Vallari o`qlarining joylashuviga qo`ra tishli uzatmalar quyidagi turlarga


-§. Konussimon uzatmani geometriyasi va kinematikasi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə7/8
tarix24.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#191184
1   2   3   4   5   6   7   8
Mashina detallari bo

3-§. Konussimon uzatmani geometriyasi va kinematikasi.
Konussimon tishli g`ildiraklar val o`qlari qandaydir burchak ostida kesishuvchi uzatmalarda qo`llaniladi va odatda, bu burchak 90° ni tashkil etadi, ularning tishlari to`g`ri va doiraviy bo`lishi mumkin (1-shakl).

1-shakl
Amalda konussimon uzatmalarni tayyorlash, yig`ish, shuningdek talab etiladigan aniqlik darajasini ta’minlash jarayonlari silindrsimon uzatmalarga nisbatan ancha murakkabdir. Shu bois, konussimon tishlarni kesish uchun maxsus dastgohlar va asboblardan foydalanish zarur. Konussimon uzatmani tayyorlashda tish o`lchamlariga berilgan dopusklardan tashqari Σ, 𝛿1 𝑣𝑎 𝛿2 burchaklarga berilgan dopusklarni ham saqlash hamda yig`ishda konus balandliklarining bir-biriga to`g`ri kelishini ta’minlash kerak.
Konussimon uzatmalarda vallarining o`qlari kesishuvchi bo`lganligi sababli ularni tayanchga joylashtirish ham murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning uchun konussimon g`ildiraklardan birini konsol shaklida joylashtirish zarur. Oqibatda tish uzunligi bo`ylab yuklamaning notekis taqsimlanishi oshadi. Qolaversa, konussimon uzatmada o`q bo`ylab yo`nalgan kuchning mavjudligi ham tayanchlar konstruksiyasini ancha murakkablashtiradi. Tajriba natijalariga ko`ra konussimon
to`g`ri tishli uzatmaning yuk ko`taruvchanlik layoqati silindrsimonnikining 0,85 qismiga to`g`ri keladi. Yuqorida ko`rsatilgan kamchiliklarga qaramasdan konussimon uzatmalar muhandislik amaliyotida keng ko`lamda qo`llanilmoqda.
1. Konussimon tishli uzatmalarning geometrik parametrlari
Konussimon uzatmada quyidagilarni asosiy parametrlar sifatida ko`rsatish mumkin:
• bo`luvchi konuslar burchaklari ( 𝛿1 𝑣𝑎 𝛿2);
• tashqi 𝑅𝑒 va o`rtacha konuslik masoofa 𝑅𝑚;
• tashqi bo`luvchi aylanalar diametri 𝑑𝑒;
tishli gardish eni b
O`lchamlarning o`rta va yonbosh kesimdagi bog`liqligi:
(1)
To`g`ri tishli uzatma uchun yonbosh t va normal n kesimlar ustma-ust tushadi.
Bunda 𝑚𝑡𝑒 = 𝑚𝑛𝑒 qiymatlari standartlashtiriladi.
Uzatish soni silindrsimon uzatmaniki kabi aniqlanadi:
𝑢 = 𝑑2⁄𝑑1 = 𝑧2⁄𝑧1.
Bundan tashqari 𝑑1 𝑣𝑎 𝑑2 ni konus masofa R va bo`luvchi konuslar burchagi 𝛿1 𝑣𝑎 𝛿2 orqali ifodalab quyidagilarni olamiz:
(2)
(2) tenglama konuslik burchaklari 𝛿1 𝑣𝑎 𝛿2 qiymatlarini aniqlashda ishlatiladi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin