Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Bioetika tamoyillari
Vrach majburiyatlari sifatida namoyon bo‘lib bemor, uning 
qarindoshlari va yaqinlari, hamkasblari oldida rioya etilishi 
shart bo‘lgan tibbiy etikadan farqli ravishda, bioetikaning asosiy 
tamoyillari bemor huquqlarini himoya qilishda namoyon bo‘ladi. 
Umuman olganda ulami quyidagicha shakllantirish mumkin:
1. Bemoming tushunarli va qulay ko‘rinishda maTumot olish 
huquqi. Bemor shuningdek vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavf 
haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
2. Bemor o ‘z taqdiriga taalluqli masalalami hal etishda ishtirok 
etish va qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
3. Insonqadr-qimmatini e’zozlashgava tibbiy etikaning asosiy 
tamoyili siftida bemor tomonidan patemalizmni mustaqil tanlashga 
asoslangan shaxsning erkinligi tamoyili.
4. Bioetikaning bosh tamoyili - bemoming ma’lumotli roziligi 
(informed consent).
5. Bag‘rikenglik.
Shunday qilib, tibbiy xodim va bemor o ‘rtasida vasiylik 
ko‘rinishidagi munosabat sifatida keng tarqalgan paternalizm o‘z


o‘mini hamkorlik ko‘rinishidagi munosabatlarga bo‘shatib berdi. 
Shaxs mustaqilligi tamoyilining ma’naviy qadriyati juda yuqoridir 
va aynan shu sababli bioetika bemorning hoxish va irodasiga 
qarshi hattoki unga muruvvat ko‘rsatishni ham mumkin emas deb 
hisoblaydi.
Bemorning ma’lumotli roziligi muammosi
Vrachmajburiyatlarigataalluqli bo‘lgan vabemomi ehtimoliy 
xavfdan ogohlantirishni ko‘zda tutadigan mazkur jum la va unga 
mos amaliyot ilk bor XX asming 50-60 yillarida uchray boshlagan. 
Haqiqatda, o‘sha vaqtlarda ushbu ma’lumot kasbiy ko‘rinishga ega 
bo‘lgan.
70-yillardan boshlab Amerika shifoxonalari assotsiatsiyasida 
bemor huquqlari masalasining qizg‘in muhokamasi boshlandi 
va shunga mos hujjat - bemor huquqlari haqidagi bill qabul 
qilindi. Ushbu hujjatga muvofiq ma’lumotli rozilik uchun zarar 
bo‘lgan ma’lumotlami olish huquqi bemor huquqlari orasida o ‘ta 
ahamiyatlisi deb e’tirof etildi.
Bemorning ma’lumotli roziligi deganda vrach lozim bo‘lgan 
informatsiyani tushunarli va qulay ko‘rinishda taqdim etgandan 
so‘ng rejalashtirilgan tibbiy muolajalami bemor ixtiyoriy qabul 
qilishi tushuniladi. Shunga mos tarzda “bemorga mo‘ljallangan 
m a’lumot” jumlasi (“partient oriented information”) paydo bo‘ldi. 
Ushbu jarayon ikki: ma’lumot berish va rozilik olish bosqichini 
ko‘zda tutadi.
M a’lumotni taqdim etish barchaga qulay shaklda amalga 
oshiriladi va uch ko‘rsatkichda namoyon bo‘ladi:
taklif etilgan tibbiy muolajaning maqsadi va mazmuni;
muolaja bilan bog‘liq holda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
xavf;
taklif etilayotgan muolajaning o ‘rnini bosadigan mavjud 
al’temativ usul.
Ma’lumotli rozilik jaryonida taklif etilayotgan muolajaning


albtemativ ko‘rinishi haqida tushunchaning bo'lishi o‘ta muhim 
ahamiyatga ega. Vrach o‘z nuqtai-nazaridan eng qulay va samarali 
bo‘lgan variant haqida ma’lumot beradi, ammo hal etuvchi qaromi 
bemoming o‘zi qabul qiladi.
Taklif etilayotgan muolaja bilan bog‘liq bo‘lgan xavftiing 
mavjudligiga m a’lumot berish jarayonida alohida e’tibor beriladi. 
Ya’ni, bemor xavfning tavsifi va jiddiyligi, vujudga kelish ehtimoli 
va tezkorligi haqida xabardor bo‘lishi lozim.
Ixtiyoriy rozilik berish bemomi qaror qabul qilishida muhim 
bosqich bo‘lib, vrach tomonidan majburlash, aldash, qo‘rqitish 
va sh. k. tadbirlarni qo‘llamaslikni ko‘zda tutadi. Bemor bilan 
munosabatda vrach haqqoniy boiishi lozim.
M a’lumotli rozilikning ikkita asosiy ko‘rinishi farqlanadi: 
vaziyatli va protsessual.
Birinchi modelda qaror m a’lum bir vaziyatda hodisa sifatida 
qabul qilinadi. Vrach tashxis qo‘ygandan so‘ng tavsiya etiladigan 
davolash tadbirlari rejasini tuzadi. Vrach tavsiyanomasi afzalliklari 
va ehtimoliy xavfi, mavjud albternativ usullar haqidagi ma’lumotlar 
bilan bemorga taqdim etiladi, va patsient o ‘zi uchun tibbiyot nuqtai- 
nazaridan ma’qul bo‘lgan qaromi qabul qiladi.
Ikkinchi modelda bemor tomonidan qaror qabul qilish uzoq 
vaqtga cho‘zilib, o ‘zaro m a’lumot almashish vrach va bemor 
muloqotining barcha davrida davom etadi. Ushbu modelda ulaming 
maqsadi bilan bog‘liq bo‘Igan bir necha bosqich farqlanadi: 
muloqot o‘matish, muammoni aniqlash, davolash maqsadini 
belgilash, davolash rejasini tanlash, davolashni tugatish. Bemor 
mazkur modelda vaziyatli modelga nisbatan ancha aktiv ishtirok 
etadi.
M a’lumotli rozilik masalasida Lissabon deklaratsiyasi (JTA, 
1981) va Evropada bemor huquqini ta’minlash borasida siyosat 
haqidagi Deklaratsiya (JSST, 1994) muhim ahamiyatga ega.
Oldinlari tibbiyotning asosiy maqsadi odatiy tarzda bemor 
hayoti va sog‘lig‘ini saqlash deb hisoblangan. Ushbu maqsadga


erishish ayrim holatlarda bemor erkini cheklash yoki ularga daxl 
etishi bilan amalga oshirilib, bemomi passiv ko‘rinishdagi m uruw at 
oluvchiga aylantirib qo‘ygan.
Bioetika nuqtai-nazaridan zamonaviy tibbiyotning bosh 
maqsadi bu bemoming farovonligi bo‘lib, salomatlikni tiklash 
esa, uning tarkibiy qism sifatida ushbu maqsadga xizmat qiladi. 
Shaxs mustaqilligini hurmat qilish taraqqiyotning tsivilizatsiya 
bosqichidagi hayot tarzining bosh qadriyatlaridan biridir. Har 
qanday inson o‘z sog‘lig‘i va hayoti borasida qaromi mustaqil 
qabul qilishdan manfaatdordir.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin