Volume ǀ issue ǀ


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129971
1   2   3   4   5   6
zulfiya-ijodida-okkozional-so-zlar-derivatsiyasi-va-kontekstual-sinonimlar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
199 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
qoʼllashlarga mos kelmaydigan, yakkalik xususiyatiga ega boʼlgan, maxsus matn 
tarkibiga singdirilgan usual, qiyos”. 
1
Zulfiya sheʼrlarida ham xuddi shuningdek boshqalarga oʼxshamaydigan ijodiy 
individuallik va okkozionalizm sezilib turadi. Uning sheʼrlarda hech qaerda va hech 
kimda uchramagan yasama soʼzlarni koʼrish mumkin. Masalan, uning “Iqrorga vaqt 
yetdi” sheʼrida notugal soʼzini qoʼllaydiki, bu soʼz “chala”, “oxiriga yetmagan” va 
ayni paytda ijodkorning oʼzi yozgan sheʼrdan “koʼngli toʼlmaganlik” maʼnolarini 
berganligini koʼrishimiz mumkin: 
Oldda bekatlarning tuyib yoʼqligin, 
Notugal mashqlarim sochayotirman.
2
 
Shoiraning “Izlayman” she`rida no- affiksi bilan bogʼliq noshodlik (Kunlar qancha 
shodlik, Qancha noshodlik ) yasalmasiga ham shoira ijodxonasida tugʼilgan soʼz 
sifatida qaramoq joiz. 
Oʼzbek tilida qiyos maʼnosini ifodalovchi –simon sifat yasovchi affiksi otlarga 
qoʼshilib, qisman oʼxshatish tushunsaini ifoda etadi. Forsiy tilning derivatsiya affiksi 
boʼlgan bu qoʼshimcha shoira ijodida oʼziga xos yasalish tizimini shakllantirganligini 
koʼrishimiz mumkin. Shoiraning quyidagi “Yulduz” sheʼrida bu qoʼshimcha 
vositasida kishilik olmoshidan sensimon koʼrinishidagi individual yasama soʼz hosil 
qilgan. Masalan: 
Yashnadi bir yulduz xuddi sensimon. 
Shoira sensimon soʼzi orqali yangi soʼz yasashga muvaffaq boʼladi. Bu yangi 
soʼz orqali -simon qoʼshimchasidan faqat ot soʼz turkumidan emas, olmosh soʼz 
turkumidan ham soʼz yasash mumkinligini koʼrsatib berdi. Shu oʼrinda yana bir 
narsani taʼkidlash joizki, shoira aynan –simon qoʼshimchasi orqali bir necha 
oʼrinlarda yangi yasama soʼzlarni hosil qiladi. Masalan, “Mening tongim” sheʼrida 
bizsimon (Toki yashab inson vaqtida, quyoshga tik boqsin bizsimon. ), otdan 
yasalgan qayiqsimon (Koʼlda suzar qayiqsimon,qurgʼoq uzra piyoda. ), 
yulduzlarsimon (Esimda, chorlashdi yulduzlarsimon Chaqmoq va bijildoq bir davra 
goʼdak, ), yersimon (Hamrohim: intilish, qoʼshiq va mehr, Quyosh yo yersimon 
yoʼldaman har dam. ), toshsimon (Soylarga qulagan toshsimon u gʼoyib! ), 
kapalaksimon(Parang etaklarin ilib tikanlar,Oʼsardi tanho qiz kapalaksimon.), 
qurtsimon(Goho qoʼrsiz tunlarimning Uvadasi yigʼindisi – asablarim Shu qurtsimon 
Boshdan-oyoq birday qamrab Yuragimni tishlay boshlar, Bu azobga tob bermoqqa 
urinaman. ), dorbozsimon (Nabiram qadamlar! Yosh dorbozsimon. ), orzusimon 
1
Розинтель Д.Э., Теленкова М.А. Словарь – справочник линвистических терминов. М.:Просвещение. 1967.С.197 
2
Зулфия.Сайланма.Т.:2006.Б.125 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin