Volume ǀ issue ǀ


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129971
1   2   3   4   5   6
zulfiya-ijodida-okkozional-so-zlar-derivatsiyasi-va-kontekstual-sinonimlar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
202 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
Zulfiyaning “O, ijod” sheʼrida sinonimlarning okkozional namunalari ham 
uchraydi. Unda lirik qahramon ijodga murojaat qilar ekan u haqdagi oʼz qarashlarini 
bir necha hukm shaklida ifoda etadi: dardginam(1-hukm), uyqusiz tunlarni yoritar, 
chiroq(2-hukm), tandagi zilzilam(3-hukm), tanholik habibi(4-hukm), umrimning 
egovi(5-hukm), qalbim dardiga bir malham (6-hukm). Bu hukmlar tarkibidagi ot 
lekesmalar tarkibida qoʼllanayotgan 1-shaxs egalik qoʼshimchasi ijod toʼgʼrisidagi bu 
tasvirlar faqat soʼzlovchi shaxsigagina tegishli ekanligini anglatish uchun qoʼllangan. 
Ilhom individual tarzda namoyon boʼlar ekan, beixtiyor ilhom iztirobi va zavqini 
shoira boshqalardan qizgʼanayotgandek tasavvur uygʼotadi. Аna shu fahmiy jarayon 
ham egalik qoʼshimchasi taʼsirida, yashirin kommunikatsiyada ifoda topadi.
Ilhom iztiroblari har bir ijodkor shaxsida oʼzgacha talqin etilishi, anglanishi 
mumkinligini ham aynan ana shu qoʼshimchalarning matn tarkibida ifoda etilayotgan 
maʼnosiga yuklaydi. Koʼrinib turibdiki, har bir soʼz yoxud qoʼshimcha shunchaki til 
birligi sifatida qoʼllanilmaydi. Nutqda tinglovchiga axborot yetkazishning rang-
barang imkoniyatlari sifatida namoyon boʼladi.
Qizigʼi shundaki, ijodning lirik qahramon uchun nima ekanligi toʼgʼrisidagi 
sinonim ayni paytda bir biriga antonim hamdir. Oromim raqibi↔ tunlarim yoritgan 
nur, chiroq; tandagi zilzilam ↔ tanholik habibi, umrimning egovi↔ qalbim dardiga 
bir malham. Bu ziddiyat shoira tomonidan “Goh chorlab, goh deyman, ket yiroq” 
jumlasida oʼz ifodasini topadi.
O, ijod, dardginam, 
Sen mening oromim raqibi, 
Uyqusiz tunlarim yoritgan nur, chiroq! 
Tandagi zilzilam, 
Muqaddas tanholik habibi, 
Goh chorlab, goh deyman, ket yiroq. 
O, mening umrimning egovi, 
O, qalbim dardiga bir malham, 
Men uyqu istayman!
XULOSA
Lirik qahramon ijodni dardga, oromining raqibiga, uyqusiz tunlarini yoritgan 
nurga, chiroqqa, tanidagi zilzilaga,tanholikning habibiga, umrining egoviga, qalb 
dardiga malhamga mengzaydi. Shoira ijodni sifatlarini aytib, unga murojaat qilar 
ekan, oʼzining ayni paytdagi istgini izhor etadi: “Men uyqu istayman!” ijodga 
berilgan taʼriflardan uyqusiz tunlarim yoritgan nur, chiroq, tanholik habibi, qalbim 
dardiga bir malham soʼzlari ijobiy ottenka tashisa, dard, oromim raqibi, tandagi 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin