Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


I Bob. TIBBIYOT HUQUQI FANINING MAQSADI



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

I Bob. TIBBIYOT HUQUQI FANINING MAQSADI,
VAZIFALAM VA PREDMETI
Tibbiyot huquqi - diagnostika, davolash va profilaktika 
tadbirlarini olib borish jarayonida bemorlar va tibbiyot xodimlari, 
fuqarolar va tibbiyot muassasalari o ‘rtasidagi mimosabatlami, 
ulaming huquq, majburiyat va mas’uliyatlari doirasini belgilovchi 
qoida, me’yorlarning majmuasidir. Chunonchi bunda fuqarolaming 
sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan aholiga davolash-profilaktika 
yordami ko‘rsatish, sanitariya va epidemiyaga qarshi tadbirlar 
o‘tkazish va shu yo‘nalishdagi boshqa faoliyatni olib borishdagi 
umumhuquqiy, tashkiliy munosabatlami tartibga soluvchi me’yoriy 
hujjatlar majmuasi tushuniladi.
Mazkur ta’rifdan kelib chiqqan holda, fanning maqsadi tibbiy 
faoliyatdagi huquqiy me’yorlar, tibbiyot huquqiga doir nazariy 
bilim va ko‘nikmalami o‘zlashtirishdir. Ushbu maqsadga mos 
tarzda fanning quyidagi vazifalari belgilangan:
A) fuqarolaming sog‘lig‘ini saqlash haqidagi qonunchilik 
asoslarini o‘rganish;
B) tibbiy faoliyat bilan bog‘liq turli xil huquqiy 
munosabatlaming xususiyatlarini o‘rganish;
V) tibbiyot xodimlarining turli xil kasb huquqbuzarliklari bilan 
tanishish;
G) qilmish va jinoyat ko‘rinishidagi huquqbuzarliklaming 
mohiyatini farqlash.
Tibbiyot huquqi fanining o‘qitilishi talabalar tomonidan 
ma’lum bir masalalar bo‘yicha xabardorlik, bilish va amaliy 
ko‘nikmalaming o‘zlashtirilishini ko‘zda tutadi.
Jumladan, o ‘quv jarayoni tugallangach, talaba quyidagi 
masalalardan 
xabardor bo‘lishi kerak:
- sog‘liqni saqlash bo‘yicha qonunchilik asoslari;
- tibbiy xodimlar, bemorlaming huquq va majburiyatlari;
- fuqarolik, mehnat, ma’muriy i jinoyat huquqining tibbiy 
faoliyatga taalluqli me’yorlari;


- tibbiy xodimlaming kasb huquqbuzarliklari holatlarida olib 
boriladigan tekshiruvlaming xususiyatlari.
Talabalar quyidagi masalalami bilishi kerak:
- tibbiy faoliyat bilan bog‘liq qonun hujjatlari talablarini hal
etish;
- tibbiy hujjatlami tahlil etish;
- tibbiy yordam nuqsonlarini farqlash.
Talabalar mazkur fan bo‘yicha quyidagi amaliy ко ‘ nikmalarga 
ega bo‘lishi kerak:
- tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bahsli holatlarda 
o ‘tkaziladigan xizmat tekshiruvlarida ishtirok etish;
- tibbiy yordam ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni 
tahlil etish;
murda, 
tirik 
shaxs 
sud-tibbiy 
ekspertizalarida, 
shuningdek, tibbiy xodimlaming kasb huquqbuzarliklari bo‘yicha 
o'tkazilayotgan komission sud-tibbiy ekspertizalarda mutaxassis 
yoki ekspert sifatida ishtirok etish.
So‘nggi davrda tibbiy faoliyat bilan bog‘liq jarayonning 
xususiyatlari sezilarli darajada o ‘zgarganligini e’tirof qilish lozim. 
Binobarin, ilgari ushbu faoliyatni muvaffaqiyatli olib borish uchun 
tibbiyotga oid tegishli bilim, ko‘nikmalarga ega bo‘lish va umum 
qabul qilingan axloqiy-etik qoidalarga rioya qilish etarli deb 
qaralgan bo‘Isa, hozirgi paytda bulardan tashqari bu faoliyat bilan 
bog‘liq bo‘lgan huquqiy m e’yorlami bilish va ularga izchil amal 
qilish zarur.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq tibbiy faoliyat keng 
ma’noda fuqarolarga xizmat ko‘rsatishga tenglashtirilgan. Ushbu 
holatda tibbiyot xodimlari xizmat ko‘rsatuvchilar, bemorlar esa 
iste’molchilar sifatida talqin etiladi. Bu vaziyat tibbiy faoliyatda 
tegishli huquqiy bilimlarga ega bo‘lish zaruratini yanada dolzarbroq 
qiladi.
Darhaqiqat, mashhur xirurg N. 1. Amosov yozganidek 
“vrachning vijdoniga ishonish lozim, hech qanday qonun uning


o ‘mini bosa olmaydi”. Shu bilan birga tibbiy faoliyatning axloqiy- 
etik va huquqiy jihatlarining o‘zaro bog‘liqligi va ulami zinhor 
bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib boimasligini ta’kidlash zarar 
(V. L. Popov). Mazkur jihatlaming o ‘zaro munosabatida huquqni 
ma’naviyatning eng quyi darajasi yoki rna’lum bir minimumi, 
axloq, etikani esa ma’naviyatning yuqori darajasi deb hisoblash 
lozim. Zero, axloqiy-etik talablar erkin, ixtiyoriy bajarilishi 
nazarda tutilsa, huquqiy me’yorlarning amal qilinishi bevosita yoki 
bilvosita majburlash orqali ta’minlanadi.
Shunday qilib, tibbiyot huquqi fanimng tizimini davolash- 
profilaktika, sanitariya-gigiena me’yorlari, fuqarolar so g iig in i 
saqlash sohasidagi faoliyatni belgilovchi huquqiy hujjatlar tashkil 
etadi. Bundan kelib chiqqan holda mazkur fanning predmeti turli 
ko‘rinishdagi tibbiy faoliyatni olib borish jarayonidagi huquqiy 
munosabatlarni va shu munosabatlar ishtirokchilarining huquqiy 
statusini belgilovchi me’yorlami o‘z ichiga oladi.
Bu 
borada 
awalambor 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasini 
ко‘rsatish 
lozim. 
Mustaqillik 
yillarida 
0 ‘zbekistonda sogiiqni saqlash tizimining tegishli huquqiy -
me’yoriy bazas ini yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 
tibbiy faoliyatga oid qator maxsus qonunlar - ’’Fuqarolar 
so g iig ‘ini saqlash to‘g ‘risida”, “Davlat sanitariya nazorati 
to‘g ‘risida”, “Dori vositalari va iarmatsevtika faoliyati to‘g ‘risida”, 
“Giyohvand vositalar va psixotrop-moddalar to‘g ‘risida”, “Odam 
immunotanqisligi virusi (OITV) chaqiruvchi kasalliklaming 
profilaktikasi 
to‘g ‘risda”, 
“Psixiatrik 
yordam 
to‘g‘risida”, 
“Radiatsion xavfsizlik to‘g‘risida”, “Aholini sil kasatligidan 
himoyalash to‘g ‘risida”, “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi 
to‘g ‘risida” va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.
Binobarin, qonun yaratuvchilik jarayoni uzluksiz b o iib , 
bu yo£nalishda zamon talab-ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 
kelajakda yangi qonunlarning ishlab chiqilishi va amaldagi 
qonunlarga tegishli o‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar kiritilishi


tabiiy holdir.
Ta’kidlash lozimki, tibbiy faoliyat nafaqat yuqorida qayd 
etilgan sogiiqni saqlash borasidagi qonunchilik bilan belgilanadi, 
balki keng ma’noda tibbiyot xodimlarining kundalik faoliyati 
fuqarolik, mehnat, m a’muriy va jinoiy huquqlar talablari doirasiga 
ham bevosita taalluqlidir. Shu sababli huquqning ushbu sohalariga 
tegishli tibbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan me’yorlar ham tibbiyot 
huquqi tizimiga kiradi.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin