Bijg’ish jarayonining kuchayishi natijasida uglevodlardan ko’p miqdordagi moy, sut, sirka va propion kislotalari, metan, merkapton va karbonat angidrit gazlari hosil bo’ladi.
Chirituvchi mikroorganizmlar ta’sirida oqsil birikmalaridan indol, skotol, vodorod sulfid, toksalbuminlar, putressin va kadaverin kabi zaharli gazlar hosil bo’ladi. Bunday zaharli moddalar ta’sirida ichaklar peristaltikasi kuchayadi va ayrim joylarida spazm ro’y beradi. Natijada og’riq, chanqoq va organizmning suvsizlanishi rivojlanadi. Jigarning zararsizlantirish va pigment funksiyalari buziladi.
Autointoksikasiya va sarg’ayish, moddalar almashinuvi, asab tizimi va yurak funksiyasining izdan chiqishi kuzatiladi.
Ichak devori epiteliysi baryerlik xususiyatining buzilishi oqibatida mikroorganizmlarning qonga o’tishi endokardit, o’choqli pnevmoniya va glomerulonefrit kabi kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Patologoanatomik o’zgarishlari. Ichak shilliq qavati bir tekisda yoki o’choqli ko’rinishda yallig’langan, shishgan, och qizil rangga kirgan, bo’shashgan, quyuq va tiniq shilimshiq bilan qoplangan va yengil qon quyilishlarga uchragan bo’ladi. Ba’zan eroziya va yaralar, parenximatoz a’zolarda esa distrofik o’zgarishlar kuzatiladi.
Belgilari. Chanqash, bezovtalanish va toliqish alomatlari, shilliq pardalarning sarg’ayishi, qonda jigardan o’tgan bilirubin miqdorining ortishi, ichaklar peristaltikasining kuchayishi, ichning qotishi, tezakda hazm bo’lmagan oziqa va don parchalarining uchrashi kabi belgilar kuzatiladi.
Yug’on ichaklar yallig’langanda ich ketishi, peristaltikaning kuchayishi, tezakda shilimshiq moddaning ko’p bo’lishi va qonning uchrashi kuzatiladi. Hayvon qornini tortib turadi, anus sfinktri bo’shashadi.
Kichik chambar va to’g’ri ichaklarlarning yallig’lanishida hayvonda tez-tez tezak ajratish va tenezm belgilari kuzatiladi, kuchangan paytda anusdan shilimshiq suyuqlik ajraladi.
Ichaklarda bijg’ish va chirish jarayonlarining kuchayishi kataral yallig’lanishlarni chaqiradi. Ichaklarda kislotali bijg’ishning kuchayishida (giperasid gastrit) otlar tez toliqadi, ko’p terlaydi, og’zidan so’lak oqadi. Ichaklar peristaltikasi kuchayadi, suyuq, qo’lansa hidli va shilimshiqli tezaklash qayd etiladi. Aritmiya, enteralgiya va meteorizm belgilari kuzatiladi.
Siydik neytral yoki kislotali muhitda bo’ladi. Qonda limfositoz kuzatiladi.
Ichaklarning ishqorli katari paytida hayvonda bo’shashish, tana haroratining ko’tarilishi, kon’yuktivaning qizarishi va og’iz shilliq pardasining quruqlashishi kuzatiladi. Peristaltika susayadi, tez-tez tezaklash kuzatilib tezak quruq, qattiq, sassiq xidli va qoramtir-qo’ng’ir tusli bo’ladi. Undagi ammiak miqdori 2-3 titr birligidan baland bo’ladi. Kasallik cho’zilib ketganda ich ketishi kuzatiladi.
Qonda neytrofiliya, siydikda indikan yoki urobilin miqdorining ko’payishi qayd etiladi.
Sigirlarda avvaliga kavsh qaytarish siyraklashadi va keyinchalik butunlay yo’qoladi. Kasal sigir inqillaydi, dumini o’ynatib, qorniga tepinib turadi. Burun oynasi quruqlashadi, katta qorin qisqarishlari susayadi. Sut mahsuldorligi kamayadi.
Kasal cho’chqalarda ko’p yotish, ishtahaning pasayishi va ichaklar peristaltikasining kuchayishi kuzatiladi. Ich qotishi, keyinchalik esa, ichning ketishi, tezakning qo’lansa hidli va suyuq bo’lib, uning qon aralash va ko’pikli bo’lishi qayd etiladi. Muskullarda qaltirash kuzatiladi.
Mayda hayvonlarda palpasiyada, katta hayvonlarda esa rektal tekshirilganda ichaklarda og’riq reaksiyasi kuzatiladi.

Yüklə 51,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin