Gastroenterit bilan kasallangan hayvonni qabul qilish va davolash



Yüklə 51,39 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü51,39 Kb.
#202612
1   2   3   4
10-Amaliy (2) (1)

Kechishi. O’z vaqtida davolanganda kasal hayvon 7-15 kun ichida sog’ayadi. Aks hollarda gastrit va gepatit rivojlanishi yoki kasallik surunkali tus olishi mumkin.
Tashhisi. Kasallik belgilari va siydikni laborator tekshirish natijalari e’tiborga olinadi.
Davolash. Kasallik sabablari bartaraf etiladi va kasal hayvon alohida joyga o’tkazilib, unga yarim och holda saqlash rejimi belgilanadi.
Surgi dorilaridan qoramollarga 400-800 g, qo’ylarga 50-100 g, cho’chqalarga 25-50 g, itlarga 10-20 g miqdorida natriy yoki magniy sulfat ichiriladi. Ishqoriy muhitli enteritda esa kalomel (otga 2-3 g, cho’chqaga 0,1-1,5 g) yoki o’simlik yog’i tavsiya etiladi. Bijg’ish jarayoni kuchayganda oqsilli oziqalar tavsiya etiladi.
Surgi dorilarining iziga katta hayvonlarga 15-20 g, qo’y va echkilarga 2-10 g, cho’chqalarga 2-5 g, itlarga 0,1-1g salol, ftalazol, etazol, sulfadimetoksin, biomisin, sintomisin kabi antimikrob preparatlar beriladi.
Burishtiruvchi dorilardan katta hayvonlarga 10-20, qo’yga 3-5, cho’chqaga 2-3, itga 1-2 g miqdorida tanalbin yoki yirik shoxli hayvonlarga 40-50 g miqdoridagi dub daraxti ildizi qaynatmasi beriladi. Bulardan tashqari, isituvchi fizioterapevtik muolajalar qo’llanadi.
To’g’ri va chambar ichaklar yallig’langan paytlarda esa 0,1%-li kaliy permanganat eritmasi yordamida yoki 1litr suvga 1ml 10%-li yod nastoykasi aralashtirilgan holda klizma o’tkaziladi. Surunkali hollarda esa bulardan tashqari digitalis, strofantin va kofein preparatlari qo’llaniladi. Vena qon tomiri orqali glyukoza, natriy gidrokarbonat va natriy xlorid eritmalari yuboriladi.
Yüklə 51,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin