Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


A’zo va to‘qimaIarning transplantatsiyasi



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

A’zo va to‘qimaIarning transplantatsiyasi,
donorlik muammolari
Transplantologiya tibbiyot fanining ustuvor yo‘nalishlaridan 
biri sifatida XX asming ikkinchi yarmidan boshlab gurkirab 
rivojlana boshladi. Agarda bo‘yrakni ko‘chirib o ‘tkazish amaliyoti 
ilk bor muvaffaqiyatli tarzda 50 yillarda amalga oshirilgan bo‘Isa, 
60-yillarga kelib jigar, o‘pka, oshqozon osti bezi va nihoyat, 
yurakni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalari ham muvaffaqiyatli 
amalga oshirildi. A’zo va to‘qimalami ko‘chirib o‘tkazish tajriba 
bosqichdan o ‘tib, tiklovchi va rekonstruktiv jarrohlikning yangi 
davrini boshlab berdi (В. V. Petrovskiy, 1988).
Hozirgi davrda ayrim holatlarda a ’zo va to‘qimalami ko‘chirib 
o‘tkazish sog‘liqni tiklashning birdan-bir echimi hisoblanadi, va shu 
sababli ushbu muammo turli soha mutaxassislari va j amoatchi 1 ikni ng 
diqqat-e’tibor markazidadir.
Transplantologiyaning rivojlanishi axloqiy-ma’naviy, huquqiy 
va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa qator muammolami 
tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. Ular ham donorga, ham retsipentga 
taalluqlidir.
Agarda autotransplantatsiyada (bitta oiganizm doirasida a’zo 
va to‘qimalami ko‘chirib o ‘tkazish) bu kabi savollar tug‘ilmasa, 
allotransplanttsiya yoki gomotransplantatsiya (bitta organizmdan


boshqa organizmga a’zo va to‘qimalami ko‘chirib o ‘tkazish), 
ksenotransplantatsiya (hayvonlar a’zo va to‘qimalarini odamlarga 
ko‘chirib o‘tkazish) va eksplantatsiya (sun’iy transplantatlarni 
o‘tkazish) sohalarida mutlaqo boshqacha holat kuzatiladi.
M a’lumki, tibbiyot nuqtai-nazaridan eng maqbul, samarali 
va bir vaqtning o‘zida umidlisi allotransplantatsiya hisoblanadi. 
Binobarin boshqa turlaming imkoniyatlari ma’lum sabablarga ko‘ra 
ancha cheklangan.
A’zo va to‘qimlarni ko‘chirib o‘tkazish jarayonidagi 
munosabatlar boshqa turdagi tibbiy muolajalardagi munosabatlardan 
tubdan farq qiladi. Ya’ni, masalan, tibbiy yordam ko‘rsatishda 
“bemor—vrach” tartibi amal qilsa, bu holat transplantatsiyada “donor
- vrach - retsipient” ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, 
transplantatsiyada axloqiy-ma’naviy va huquqiy masalalar alohida 
xususiyatga ega bo‘ladi.
Taassufki, ayrim holatlarda donorlardan a’zo va to‘qimalami 
olish, retsipientga ko‘chirib o ‘tkazishda nafaqat axloqliy-etik 
me’yorlaming buzilishi, balki g ‘ayriqonuniy jinoiy harakatlar ham 
uchrab turadi. Shu sababli dunyoning qator mamlakatlarda inson a’zo 
to‘qimalariningtransplantatsiyasining huquqiy boshqaruv masalasiga 
alohida e’tibor qaratiladi. Trasplantatsiyaning axloqiy-ma’naviy 
masalalari zamonaviy bioetikaning dolzarb muammolaridan biridir.
V. A. Glushkov (1987) jinoiy-huquqiy echimini kutayotgan 
asosiy masalalar deb quyidagilami hisoblaydi: a’zo va to‘qimalami 
ko‘chirib o ‘tkazishnmg qonuniyligi; donordan a’zo va to‘qimalami 
olishning mumkinligi; ushbu muolajada donor va retsipient 
roziligining ahamiyati; tibbiy xodimlar tomonidan suiste’mol 
qilinishi mumkin bo‘lgan holatlami huquqiy tasniflash.
V. I. Alisievich (1977) fikricha, donordan a’zo va to ‘qimalar 
olishning qonuniyligi quyidagishartlarbilanbelgilanadi: retsipientga 
transplantatsiyadan boshqa usullar bilan yordam berishning imkoni 
yo‘q; bunda donorga etkazilgan zarar retsipientda oldi olingan 
zararga qaraganda kam bo‘ladi.


Dunyoning barcha davlatlari qonunchiligi odam a’zo va 
to‘qimalari savdosini qat’iyan man etadi. Shunga qaramay a’zo va 
to ‘qimalar transplantatsiyasini jinoiy tus olishi borasida tashvishga 
soladigan jiddiy asoslar mavjud.
“Argumentbi i faktbi» (1996y. , №45) gazetasining xabariga 
ko‘ra Lbvov shahrida jinoiy guruh fosh etilib, tergov idoralarining 
xabariga ko‘ra ular tomonidan ikki yil ichida Ukrainadan 800 dan 
ortiq bola chet davlatlarga olib chiqib ketilganligi aniqlangan. 
Vrachlar va amaldorlar nafaqat tug‘ruqxonalarda hali onasi to ia
o ‘ziga kelmagan chaqaloqlami noqonuniy tarzda o ‘g‘il yoki qiz 
sifatida asrab olish jarayoniga yordam berishgan, balki buyurtma 
asosida boshqa davlatlarga transplatatsiya uchun ichki a’zolarning 
donor sifatida etkazib berishga ham aloqador bo‘lishgan. Bunda 
bolaning bitta a’zosining qiymati 20 mingdan 100 ming dollargacha 
baholangan.
Kambag‘al, yaxshi ta’minlanmagan, ammo jismonan 
sog‘lom bo‘lgan Moldaviya fuqarolarini bir necha yillar davomida 
noqonuniy tarzda Ruminiya davlatiga olib chiqib, aldov yo‘li bilan 
ulaming bo‘yragi, jigarining bir qismini olishgan (“Trud” gazetasi, 
2005 yil 1 iyulb).
“Qora transplantolog” laqabini olgan isroillik vrach Mixaelb 
Zis 2007 yil Donetsk shahrida Ukraina klinikalarida noqonuniy 
tarzda donor a’zolari, asosan bo‘yrakni, ko‘chirib o‘tkazish 
amaliyotini tashkil etishda aybdor deb topilgan va qamoqqa olingan. 
Donorlar har bir buyrak uchun uch ming dollardan olishgan bo‘Isa, 
retsipientlarga ko‘chirib o ‘tkazish amaliyoti bir necha o ‘n barobar 
qimmatgatushgan (“Zdravooxranenie Uzbekistana”, №30,2008 y.).
AQSH davlatidan siyosiy boshpana so‘ragan xitoylik vrach 
Van Gotsining e’tiroflari o ‘z vaqtida kuchli noroziliklarga sabab 
bo‘lgan edi. U o‘lim jazosi belgilangan mahbuslarda hukm ijro 
etilgandan so‘ng qisqa muddat ichida ulaming a’zolarini olish 
bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalar haqida m a’lum qilgan (“Trud” 
gazetasi, 2001 yil 7 iyul).


1985 yilda Jahon tibbiyot assotsiatsiyasining odam a ’zo va 
to‘qimalari savdosini qoralovchi va bu kabi hodisalarni bartaraf 
etishgaqaratilganchora-tadbirlar ishlab chiqish lozimligi masalasida 
barcha davlatlar hukumatlariga tirik a’zolar savdosi masalasida 
Murojaatnomasi qabul qilindi. 0 ‘lim jazosiga mahkum etilgan 
mahbuslar, ruhiy va jismoniy nuqsonli shaxslarda amalga oshirilgan 
evtanaziya, o‘g‘irlangan bolalarda o ‘tkazilayotgan transplantatsiya 
amaliyotlarida vrachlarning ishtiroki haqidagi xabarlaming ortib 
borayotganligidan tashvishga tushgan Jahon tibbiyot assotsiatsiyasi 
1994 yilda odam a ’zolarining transplantatsiyasini amalga oshirishda 
tibbiy xodimlarning xulqi masalasida Rezolyutsiya qabul qildi.
Allotransplantatsiyada donorlik masalasi jiddiy muammo 
hisoblanadi. A’zo va to ‘qimalami ko‘chirib o ‘tkazishga muhtoj 
bo‘Igan insonlar soni mavjud imkoniyatlardan doimo bir necha 
barobar ortiqdir. Masalan, V. I. Akopov (2000) ma’lumotlariga 
ko‘ra, faqat Moskva shahrida buyrakni ko‘chirib o‘tkazishga 
navbatda turganlar soni 10 000 dan ortiq bo‘lgan holatda, amalda 
800 - 900 ta ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajariladi xolos.
Boshqa tibbiy muolajalar kabi rejalashtirilgan operatsiyada 
vujudga kelishi mumkin bo ig an barcha noxush oqibatlar 
haqida to‘la m a’lumctga ega boig an retsipientdan rozilik olish 
transplantatsiya uchun ham asosiy shartlardan biridir.
Potentsial ravishda ham tirik shaxs, ham murdalar donor 
bo'lishi mumkin. Tirik shaxslar donorligining axloqiy-ma’naviy, 
huquqiy va tibbiy nuqtai-nazaridan afzalliklarini e ’tirofetishbilan bir 
qatorda, ma’lum sabablarga ko‘ra shaxslardan a ’zo va to‘qimalami 
olish imkoniyatlari ancha cheklanganligini ta’kidlash lozim. Ular 
faqat ayrim jufit a’zolar (buyrak, buyrakusti bezi), to‘qimalar (teri) 
donori boiishi mumkin. Tirik donordan transplantatsiya uchun 
faqat olinishi salomatlikni qayta tiklanmaydigan buzilishiga olib 
kelmaydigan juft a’zo, a ’zo qismi yoki to‘qimalardan foydalanish 
mumkin. Amaliyotda asosan tirik donorlardan olingan bo‘yrakni 
ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalari bajariladi.


Shu bilan birga sog‘lom insondan bitta bo‘yrakni olinishi 
ma’lum bir xavf bilan kechadi va kelgusida uning potentsial 
imkoniyatlari bir muncha cheklanadi. Shu sababli o‘z bo‘yragini 
berish istagini bildirgan inson bu haqida m a’lumotga ega bo‘lishi 
lozim. A’zo va to'qimalaming transplantatsiyasi haqidagi 
qonunchilikda tirik shaxslardan a’zo va to ‘qimalami olish shart- 
sharoitlari aniq va to‘la ko‘rsatilgan bo‘lishi lozimligi hamma 
tomonidan e ’tirof etilgan.
Jumladan, Rossiya Federatsiyasining “A’zo va (yoki) 
to‘qimalaming 
transplantatsiyasi” 
haqidagi 
qommining 
11-moddasida quyidagilar qayd etilgan:
“A’zo va (yoki) to‘qimaiami transplantatsiya uchun tirik 
donorlardan olish faqat retsipientning manfaati yo‘lida va 
murdada transplantatsiya uchun yaroqli bo‘lgan a’zo va (yoki) 
to‘qimalar bo'lmasa yoki samarasi a ’zo va (yoki) to‘qimalaming 
transplantatsiyasi bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan boshqa 
alternativ davolash usullari bo'lmagan sharoitdagina amalga 
oshiriladi.
A’zo va (yoki) to‘qimalami transplantatsiya uchun tirik 
donorlardan olishga quyidagi shartlar bajarilgandagina imkon 
beriladi:
agarda donor a ’ zo va (yoki) to ‘ qimalami olishga mo ‘ lj allangan 
operatsiyadan so‘ng vujudga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar 
haqida ogohlantirilgan bo‘Isa;
agarda donor mustaqil va ongli holatda yozma ko‘rinishda 
a ’zo va (yoki) to‘qimalami olishga rozilik bergan bo‘lsa;
agarda donor har tomonlama tibbiy tekshiruvlardan o ‘tgan va 
undan a’zo va (yoki) to‘qimalami olish mumkinligi haqida vrach- 
mutaxassislar konsiliumining xulosasi bo‘lganda.
Suyak ko‘migidan boshqa a’zolarni tirik donordan olishga 
faqat u retsipient bilan genetik bog‘liq bo‘lgan holatdagina ruxsat 
beriladi”.
Murda donorligining huquqiy masalalari alohida dolzarblik


kasb etadi. Jahonda vafot etgan shaxslardan a’zo va to‘qimalar 
olishni huquqiy jihatlarini tartibga soluvchi uch xil model mavjud.
1. Rozilik prezumptsiyasi modeli. Avstriya, Belgiya, 
Vengriya, Ispaniya, Chexiya va boshqa bir qator davlatlaming 
qonunchiligi rozilikning ustuvorligiga asoslangan. Ushbu modelga 
muvofiq, murdadan a’zo va to ‘qimalami olishga monelik qilish 
uchun asosan shaxsning hayotligida huquqiy rasmiylashtirilgan 
norozik boiishi lozim. Haqiqatda, e ’tiroz vafot etgan shaxsning 
qarindoshlari tomonidan bildirilishi mumkin, ammo ko‘pincha 
amalda qisqa muddatlar ichida (soat, daqiqa) ular bilan 
bogianishning imkoniyati deyarli boimaydi. Ayrim tadqiqotchilar 
ushbu modelga “so‘ralmagan rozilik” sifatida qarashadi (M. N. 
Maleina, 1995).
Mazkur kontseptsiya Rossiya Federatsiyasining “A’zo 
va (yoki) to‘qimalaming transplantatsiyasi” haqidagi qonunida 
belgilab qo‘yilgan. Ya’ni, 8-moddaga ko‘ra “agarda shaxs 
hayotligida yoki uning oiim idan so‘ng qarindoshi yoki qonuniy 
vakili a’zo va (yoki) to‘qimalami transplantatsiya uchun olishga 
e’tiroz bildirgani muassasaga m a’lum qilingan boisa, murdadan 
a’zo va (yoki) to‘qimalami olishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
V. L. Popov (1999) fikriga ko‘ra, Rossiya qonunchiligidagi 
rozilik prezumptsiyasi mukammal boimay, u davlat muassasalari, 
retsipientlaming manfaatlarini faqat bir tomonlama himoya qiladi, 
shaxs huquqlarini inobatga olmaydi, oiim dan keyingi dastlabki 
vaqtlarda marhumning qarindoshlari tushib qolgan murakkab 
psixologik holatni suiste’mol qiladi, bu esa o‘z navbatida axloqiy- 
m a’naviy va huquqiy ko‘rinishdagi qator muammolami yuzaga 
keltiradi.
2. Norozilik prezumptsiyasi modeli. Aksariyat davlatlar 
(AQSH, Kanada, Germaniya, Frantsiya, Gollandiya va boshq.) 
qonunchiligi ushbu modelga asoslangan. Bu nisbatan mukammal va 
fuqaro huquqlarini saqlash talablariga to la javob beradi. Modelga 
binoan halokatga uchragan holatlarda donor bo ‘ lish uchun fuq aroning


hayotligida yoki uning o‘limidan so‘ng qarindoshlari tomonidan 
rasmiyiashtirilgan roziligining mavjudligi ko‘zdatutiladi.
AQSHning barcha shtatlarida “Anatomik m uruw at haqidagi 
umumiy hujjat” amal qiladi. Bunga muvofiq muomalaga layoqatli 
18 yoshdan katta fuqarolar o‘limidan so‘ng o‘z tanasi yoki uning 
qismini maxsus maqsadlar uchun sovg'a qilishi haqida qaror qabul 
qilishi va umumiy donorlik varaqasini to‘ldirishi mumkin. Ushbu 
varaqa haydovchilik guvohnomasiga biriktirib qo‘yiladi. Marhumda 
donorlik varaqasi bo‘lgan holatlarda qonun yaqin qarindoshlarining 
roziligini ko‘zda tutmaydi. Binobarin, qarindoshlari marhumning 
irodasiga qarshi bo‘lishi mumkin emas.
Germaniyada a ’zolarni olish maxsus xayriya qiluvchi 
varaqasiga asosan amalga oshiriladi. Varaqa bu haqida qaror qabul 
qilgan 18 yoshdan katta shaxslar tomonidan to‘ldirilishi mumkin.
Finlyandiya fuqarolarida ushbu masalaga o‘z munosabatlarini 
oldindan bildirishi va bahsli masalalami hal etish imkoniyati mavjud. 
Har qanday dorixonadan bepul olish mumkin bo‘lgan maxsus sariq 
rangdagi varaqani to‘ldirib, fuqaro tibbiy xodimlarga o‘limidan 
so‘ng a’zolari bo‘yicha qaror qabul qilish huquqini beradi. Ushbu 
vaqtdan boshlab qarindoshlaming aralashuvi istisno etiladi.
0 ‘zbekistonda hozirgi kungacha a’zo va to‘qimalarni 
transplantatsiyasi haqidagi qonun qabul qilinmagan. Ammo 
shu bilan birga 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
133-moddasiga muvofiq “shaxs hayotligida yoki uning o‘limidan 
so‘ng yaqin qarindoshlari bergan rozilik bo‘lmaganda marhum 
a’zo va to‘qimalarini transplantatsiya, o ‘quv va ilmiy maqsadlarda 
konservatsiya uchun olinishi” jinoyat sifatida baholanadi. Ushbu 
modda mohiyati norozilik prezumptsiyasiga mos keladi.
Haqiqatdan ham ushbu model nisbatan inson huquqlarini to ‘ la 
inobatga oladi. Undan foydalanishning samaradorligi ko‘p jihatdan 
yuqori ma’naviyat, fuqarolaming tibbiy madaniyati darajasi bilan 
belgilanadi.
3. Anonim variant. Bunday munosabat sobiq ittifoq


respublikalaridamavjudbo‘lgan. 1937yildaSSSRXalqKomissarlari 
Kengashining Qarori qabul qilingan bo‘lib, bemorlarga murda a’zo 
va to ‘qimalarini ko‘chirib o ‘tkazish tartibi haqida farmoyish berish 
huquqi Sog‘liqni saqlash xalq komissariatiga berilgan. Bunda 
a’zo va to‘qimalami olishda marhum va uning qarindoshlarining 
roziligini olish ko‘zda tutilmagan. A’zo va to ‘qimalami olish 
murdani tekshiradigan sud-tibbiy ekspert tomonidan amalga 
oshirilgan.
Huquqiy davlat sharoitida murdadan a’zo va to‘qimalarni 
olishga bu kabi munosabatda bo‘lish mumkin emasligini e’tirof 
etish lozim.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin