Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Passiv evtanaziya yoki ortotanaziya



Yüklə 4,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/47
tarix16.12.2023
ölçüsü4,88 Mb.
#181421
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Passiv evtanaziya yoki ortotanaziya
to‘liq va qisman bo‘lish 
mumkin. To‘liq ortotanaziya umidsiz, kuchli azobni boshidan 
kechirayotgan bemorlar hayotini saqlash va quwatlab turishga 
qaratilgan aktiv chora-tadbirlardan voz kechishini anglatadi. 
Qisman ortotanaziya esa zarur bo‘lgan tibbiy yordamni noto‘liq 
hajmda ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Huquq nuqtai-nazaridan ortotanaziya jinoiy harakat bo‘lib, 
“o‘z kasbiy vazifalarini lozim darajada bajarmaslik” ( 0 ‘zR JK 
116-modda) yoki “xavfda qoldirish” ( 0 ‘zR JK 117-modda) sifatida 
baholanishi mumkin.
Nisden shahri (Angliya) kasalxonasining rahbariyati xavfli 
o ‘smalar, nafas a’zolari va bo‘yrakning surunkali kasalliklarida 
reanimatsion chora-tadbirlar qo‘llashni ta ’qiqlash haqida buyruq 
bergan. Bunday bemorlaming kasallik tarixiga oldindan maxsus 
shift NTBR (not to be resuscitated - reanimatsiyaga molik emas) 
yozib qo‘yilgan.
AQSHning ayrim shifoxonalarida og‘ir, umidsiz bemorlar 
krovatiga DNR (do not resuscitate - reanimatsiya qilinmasin) harfli 
taxtachalar osib qo‘yiladi.
Umidsiz bemorlar tomonidan tibbiy muolajalami qisman 
yoki to ‘liq rad etilishini nazariy jihatdan passiv evtanaziyaga 
taalluqli deb hisoblash mumkin. Shu bilan birga jamiyat ayrim 
holatlarda amalga oshirilgan ortotanaziya amaliyotiga turlicha 
munosabat bildiradi. Xususan, ayrim mashhur shaxslarning passiv 
evtanaziyasi tushunish bilan qabul qilingan.
AQSHning sobiq prezidenti Richard Nikson birinchi insultdan 
so‘ng vrachlargayozma ravishda murojaat etib, agarda insult ikkin- 
chi marta takrorlansa v a u o ' z irodasini ma’lum qiladigan holatda 
bo‘lmasa, hayotini sun’iy tarzda uzaytirishga qaratilgan amaliyotini 
qo‘llamaslikni iltimos qilgan.
Rakning so‘nggi bosqichi bilan og‘rigan Frantsiyaning sobiq 
prezidenti Fransua Mitteran shaxsiy vrachi bilan maslahatlashib,


vasiyatnoma rasmiylashtirgandan so‘ng ongli ravishda dori- 
darmonlar qabul qilishni to‘xtatgan.
“Reanimatsiyaga monelik qiladigan ko‘rsatma” sifatida ilm­
iy talqin etiladigan ortotanaziya amaliyoti ayrim tadqiqotchilaming 
fikricha insoniylik elementlariga ega boiib, zamonaviy tibbiyotda 
o‘zini oqlashi mumkin (A. Ya. Ivanyushkin, 1990).
Harbiy-dala jarrohligining asoschisi N. I. Pirogov tibbiy 
sortirovka tamoyillarini 
tuzish jarayonida umidsiz, 
og‘ir 
yaralanganlar guruhini ajratgan bo‘lib, ularga yordam ruhoniy va 
m uruw at hamshirasi tomonidan amalga oshirilgan.
Og‘ir bemorlarga tashhis qo‘yish va kasallik oqibatlarini 
prognoz 
qilishda 
“qaltis 
xatolik”lar bo‘lishi 
mumkinligi 
evtanaziyaga qarshi bo‘lganlarning jiddiy asosi hisoblanadi. Buyuk 
shoir Petrarkani dafn etish marosimiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan 
vaqtda, ko‘mishga bir necha soat qolganda u nafas ola boshlagan. 
Keyinchalik shoir o ‘ziga kelib, yana 30 yil umr kechirgan.
XIX 
asming mashhur jarrohi Ernst Bergman o ‘ziga muolaja 
qilinmaydigan ichak raki tashhisini qo‘yib, operatsiyani rad etgan. 
Uning murdasini tekshirish jarayonida xavfsiz o ‘sma topilgan. 
Ushbu holatda jarrohlik amaliyoti uning hayotini saqlab qolishi 
mumkin edi.
Munosabatlaming o‘zaro zidligiga qaramay, ayrim davlatlarda 
passiv evtanaziya sekin-asta jamiyat fikri bilan ma’naviy tomondan 
tan olinmoqda, alohida mamlakatlarda esa mos tarzdagi qonunlar 
qabul qilingan. Xususan, Shvetsiyada va Finlandiyada hayotni 
samarasiz tarzda quwatlab turishni passiv evtanaziya yo‘li bilan 
to ‘xtatish g‘ayriqonuniy hisoblanmaydi. Bemor o‘z irodasini 
mustaqil va ongli tarzda bildirishi vrach uchun bu kabi qarorni 
qabul qilinishiga asos hisbolanadi. Bemor hushsiz bo‘lgan holatda 
uning qarindoshlari tomonidan kiritilgan bu kabi iltimos, huquqiy 
tomondan asos bo‘la olmaydi.

Yüklə 4,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin