Vallari o`qlarining joylashuviga qo`ra tishli uzatmalar quyidagi turlarga


Silindrsimon to`g`ri tishli g`ildiraklarni mustahkamlikka hisoblash



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə5/8
tarix24.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#191184
1   2   3   4   5   6   7   8
Mashina detallari bo

Silindrsimon to`g`ri tishli g`ildiraklarni mustahkamlikka hisoblash
1 . Silindrsimon to`g`ri tishli g`ildirak tishlariga ta’sir etuvchi kuchlar.
To`g`ri tishli uzatmaga aylana va 𝐹𝑟 = 𝐹𝑡𝑡𝑔𝛼 radial kuchlar ta’sir etadi (6-shakl).

6-shakl
2. Silindrsimon to`g`ri tishli uzatmalarni kontakt kuchlanish bo`yicha mustahkamlikka hisoblash
O`tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko`ra, tishlar ishchi yuzalarning ilashish qutbi oldi zonasida, ya’ni bir juft ilashish kuzatilganda joyda, kam tutashish toliqishi kuzatiladi. Shuning uchun kontakt kuchlanishga ilashish qutbidagi tutashish bo`yicha hisoblash qabul qilingan. Tishlarning tutashishini 𝜌1 va 𝜌2 radiusli ikki silindrlarning tutashishi deb qaraymiz (7-shakl). Bunda kontakt kuchlanish quyidagicha formula bo`yicha aniqlanadi,

7-shakl
(1)
bu yerda 𝐸𝑘𝑒𝑙- keltirilgan elastiklik moduli, 𝜌𝑘𝑒𝑙 - keltirilgan egrilik radiusi; q
solishtirma yuklama;
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda
(2)
Tutashish nuqtasida tishlar evolventasining egrilik radiuslari

formula bo`yicha
(3)
bu yerda 𝑢=𝑑𝑤2/𝑑𝑤1=𝑧2/𝑧1; «+» ishorasi – tashqi ilashma uchun; «−» ishorasi – ichki ilashma uchun.
Yuqorida keltirilganlarni (1) ifodaga qo`yamiz va 𝑐𝑜𝑠𝛼𝑤𝑠𝑖𝑛𝛼𝑤=(𝑠𝑖𝑛2𝛼𝑤)/2, almashtirishni bajarib quyidagini formulani olamiz:
(4)
Uzatmaning barcha zarur o`lchamlari va boshqa parametrlari ma’lum bo`lganda (4) formula amaliy tekshiruv hisoblarini bajarish uchun quyidagi ko`rinishga keltirilgan.

Loyiha hisobida esa berilgan asosiy xarakteristikalar (burovchi momentlar 𝑇1 yoki 𝑇2 va uzatish soni 𝑢) bo`yicha uzatmaning o`lchamlari aniqlanadi.
(4) formuladagi kontakt kuchlanish bo`yicha hisobiy yuklanish koeffisienti

formula yordamida aniqlanadi.
Bu yerda 𝐾𝐻𝛽− gardish eni bo`ylab yuklanishni notekis taqsimlanishini hisobga oluvchi koeffisient bo`lib, uning qiymatlari 1-jadvalda keltirilgan;
𝐾𝐻𝛼− tishlar orasida yuklanishni notekis taqsimlanishini hisobga oluvchi koeffisient bo`lib, uning qiymatlari 2-jadvalda keltirilgan;
𝐾𝐻𝑣−dinamik koeffisient bo`lib, uning qiymatlari 3-jadvalda keltirilgan.
1-jadval

2-jadval

3-jadval

Loyiha hisob uchun (4) formula 𝑑1 va a ga nisbatan echiladi. Boshqa parametrlar taxminiy baholanadi yoki tavsiyalar asosida tanlanadi. Bu holatda 𝑑𝑤1≈𝑑1; 𝛼𝑤≈𝛼=20°(𝑠𝑖𝑛2𝛼𝑤≈0,6428), 𝐾𝐻𝑣≈1,15 deb qabul qilamiz. 𝜓𝑏𝑑=𝑏𝑤/𝑑1─ shesternya enining diametrga nisbatan koeffisienti.
(4) formulani 𝑑1 ga nisbatan echsak,
(5)
a ga nisbatan echishda quyidagilarni kiritamiz: 𝑇1=𝑇2/𝑢; 𝑑1=2𝑎/(𝑢±1) va 𝜓𝑏𝑎=𝑏𝑤/𝑎−g`ildirak enining o`qlararo masofaga nisbatan koeffisienti. Almashtirishdan so`ng, 𝜓𝑏𝑑=0,5𝜓𝑏𝑎(𝑢±1)ni hisobga olsak
(6)
(5) va (6) formulalari ГОСТ 21354-87ning ilovasida amaliy hisoblar uchun quyidagicha yoziladi
(7)
(8)
Amaliyotda asosan (8) formuladan foydalaniladi.
G`ildirak enining o`qlararo masofaga nisbatan koeffisienti 𝜓𝑏𝑎 ning qiymatlari ГОСТ 2185-66 bo`yicha standartlashtirilgan bo`lib, uning qiymatlari quyidagicha:
0,10; 0,125; 0,16; 0,25; 0,315; 0,40; 0,50; 0,63; 0,80; 1,00; 1,25.
𝐾𝐻𝛽-tishli g`ildiraklarni tayanchlarga nisbatan joylashuvini hisobga oluvchi koeffisientning qiymatlari 4- jadvalda keltirilgan.
4-jadval


Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin