Volume ǀ issue ǀ


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129971
1   2   3   4   5   6
zulfiya-ijodida-okkozional-so-zlar-derivatsiyasi-va-kontekstual-sinonimlar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
200 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
(Onam bogʼi orzusimon turfa rang, Loqayd, bachki bezaklarga edi yot. ) va shu 
kabilarni alohida koʼrsatish mumkin. Shoira tomonidan yaratilgan mazkur soʼzlar 
ichida 2tasi okkozional soʼz hisoblanadi: bizsimon va orzusimon. Yana misollar 
orasida grammatik meʼyordan chekinish holatlari ham kuzatiladi. Bu ham yangi 
soʼzning individual jihatlarini belgilashda oʼziga xos ahamiyatga ega: 
yulduzlarsimon. Аsosga soʼz yasovchi qoʼshimcha bevosita emas, balki bilvosita 
qoʼshilgan. Bu ham soʼz yasashning grammatik meʼyordan chekingan holda amlaga 
oshirilganini koʼrsatadi. 
Baʼzi oʼrinlarda –simon qoʼshimchasini III shaxs egalik affiksidan soʼng ham 
qoʼshilganini koʼrishimiz mumkin. Masalan, “Men ishq edim…” deb boshlanuvchi 
sheʼrida (Keyin oltingugurt olovisimon, Koʼrinmay hijronning dogʼida yondim... ) va 
“Yulduzlar allasi” sheʼrida (Kirib tomiringga sendan ham pinhon,Yoz oftobisimon 
shodlik yoqilur. ) shu holatga duch kelamiz. 
Yana baʼzi oʼrinlarda – simon qoʼshimchasi sifatdoshdan soʼng 
qoʼllanganligini koʼrishimiz mumkin. Masalan, “Tuhfa” sheʼrida yoritgansimon 
tarzida (Quyosh oyning yuzin yoritgansimon, Sendan bahra olib, sir qolgan koʼngil
), “Tong” sheʼrida tugʼilgansimon tarzida (Tabiat naq shu kun tugʼilgansimon Har 
gal hamma yokda yangi jaranglar... ), “Shoshma, hali” sheʼrida turtgansimon (Yarim 
tunda, birov turtgansimon, Bir choʼchiyman, ), chaqqansimon, ichgansimon tarzida 
(Men oʼzimni his qilaman qaynoq jangda. Soʼngra-soʼngra xuddi ilon 
chaqqansimon, Soʼngra, xuddi bir xum aqrab ichgansimon Men oʼzimni oʼngarolmay 
toʼlgʼonaman. ) qoʼllanganligini koʼrishimiz mumkin. Shoira –simon qoʼshimchasi 
yordamida sifatdoshlardan ham yangi leksemalar hosil qilgan. 
Zulfiya sheʼrlaridagi yana bir oʼziga xos jihat shundaki, u odatiy sifatdosh 
formalaridan foydalanmaydi, yangi sifatdosh shakllarini kash etadi. Bu oʼz navbatida 
sheʼrga oʼziga xoslik, orginallik, individuallik baxsh etadi. Masalan, uning 
“Ekrandagi yurak” sheʼrida –maydigan sifatdoshning boʼlishsiz shakli -movchi 
tarzida qoʼllanganligini koʼrishimiz mumkin: 
Bilmayman 
Va lekin mening yuragim 
Yekranga sigʼmovchi bir olam siyoq, 
Bir zayil urmaydi. Misli tilagim 
Kunu tun tinmovchi sinchkov bir sayyoh.
“Salom tansiq bahor” sheʼrida esa sifatdoshning –adigan shakli oʼrniga –gich 
morfemasidan foydalanadi. Аslida –gich morfemasi feʼldan ot yasovchi qoʼshimcha, 
ammo bu oʼrinda yangi soʼz yasalmasdan, lugʼaviy shakl yasovchi boʼlib kelmoqda. 
Bu oʼrinda shoira –gich morfemasining omonimlik xususiyatini kashf etadi. 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin