Maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir psixologik xususiyatlari



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix29.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#150430
  1   2
ZDIT 1012



52 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING YOSHGA DOIR PSIXOLOGIK 
XUSUSIYATLARI 
1.
 
Muhammadiyeva Feruza Turakulovna
2.
 
Otaxo'jayeva Bibizaynab Bahrom qizi 
1.
 
Maktabgacha ta’lim fakulteti o’qituvchi, 
2.
 
Termiz davlat pedagogika instituti 
Maktabgacha ta’lim fakulteti,1-kurs talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7777761 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada
 
maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir psixologik 
xususiyatlari va ularning bola sog‘lom rivojlanishidagi ahamiyatini bilib olishimiz mumkin. 
Kalit so’z:
bola, mustaqil faoliyat, Maktabgacha yoshdagi bolalar, psixologiya, sog’lom
 
Bola uch yoshga to‘lib maktabgacha yoshiga o‘tgandan so‘ng uning jismoniy jihatdan o‘sishi 
bir qadar sekinlashadi. Bolaning jismoniy jihatdan o‘sishidagi notekislik bu davrda ham 
davom etaveradi. Masalan, bola tug‘ilgandan bir yoshga to‘lguncha bo‘yining o‘sishini 
quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin. Maktabgacha yoshda jismoniy rivojlanish 
ko‘rsatkichlari: Yoshi 0–1 1–2 2–3 3–4 4–5 5–6 6–7 Bo‘yi (sm) 25 40 8 4 6–7 7–8 10 
Maktabgacha yoshdagi bolaning tanasi, xususan, oyoqlarining uzayishi tufayli gavdasidagi 
umumiy mutanosiblik o‘zgaradiBolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshi 
bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning 
mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (shaxsiy fazilatlari) 
tarkib topa boshlaydi. Rus pedagoglaridan P.F.Lesgaftning fikricha, insonning maktabgacha 
yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr mobaynida kelgusida qanday xarakter 
xislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy sifatlarining asoslari yuzaga keladi. Insonning 
kamol topa borishida maktabgacha yoshdagi davrning ahamiyatiga doir P.F.Lesgaftning bu 
fikri rus pedagogi A.S.Makarenkoning quyidagi fikriga to‘la mos keladi. A.S.Makarenko 
bolalarni juda kichik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng 
muhim asoslari bolaning besh yoshgacha bo‘lgan davri mobaynida yuzaga keltiriladi. Mana 
shu davrda qilingan butun tarbiya, tarbiya jarayonining 90% ini tashkil etadi, degan edi. 
Haqiqatan ham bolaning maktabgacha yoshidagi davri shu qadar mazmundor va faol 
davrdirki, bu davr bolaning kelgusi o‘sishida albatta o‘z aksini qoldiradi. Shuning uchun 
maktabgacha yoshidagi davr ta’sir o‘tkazish kuchi jihatidan g‘oyat mas’uliyatlidir. Bola ilk 
yoshdan maktabgacha davrga o‘tgach, uning butun yashash sharoitida jiddiy o‘zgarishlar yuz 
beradi. Birinchidan, bola bog‘cha yoshiga o‘tgach, uning faoliyat doirasi ancha kengayib, 
mustaqilligi yanada ortadi. Uning o‘yinlari, xatti harakatlari ham boshqacha mazmunga ega 
bo‘la boshlaydi. Ikkinchidan, bolaning butun faoliyatida nutqning roli orta boradi. 
Uchinchidan, bola maktabgacha yoshga o‘tgach, muayyan dastur asosida maxsus pedagog 
tomonidan tarbiyalana boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolaning yashash sharoitida 
yuzaga kelgan bu o‘zgarishlar uning jismoniy va psixik jihatdan o‘sib kamol topishniga ta’sir 
etmay qolmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy jihatdan rivojlanishi Yuqorida 
aytib o‘tganimizdek, bolaning jismoniy jihatdan eng tez o‘sadigan davri bir-ikki yoshligiga 
to‘g‘ri keladi.


53 
Bola uch yoshga to‘lib maktabgacha yoshiga o‘tgandan so‘ng uning jismoniy jihatdan o‘sishi 
bir qadar sekinlashadi. Bolaning jismoniy jihatdan o‘sishidagi notekislik bu davrda ham 
davom etaveradi. Masalan, bola tug‘ilgandan bir yoshga to‘lguncha bo‘yining o‘sishini 
quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin. Maktabgacha yoshda jismoniy rivojlanish 
ko‘rsatkichlari: Yoshi 0–1 1–2 2–3 3–4 4–5 5–6 6–7 Bo‘yi (sm) 25 40 8 4 6–7 7–8 10 
Maktabgacha yoshdagi bolaning tanasi, xususan, oyoqlarining uzayishi tufayli gavdasidagi 
umumiy mutanosiblik o‘zgaradi. Maktabgacha yosh davrida bolaning oyoqlari nisbatan 
ko‘proq o‘sadi. Biroq shunday bo‘lsa ham 6–7 yoshgacha bo‘lgan bolaning suyaklari hali 
yaxshi qotmagan, ya’ni tog‘aysimon holatda bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning pay 
va muskullari hali baquvvat emasligiga qaramay juda harakatchan bo‘ladilar. Bola 7 yoshga 
yetgach, umurtqa suyagining bo‘yin qismida oldinga tomon, ko‘krak qismida esa orqaga 
tomon ma’lum darajada egilish yuz beradi. Keyinchalik bolaning umurtqa suyagi mana shu 
shaklda saqlanib qoladi. Bola qaddi-bastining to‘g‘ri bo‘lishida umurtqa suyagining ana 
shunday holda saqlanib qolishi juda katta ahamiyatga ega. Bog‘cha yoshidagi bolaning bosh 
suyagi ham tez o‘sadi. Bola uch yoshga to‘lgandan so‘ng bosh miya suyagining orqa va tepa 
tomonlari tez o‘sadi. Maktabgacha yoshda bolaning ichki organlarida ham jiddiy o‘zgarishlar 
ro‘y beradi. Masalan, bolaning yuragi hajm jihatidan chaqaloq bolaning yuragiga nisbatan 4–
5 barobar kattalashgan, biroq uning muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan 
bo‘ladi. Mana shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolaning yuragi bir qisqarishda organizm 
uchun yetarli qon siqib chiqara olmaydi. Bola yuragining katta odamlar yuragiga qaraganda 
nisbatan tezroq urishining sababi ham mana shundadir. Chunonchi, agar 1 yoshdagi 
bolaning yuragi bir marta qisqarishda 10,2 kub/sm qon siqib chiqarsa, 7 yoshli bolaning 
yuragi bir marta qisqarishda 23 kub/sm dan qon siqib chiqaradi. Katta yoshdagi odamning 
yuragi esa bir marta qisqarishda 60 kub/ sm dan ortiqroq qon siqib chiqaradi. Maktabgacha 
yoshdagi davrda yurakning nisbatan tezroq ishlashi tufayli bolaning qon bosimi katta 
kishilarga nisbatan biroz kuchliroq bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining o‘sishi Maktabgacha yoshdagi bolalar 
psixikasining rivojlanishida ularning nerv sistemalarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar juda 
katta rol o‘ynaydi. Bolalar nerv sistemalarining eng kuchli taraqqiy etadigan davri 1 
yoshgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Yangi tug‘ilgan bola bosh miyasining o‘rtacha 
og‘irligi 380–400 g keladi. Bola bog‘cha yoshiga yetguncha uning miyasi g‘oyat tez rivojlanib, 
deyarli uch baravar ko‘payadi. Demak, bog‘cha yoshiga yetgan bolalar miyasining og‘irligi 
1100–1200 g ga yetadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining bundan keyingi 
takomillashishi davomida bosh miya po‘sti qismidagi markazlarni bir-biri bilan 
tutashtiruvchi nerv tolalari ham miyelin qobig‘i bilan qoplana boshlaydi. Bosh miyadagi nerv 
tolalarining miyelin qobig‘i bilan qoplanishi aks ettirish jarayoni, ya’ni psixik jarayonlar va 
ularning 
rivojlanishi 
uchun 
juda 
katta 
ahamiyatga 
ega. 
Nerv 
tolalari 
miyelinizatsiyalashganda, birinchidan, qo‘zg‘alishlarning nerv tolalaridan tez o‘tishi 
ta’minlansa, ikkinchidan, qo‘zg‘alishning faqat tegishli markazgagina borishini ta’minlaydi. 
Buning natijasida organizmga tashqi muhitdan ta’sir etib turuvchi turli qo‘zg‘atuvchilar 
ta’siri tufayli yuzaga keladigan shartli reflekslar (muvaqqat bog‘lanishlar) nisbatan tez hosil 
bo‘ladi. Bundan tashqari, har bir qo‘zg‘alishning tegishli markazigagina aniq borishi bog‘cha 
yoshidagi bolalarning o‘z harakatlarini epchillik bilan idora qila olishlarini ta’minlaydi.


54 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin