Vallari o`qlarining joylashuviga qo`ra tishli uzatmalar quyidagi turlarga



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#191184
1   2   3   4   5   6   7   8
Mashina detallari bo

Abraziv yeyilish uzatma yomon moylanish sharoitida ishlashi natijasida yuzaga keladi (4-shakl, b). Bunday uzatmalarga avvalo ochiq uzatmalar, va abraziv zarrachalar bilan ifloslanishdan etarlicha himoyalanmagan yopiq uzatmalar ham taalluqli. Ushbu uzatmalarni qishloq xo`jaligi va transport mashinalarida, tog`-kon uskunalarida, yuk ko`tarish mashinalarida uchratish mumkin. Uzatma tishlarining yeyilishidan ilashishdagi tirqish kattalashadi, natijada shovqin hosil bo`ladi, dinamik yuklanishlar oshadi. Xuddi shu vaqtda yeyilgan tishning mustahkamligi uning ko`ndalang kesimi maydoni kichiklashi natijasida kamayadi. Agar tishli g`ildiraklar o`z vaqtida almashtirilmasa uning tishlari sinishi mumkin.
Bunday holatda yeyilishni hisoblash, birinchi navbatda moyning kirlanish tezligi va yeyilish tezligiga ta’sir etuvchi tasodifiy omillarning ko`pligi bilan murakkabdir.
Abraziv yeyilishni oldini olish uchun ko`riladigan umumiy choralar: tishlar sirti qattiqligini oshirish; ifloslanishdan himoyalash; maxsus moylarni qo`llash.
Qadalish asosan og`ir yuklangan va tezyurar uzatmalarda kuzatiladi (4-shakl, v). Bunday uzatmalar tishlari tutashish joyida yuqori harorat vujudga keladi va natijada moy pardasi buzilib metallar tutashuv hosil bo`ladi. Bu hol bir necha bor takrorlangandan so`ng harorat shunday darajaga etadiki, mustahkamigi pastroq materialdan yasalgan g`ildirak tishining yuzasi ikkinchi g`ildirak tishiga yopishib chiqadi. Hosil bo`lgan metall g`urrachalar, ish davomida shu tish bilan ilashishda bo`lgan tish sirtini sirpanish yo`nalishida sidirib chiqa boshlaydi. Oqibatda tish sirti notekislanib, uzatma ishida qo`shimcha shovqin va dinamikaviy kuchlar paydo bo`ladi.
Qadalishni oldini olish bo`yicha umumiy choralar: yeyilishni oldini olish chora-tadbirlari qo`llaniladi; yuqori qovushqoqli va kimyoviy faol qo`shimchali yeyilishga qarshi moylar ishlatilishi taklif etiladi.
Plastik siljish yug`ir yuklangan sekinyurar uzatmalarning yumshoq po`latdan yasalgan tishli g`ildiraklarida uchraydi (5-shakl). Bunday hollarda tish sirtiga tushadigan kuch me’yoridan katta ishqalanish kuchi hosil qiladi va yumshoq po`latni deformatsiyalab, oquvchanlik darajasiga olib boradi, oqibatda metall ishqalanish kuchi yo`nalgan tomonga qarab sidiriladi.

5-shakl
Natijada, yetaklanuvchi g`ildirak tishining ilashish qutbi atrofida kichkinagina do`mboqcha, yetakchi g`ildirak tishining sirtida esa shu do`mboqchaga mos chuqurcha hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan do`mboqcha ilashishning buzilishiga va pirovardida, tishlarning ishdan chiqishiga olib keladi. Tish materialining qattiqligini oshirish bunday emirilishning oldini olish choralaridan asosiysidir.
Tishning ishlash yo`li bilan qattiqlashtirilgan sirtqi qatlamining ko`chib chiqishi. Bunday hodisa, asosan, sifatsiz termik ishlangan g`ildiraklarda ro`y beradi. Shuning uchun, termik ishlash talab qilingan hollarda bu jarayonning sifatli
bajarilishiga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.


Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin