Vaziyatlar vazirligi toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix01.08.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#138257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Одоб ахлоқ йўриқнома 1 томон 8 1 6 3 2 томон 2 7 4 5

8.
 
Raxbarlar o‘ziga buysunuvchi xodimlardan ular xizmat (mehnat) vazifasini 
bajarayotgan paytda partiya nomidan siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishni talab qilishi, 
siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlari faoliyatida ishtirok 
etishga da’vat etishi yoki majburlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
XIZMAT FAOLIYaTIGA OID ODOB-AXLOQ QOIDALARI 
 
9.
 
Shaxsiy tarkib xizmat(mehnat) faoliyati davomida quyidagilarga majbur:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Kurolli Kuchlari Umumxarbiy nizomlari hamda Mehnat kodeksi talablariga va boshqa 
qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etishi; 
mamlakat sha’nini e’zozlash, davlat siyosatiga sodiq bo‘lish;
tashqi siyosat sohasida davlat manfaatlarini qat’iy himoya qilish;
o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, halol va yuksak professional darajada bajarish, 
rasmiyatchilik, soxtakorlik va suiste’molchilikka yo‘l qo‘ymaslik; 
xizmat majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni 
doimiy asosda oshirish; 
o‘zi, bevosita va to‘g‘ridan-to‘g‘ri buysunadigan boshliqlari (komandirlari)ning 
qonunchilik, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumxarbiy nizomlari
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va vazirlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-
huquqiy hujjatlar talablariga zid bo‘lmagan buyruq hamda ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarish; 
berilgan vakolatlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, o‘z xizmat (mehnat) 
majburiyatlarini vijdonan, sidqidildan va yuqori sifat bilan bajarish; 
xizmat (ish) bo‘yicha boshqa bo‘linmalarga safarbarlikka doimo tayyor turish; 
ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga biron-bir shaxs, gurux yoki 
idoralar manfaati nuktai nazaridan yondashmaslik hamda ularning manfaatlari ifoda 
etilishiga yo‘l qo‘ymaslik; 
har qanday qonunbuzilishiga, ayniqsa, korrupsiya holatlariga qarshi murosasizlik bilan 
kurashish; 
xizmat safarlari, nazorat tadbirlari davomida xizmat (mehnat) faoliyati bilan bog‘liq 
bo‘lgan har qanday turdagi sarf-xarajatlarni boshqa shaxslar hisobidan amalga oshirmaslik; 
davlat xizmatchilari yoki boshqa shaxslar tomonidan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik 
sodir etishga undovchi murojaatlar haqida, shuningdek, hamkasblari tomonidan sodir etilgan 
yoki tayyorgarlik ko‘rilayotgan qonun buzilishlar haqida o‘zining raxbariga zudlik bilan 
ma’lum qilish; 
chet el fuqarolari bilan alohida belgilangan tartibga zid ravishda bevosita yoki boshqa 
shaxslar orqali muloqotga kirishmaslik; 


 
o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni 
kamsitmaslik, ularning ta’siridan saqlanish, fuqarolar huquqlari, majburiyatlari va qonuniy 
manfaatlarini hisobga olish; 
o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan xatti-
harakatlardan saqlanish; 
davlat siri, qonun bilan qo‘riqlanadigan va xizmatga oid boshqa ma’lumotlarning oshkor 
etilmasligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rish, ulardan qonunga zid ravishda 
foydalanmaslik; 
axborotlarni tarqatish qoidalariga rioya qilish, Internet jaxon axborot tarmog‘i va 
axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanishda axborot xavfsizligini ta’minlashning 
belgilangan tartibiga amal qilish; 
biriktirilgan xizmat kompyuteri hamda elektron tashuvchilaridagi xizmatga oid 
ma’lumotlarning xavfsiz saqlanishini ta’minlash va ularni boshqa shaxslarga tarqatilishining 
oldini olish choralarini ko‘rish; 
ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashqilotlari hamda mansabdor shaxslar 
faoliyatini muhokama qilmaslik, axloqqa zid iboralarni ishlatmaslik, mamlakatda amalga 
oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi 
mumkin bo‘lgan materiallarni joylashtirmaslik; 
xizmat (harbiy, maxsus) kiyimidagi foto va videotasvirlarni internet tarmog‘idagi turli 
ijtimoiy saytlar (feysbuk, telegramm, tvitter, yutub, odnoklasniki va boshqalar)ga akkaunt 
sifatida yoki boshqa maqsadlarda joylashtirish; 
fuqarolar va xamkasblarining sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiruvchi ma’lumotlar, 
tug‘mat, ig‘vo va uydirmalarni tarqatmaslik; 
harbiy (mehnat) va ijro intizomi, ichki tartib qoidalariga, shuningdek, telefonda 
so‘zlashish va kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya etish; 
o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va 
tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish; 
vazirlikning mulki va moliyaviy mablag‘lari, shuningdek, davlatning boshqa mulkini 
xarbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda ishlatishga yo‘l 
qo‘ymaslik; 
jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni saqlash choralarini ko‘rish; 
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunda belgilangan tartibda hamda 
muddatlarda qonuniy, asosli va adolatli hal qilish; 
harbiy (mehnat) jamoada ishchanlik muhitini shakllantirish va uni mustahkamlashga 
ko‘maklashishi; 
harbiy 
(mehnat) 
jamoada 
hamkasblarining 
sha’ni 
va 
qadr-qimmatini 
obro‘sizlantiradigan shaxsiy va kasbiy fazilatlarini muhokama qilishdan tiyilishi; 
xizmat (ish) joyiga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya qilmagan 
holda atrofdagilarning e’tiborini o‘ziga ortiqcha jalb qiladigan tarzda kiyinish yoki sport 
kiyimida kelishga, ommaviy sport yoki park xo‘jalik kunlari bundan mustasno yo‘l qo‘ymasligi 
kerak. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin