Vaziyatlar vazirligi toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi


shaxsiy tarkibdan mazkur qoidalarga mos bo‘lgan kasbiy madaniyatni talab qilish huquqiga  ega.  6



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix01.08.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#138257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Одоб ахлоқ йўриқнома 1 томон 8 1 6 3 2 томон 2 7 4 5

 
shaxsiy tarkibdan mazkur qoidalarga mos bo‘lgan kasbiy madaniyatni talab qilish huquqiga 
ega. 
6.
 
Shaxsiy tarkibning Odob-axloq qoidalariga rioya etishi ularning faoliyati hamda 
xizmatdagi axloqini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. 
Shaxsiy tarkib tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya kilinishi holati ularni kelgusida 
yuqori lavozimlarga tayinlash va raxbar kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi. 
KASBIY MADANIYaTGA OID UMUMIY ODOB-AXLOQ QOIDALARI 
 
7.
 
Shaxsiy tarkib: 
fuqarolarning jinsi, irqi, millati, fuqaroligi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, 
shaxsiy va ijtimoiy mavqei kamsitilishiga olib keluvchi ta’sir choralari va harakatlar 
(harakatsizlik)ga yo‘l qo‘ymasligi; 
halol, adolatli va kamtar bo‘lishi, raxbarlar, xamkasblar va fuqarolar bilan muloqotda 
xushmuomala, vazmin hamda samimiy munosabatni namoyish qilishi; 
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlarni 
qabul qilishda qonuniylikni, adolatlilikni va shaffoflikni ta’minlashi; 
davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvchi, davlat organlari va tashkilotlari 
faoliyati samaradorligini pasaytiradigan harakatlar (harakatsizlik)dan tiyilishi; 
o‘zining xatti-xarakati va axloqi tufayli safdoshlari va jamoatchilikning tanqidiga 
uchramaslik choralarini ko‘rishi, tanqid uchun taqibga yo‘l qo‘ymasligi, asosli va konstruktiv 
tanqiddan o‘z faoliyatidagi kamchiliklar hamda nuksonlarni bartaraf etish yo‘lida 
foydalanishi; 
davlat organlari va tashqilotlari, davlat xizmatchilari va boshqa shaxslarga o‘z xizmat 
mavqeidan foydalangan holda shaxsiy masalalar yuzasidan ta’sir o‘tkazmasligi; 
o‘z xizmat vakolatlarini hamkasblari, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini 
ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar 
olmasligi; 
davlat mulkining but saqlanishini ta’minlashi, o‘ziga ishonib topshirilgan maxsus texnika 
va asbob-uskunalarni asrab-avaylash, unga topshirilgan moddiy qimmatliklar, xizmat xonasi, 
xonadon va avtotransport vositalaridn oqilona foydalanish, ularga shikast yetkazilishi, nobud 
bo‘lishi yoki yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, o‘ziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat 
xizmat maksadlarida foydalanishi; 
harbiy(mehnat) intizomiga qat’iy rioya qilishi, xizmat (ish) vaqtidan oqilona va samarali 
foydalanishi; 
aholining davlat xizmatlari iste’molchisi sifatidagi talablariga muvofiq o‘z kasbiy 
mahorati, ma’naviy-ma’rifiy, jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini doimiy oshirib 
borishi, shuningdek, umumiy bilim saviyasini oshirib borgan holda, xizmat (mehnat) 
faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z ustida muntazam ishlashi; 
qonun bilan intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan huquqbuzarlik va 
boshqa xatti-xarakatlarga yo‘l qo‘ymasligi;
kasb etikasi va ishchanlik uslubiga rioya etishi; 
siyosiy partiyalar hamda ijtimoiy, shu jumladan diniy birlashmalarning manfaatlarida, 
shuningdek ularning g‘oyalarini targ‘ib qilishda o‘z xizmat mavqeidan foydalanmasligi. 
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan 
tasdiqlangan nizomning 212-bandi)
harbiy libos va maxsus kiyimni g‘urur hamda sharaf bilan munosib tarzda kiyib yurishi, 
harbiy xizmat qiyinchiliklarini mardonavor yengishi, doimo ozoda, batartib, intizomli va 
xushmuomala bo‘lishi; 
dunyoviy tafakkurga ega bo‘lish, umume’tirof etilgan milliy urf-odatlar, an’analar 
doirasidan chetga chiquvchi diniy amallarni bajarishdan o‘zini tiyish; 
xizmat vaqtida yoki harbiy kiyimda spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik, spirtli 


 
ichimliklarni ichishga ruju qo‘ymaslik; 
elektr energiyasi, gaz va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish; 
sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilish; 
jamoat joylarida, jamoat transportida va ommaviy tadbirlar o‘tkazish joylarida o‘rindiq 
va boshqa jixozlarga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish hamda o‘zidan kattalarga 
hurmatda kichiklarga izzatda bo‘lish; 
ommaviy tadbirlar vaqtida xushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin 
sababsiz chiqib ketmaslik; 
uxlab o‘tirmaslik, o‘rindiqlarga yotib olmaslik, bir-biri bilan gaplashmaslik, yon 
atrofdagilarga halaqit bermaslik; 
turli davralarda o‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan vazirlik haqida yuksak ijobiy 
taassurot qoldirishga intilish; 
vazirlik manfaati, uning sha’ni va shonli an’analari, obro‘si hamda nufuzi to‘g‘risida 
qayg‘urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik bilan intilish va hurmat bilan munosabatda 
bo‘lishi kerak. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin