Volume ǀ issue ǀ


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix14.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#129971
1   2   3   4   5   6
zulfiya-ijodida-okkozional-so-zlar-derivatsiyasi-va-kontekstual-sinonimlar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
201 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
Va sen yana qalbi otashga toʼliq, 
Togʼni talqon qilgich qudrat taningda  
Bu morfema bilan bogʼliq yana koʼplab misollarni keltirish mumkin. Masalan, 
“Seni kuylayman hayot” sheʼrida oʼqilgich (Har sahfang oʼqilgich yangi bir 
kitob,Oʼtmishmi, ertami tugʼilar har bob ), “Shoshma, hali” sheʼrida sirqiratgich, 
huzurlangich (Ziq yumushda oʼtgan kunduz zilligimi, Sirqiratgich ogʼir oʼyda 
toʼlgʼonaman. , Huzurlangich oʼsha zoʼrlik -Nomi ajal! ) kabilarni misol qilib 
keltirishimiz mumkin. –gich morfemasining boʼlishsiz shakli sifatida –magichdan 
foydalanadi: “Sharqning oʼzi ona boʼlgan hamisha” sheʼrida yonmagich, 
koʼchmagich (Yillar qat, qaʼriga fikringiz qadang,Topasiz oʼtlarda yonmagich 
doston! Men unga qilmayman zarra boʼlsin gʼash, Zero, shaharlarim koʼchmagich 
qasr, ) Ot soʼz turkumidagi –gich yasovchi qoʼshimchasining qoʼllanishida ham 
shoira yangilik yaratadi. Masalan bu qoʼshimcha feʼlning 2-shaxs buyruq –istak 
formasidan va feʼlning orttirma nisbat shaklidan yangi soʼz hosil qiladi. Yuqoridagi 
misollarda soʼz yasalishining bu qonuniyatiga mos kelmaydigan holatlar ham 
kuzatiladi. 
Masalan, 
-gich 
ot 
yasovchisi 
feʼlning 
boʼlishsizlik 
formasidan(koʼchmagich), 
-lan 
murakkab 
feʼl 
yasovchi 
affiksidan 
soʼng(huzurlangich) keyin qoʼshilib, individualizmlar yaratmoqda.
“Kechir, yoshlik” sheʼrida esa –gich morfemasi –kinchi morfemasiga sinonim 
boʼlganligini koʼrishimiz mumkin: 
Soʼngra, soʼngra soʼngan vulqonday sokin 
Qoʼydim seni bevaqt keksartib. 
Oʼtgich havaslarga muk tushib lokin 
Tahqirlarda boʼlmas qizartib.
Yaʼni bu oʼrinda oʼtgich soʼzi oʼtkinchi sifatiga maʼno jihatdan teng kelib 
qolganligini sezishimiz mumkin. Bu shoiraning mahoratidan darak beradi. 
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, shoira ijodida qoʼllanilgan no-, -simon, -
rang, -gich morfemalari shoira ijodida yasama soʼz yasash va grammatik shakl hosil 
qilishda koʼp oʼrinlarda qoʼllanilgan boʼlib, bu holat Zulfiyaxonim ijodining oʼziga 
xos xususiyatini koʼrsatib beruvchi dalil boʼlib xizmat qiladi. 
Tilda “maʼnolari bir xil yoki oʼzaro yaqin, talaffuz va yozilishi har xil boʼlgan 
soʼzlar sinonim hisoblanadi” . Bir til doirasida oʼzaro yaqin maʼnoni ifodalovchi bir 
necha soʼz shaklining mavjud boʼlishi tilning mazmun ifodasini kengaytiradi. 
Sinonim tilning boy imkoniyatlarini koʼrsatuvchi muhim vositalardan biri boʼlib, 
nutqda ularni toʼgʼri qoʼllay olish fikrni toʼgʼi va taʼsirchan ifodalash uchun xizmat 
qiladi, matnni oʼrinsiz takrorlardan xalos qiladi. 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin