Va diniy tashkilotlar bilan munosabati


 O‘zbekistonda davlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar



Yüklə 134,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix19.12.2023
ölçüsü134,93 Kb.
#184396
1   2   3   4   5   6
i2Ekzgr1WkQmq7r8OGEZSGeXj7JE9CLuku5yx84O

3. O‘zbekistonda davlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar. 
Inson va fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlarida diniy 
tashkilotlarning muhim o‘rni bor. Davlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarda 
sub’ekt sifatida bir tomondan e’tiqod qiluvchilar, ya’ni fuqarolar, ikkinchi tomondan 
davlat va uchinchi tomondan diniy tashkilotlar qatnashadi.
O‘zbekiston dunyoviy xarakterdagi davlat va diniy tashkilotlar davlatdan 
ajratilgan bo‘lishiga qaramay, ularni jamiyatdan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Din bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi fuqarolar va davlatning 
o‘rni va ahamiyati birmuncha oydin bo‘lsa-da, diniy tashkilotlar haqida, ularning 
maqomi va vazifalari, faoliyati haqida ma’lumotga ega bo‘lish vijdon erkinligi 
sohasidagi bilim va ko‘nikmalarning yanada ortishiga xizmat qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida»gi Qonunining 8-moddasi diniy tashkilotlarga bag‘ishlangan bo‘lib, 
unda aytilishicha, «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, 
ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan 
ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, 
sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi».
Diniy tashkilotga berilgan bu kabi ta’rif boshqa davlatlar qonunchiligida ham 
uchraydi. Jumladan, Armaniston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunida «Diniy tashkilot – bu fuqarolarning dinga 
e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish 
maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (cherkovlar, diniy jamiyatlar, 
yeparxiyalar, monastirlar, diniy kongregatsiyalar, diniy o‘quv yurtlari, nashriyotlar) 
dir» deya ta’rif berilgan. 
Rossiya Federatsiyasining «Vijdon erkinligi va diniy birlashmalar 
to‘g‘risida»gi federal Qonunining 8-moddasi 1-bandida: «Rossiya Federatsiyasi 
fuqarolari, Rossiya Federatsiyasi hududida doimiy va qonuniy asoslarda istiqomat 


qiladigan boshqa shaxslarning dinga birgalikda e’tiqod qilish va tarqatish 
maqsadlarida tuzilgan va yuridik shaxs sifatida qonun bilan belgilangan tartibda 
ro‘yxatdan o‘tgan ko‘ngilli birlashmalari», diniy tashkilot deb e’tirof etiladi.
Demak, diniy tashkilot tushunchasiga berilgan ta’riflar o‘rtasida mushtarak 
jihatlar mavjud. Umuman olib qaraganda diniy tashkilot inson va fuqarolarning 
vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlariga ko‘maklashuvchi notijorat ko‘ngilli 
tashkilot hisoblanadi.
Mamlakatimizda faoliyat yuritadigan barcha diniy tashkilotlar O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuniga va amaldagi 
boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi. 
O‘zbekiston Respublikasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuniga asosan diniy tashkilotlar faoliyati 
fuqarolarning 
dinga e’tiqod qilish

ibodat qilish

diniy rasm-rusumlar va 
marosimlarni birgalikda ado etishlariga ko‘maklashish
ni maqsad qiladi.
Qonunchilikda diniy tashkilotlarning bir necha turlari e’tirof etiladi. Unga 
ko‘ra, 
diniy jamiyatlar

diniy o‘quv yurtlari

masjidlar, cherkovlar

sinagogalar

monastirlar
va boshqa tashkilotlarga diniy tashkilot maqomi beriladi. 
Diniy tashkilot huquqiy jihatdan e’tirof etilishi uchun, avvalo, u qonuniy 
asoslarga ega bo‘lishi lozim. Respublikamizda tuziladigan diniy tashkilotlar 
ustav(nizom)i O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning joylardagi 
organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, 
qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z faoliyatini olib borishi mumkin. 
Respublikamizning «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risdagi» 
Qonuni va «O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish tartibi to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasi qarori asosida diniy tashkilot 
tuzish uchun to‘rtta muhim shartga amal qilish kerak. Unga ko‘ra diniy tashkilot 
tuzish uchun tashabbuskorlar:

18 yoshga to‘lgan bo‘lishlari lozim. Bu holat deyarli barcha 
davlatlarning qonunchiligida mustahkamlangan qoida bo‘lib, shaxs 18 yoshga 
to‘lgach o‘z xatti-harakatining mazmun-mohiyatini to‘liq anglab yetadi va sudda 
da’vogar va javobgar bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi. 

O‘zbekistonda muqim yashayotgan bo‘lishlari lozim. Diniy tashkilotda 
o‘tkaziladigan ibodat va rasm-rusmlar asosan shu hududda muqim yashovchi 
insonlarga mo‘ljallanadi. Bundan tashqari xorijda yashovchi insonning boshqa 
mamlakatda tashkil etiladigan diniy tashkilotni tuzishdan ko‘zlangan maqsadi har 
doim ham ezgu bo‘lavermaydi. Bunga yaqin o‘tmishimizda ayrim diniy ekstremistik 
oqimlar tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar misolida ham ko‘rish 
mumkin. 

O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lishlari kerak.
Bu esa, mamlakatimizdagi diniy tashkilotlar shaxsning millati, dinidan 
qat’i nazar faqat O‘zbekiston xalqi tomonidan tuzilishi mumkin ekanini anglatadi. 
Lekin diniy tashkilotga a’zo bo‘lishda shaxsning biror davlatning fuqarosi bo‘lish-
bo‘lmasligining unchalik ahamiyati yo‘q. Chunki, diniy tashkilotga a’zo bo‘lish 


vijdon erkinligining tarkibiy qismi bo‘lib, har bir shaxs bu huquqdan foydalanishga 
haqlidir. 

Son jihatdan 100 nafardan kam bo‘lmasliklari shart qilinadi. 
Respublikamizning dastlabki tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risdagi» Qonunining 13-moddasida diniy tashkilot kamida o‘n kishidan iborat 
o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar tashabbusi bilan tuzilishi qayd etilgan edi. Diniy 
tashkilotlar jamoat birlashmalaridan ayrim jihatlarda farq qiladi va mas’uliyati ham 
kattaroq. Shu bilan birga qonunchilikda belgilangan qoidalar jamiyat rivoji va 
zamon talabi bilan o‘zgarishi muqarrar. 
Dunyo davlatlarining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi 
qonunchiligiga e’tibor qaratilsa, diniy tashkilot tuzish uchun zarur bo‘lgan 
tashabbuskorlarga qo‘yilgan minimal miqdor turlicha ekanini ko‘rish mumkin. 
Jumladan, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonda 10 nafar, Polsha, Litvada 15, 
Latviyada 25, Vengriyada 100, Armaniston va Qirg‘izistonda 200, Chexiyada 300, 
Turkmanistonda 500 nafardan iborat fuqarolar tashabbusi bilangina diniy tashkilot 
tuziladi. Bu esa, diniy tashkilot tuzish borasidagi qoidalar har bir davlatning o‘z 
shart-sharoitidan kelib chiqqan holda belgilanishini ko‘rsatadi.
Diniy tashkilot tuzilib, ustav (nizom)i qabul qilingach, u bir oylik muddatda 
Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. 
«O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi 
to‘g‘risida»gi Qaror asosida diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tish uchun tegishli 
hujjatlarni adliya organlariga taqdim etadilar. Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar 
tuzilgan diniy tashkilotning qonuniyligini o‘rganishga xizmat qiladi. Bu hujjatlar 
jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 


Yüklə 134,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin