Vallari o`qlarining joylashuviga qo`ra tishli uzatmalar quyidagi turlarga



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə3/8
tarix24.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#191184
1   2   3   4   5   6   7   8
Mashina detallari bo

Tishlarning sinishi. Eguvchi kuchlanish ta’sirida tishlarning sinishi kuzatiladi (3-shakl). Tishlar sinishining ikki turi mavjud: zarbiy yoki statik yuklanishlar ta’sirida sinish (hisoblashlarda yuritmada o`ta yuklanish holatlari mavjudligini hisobga olish zarur); toliqishdan sinish uzoq muddat ishlash davomidagi o`zgaruvchan kuchlanishlar ta’siri natijasida vujudga keladi (bunda kuchlanishlar konsentratsiyasi - to`planishini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega).

3-shakl
Tishlar sinishini oldini olish uchun modulni oshirish, tishlarni kesishda musbat siljitish, termik ishlov, puxtalash, qirralar bo`yicha yuklanish to`planishini kamaytirish singari umumiy choralar ko`riladi.
Tishlar sirtining shikastlanishi. Kontakt kuchlanish va ishqalanish tish sirtilarini turlicha shikastlanishlariga sabab bo`ladi (4-shakl).

4-shakl
Toliqishdan uvalanish uzatmaning yaxshi moylanishi sharoitida kontakt kuchlanish ta’sirida toliqib uvalanish, tishlar sirtilari shikastlanishining asosiy turi hisoblanadi (4-shakl, a). Bunday holat tishlar orasi yupqa moy qatlami bilan ajratilgan, natijada metal-metal tutashuvni bartaraf etilgan uzatmalarda kuzatiladi. Bunday sharoitda ishlovchi tishlarda yeyilishi kam kuzatiladi. Natijada tishlar sirtida toliqish paydo bo`lguncha uzatma uzoq vaqt ishlaydi. Toliqish tishlar oyoqchasining qutb chizig`i yaqinida, ya’ni yuklama bir juft tishlar bilan uzatilish joyida boshlanadi. Ilashishdagi tishlarning sirpanishi va dumalab o`tishi shunday yo`nalganki, natijada moy yoriqlarga bosim ostida siqiladi va metall zarrachalarining uvalanishiga olib keladi. Uvalanishda moy pardasi hosil bo`lish sharoiti buziladi va oqibatda metallar tutashuvi vujudga kelib, tish sirti jadal yeyiladi va tirnaladi.
Uvalanishni oldini olish uchun ko`riladigan umumiy choralar: kontakt kuchlanish bo`yicha toliqishga hisoblashdan o`lchamlarini aniqlash; termik ishlov
orqali material qattiqligini oshirish; tishlar kontakti me’yori bo`yicha aniqlik darajasini oshirish.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin