Vaziyatlar vazirligi toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix01.08.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#138257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Одоб ахлоқ йўриқнома 1 томон 8 1 6 3 2 томон 2 7 4 5

13.
 
Har bir raxbar shaxsiy tarkibning huquqiy va ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida 
qayg‘urish, uning shaxsiyatini, milliy g‘ururini hurmat qilish boshliq (komandir)ning muhim 
vazifasidir. Harbiy intizomning buzilishi, jinoyat va boshqa xatti-xarakatlarni xaspo‘shlashga 
xizmat qilgan boshliq (komandir) javobgarlikka tortiladi. 
(Intizom nizomining 6-bandi).
XIZMATDAN TASHQARI ODOB-AXLOQ QOIDALARI 
 
14.
 
Shaxsiy tarkib xizmat (ish)dan bo‘sh vaqtlarida umumqabul qilingan axloq 
normalariga rioya qilishlari va ularga zid bo‘lgan xulq-atvor va xatti- xarakatlardan o‘zlarini 
tiyishlari shart. 
15.
 
Shaxsiy tarkib xizmat (ish)dan tashqari vaqtda quyidagilarga majbur. 
milliy urf-odat, qadriyat va an’analarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; 
dabdababozlik, shuxratparastlik, guruxbozlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa 


 
salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymaslik; 
rasmiy e’lon qilingan ma’lumotlardan tashqari davlat xizmati faoliyatiga oid masalalarni 
muhokama qilmaslik; 
jamoat joylarida (kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda) o‘zini tutish 
qoidalariga rioya etish, atrofdagilarning e’tiborini tortuvchi ortiqcha va salbiy harakatlarga 
yo‘l qo‘ymaslik; 
noharbiy aholiga nisbatan odob qoidalariga rioya qilishlari, yoshi o‘tgan kishilarga, 
ayollar va bolalarga alohida e’tibor ko‘rsatishlari, fuqarolar or-nomusi va kadr-qimmatini 
muhofaza qilishga yordam berishlari, shuningdek, baxtsiz hodisalar, yong‘inlar va tabiiy 
ofatlar chog‘ida ularga madad ko‘rsatish 
(Ichki xizmat nizomining 67-bandi);
jamoat tartibi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan xatti-xarakatlarni sodir etmaslik, mazkur 
noqonuniy harakatlarga boshqalarni jalb etmaslik yoki da’vat qilmaslik; 
xarbiy xizmat majburiyatlarini bajarganligi uchun jismoniy va yuridik shaxslardan 
mukofotlar (sovg‘alar, pul mablag‘lari, sudalar, xizmatlar, ko‘ngilochar, xordiq, transport 
xarajatlari uchun haq to‘lash va boshqa mukofotlar olmaslik, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlarining Umumxarbiy nizomlariga muvofiq harbiy xizmatchilar taqdirlanadigan 
qimmatbaho (shu jumladan ismi yozilgan) sovg‘alar va pul mablag‘lari bundan mustasno; 
xizmat guvohnomalarini saqlash va foydalanish tartibiga qat’iy rioya etish, ulardan 
xizmatga aloqador bo‘lmagan holatlarda foydalanmaslik, shu jumladan, vakolatli shaxslarga 
xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, mavqeini suiste’mol qilmaslik; 
xizmat avtotransport vositalaridan xizmat faoliyatidan tashqari holatlarda shaxsiy va 
boshqa maqsadlarda foydalanmaslik; 
xizmat (ish) faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni xizmatga (ish)ga aloqador bo‘lmagan 
boshqa shaxslar ishtirokida muhokama kilmaslik; 
shaxsiy transport vositalaridan foydalanishda belgilangan tartibga amal qilish, yo‘l 
harakati qoidalariga qat’iy rioya etish; 
zo‘ravonlik, shavkatsizlik, millatchilik ruxidagi, shuningdek, siyosiy va diniy mazmunga 
ega mitinglar, yig‘ilishlar, namoyishlar shaklidagi ommaviy tadbirlarda ishtirok etmasligi; 
shaxsan o‘zi va vakolatli shaxslar orqali tadbirkorlik yoki haq to‘lanadigan boshqa 
faoliyat bilan (pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari) shug‘ullanmaslik, O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan 
hollar bundan mustasno; 
o‘zi faoliyat yuritgan davlat organlari va tashkilotlari hamda davlat xizmatiga dog‘ 
tushiruvchi xatti-xarakatlardan tiyilish; 
tashqi ko‘rinishini belgilangan me’yorlar doirasida saqlash, kamtarona kiyinish, 
atrofdagilarning e’tiborini o‘ziga ortiqcha jalb qiladigan tarzda kiyinmaslik. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin