Va diniy tashkilotlar bilan munosabati



Yüklə 134,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix19.12.2023
ölçüsü134,93 Kb.
#184396
  1   2   3   4   5   6
i2Ekzgr1WkQmq7r8OGEZSGeXj7JE9CLuku5yx84O



2-MAVZU. O‘ZBYEKISTONDA DAVLATNING DIN 
VA DINIY TASHKILOTLAR BILAN MUNOSABATI 
Reja: 
1.
Davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning tiplari. 
2.
O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlanishi. 
3.
O‘zbekistonda davlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar. 
Tayanch tushunchalar: 
diniy tashkilotlar, diniy tashkilotlarning markaziy 
boshqaruv organlari, konfessiya, masjid, vijdon erkinligi, e’tiqod erkinligi, dahriy – 
ateist, dinning davlatdan ajratilish, sekulyarizm. 
Mavzu o‘quv maqsadi: 
Talabalarda davlat va din munosabatlarining jahonda 
tarqalgan shakllari, O‘zbekiston Respublikasida davlat va din munosabatlarining 
o‘ziga xos jihatlari, vijdon erkinligining mazmun-mohiyati, O‘zbekiston 
Respublikasida diniy takshilotlar faoliyatining qonunchilik asoslari haqida 
bilimlarini oshirish. 
1.
 
Davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning 
tiplari. 
Rivojlangan demokratik yo‘ldan ketayotgan davlatlarning hozirgi zamonda 
dinga munosabati asosan vijdon erkinligini ta’minlash va diniy bag‘rikenglikka 
asoslangan. Shunga qaramay, bugungi kunda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar 
o‘z mazmuni, mohiyati, shakllari va usullariga ko‘ra turli davlatlarda o‘ziga xoslikka 
ega hamdir. Shu munosabat bilan din va davlat o‘rtasidagi munosabatning tiplari, 
modellari haqida fikr yuritish mumkin.
 
Hozirda davlat bilan din (diniy tashkilotlar) o‘rtasidagi munosabatlarni 
tartibga solishning turli shakllari mavjud bo‘lib, ular bugunga kelib quyidagi uchta 
asosiy turkumga ajratiladi:
1.
Davlat cherkovi modeli – identifikatsion model. Bunday modelni biz, 
misol uchun, Daniya, Angliya, Gretsiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiyada (ya’ni 
Yevropa ittifoqining deyarli uchdan bir qismida) kuzatishimiz mumkin. 
2.
Separatsion, ya’ni davlat dindan ajratilganligiga asoslangan model. 
Davlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning bu turi AQSh, 
Fransiya, Niderlandiya mamlakatlarida keng tarqalgan. 
3.
Kooperatsion – neytralitet modeli. Germaniya, Ispaniya, Italiya, Belgiya, 
Lyuksemburg, Avstriya kabi mamlakatlarida o‘z aksini topgan.
Dastlab davlat va din o‘rtasidagi munosabatning identifikatsion modeliga 
to‘xtalamiz. Mazkur model muayyan tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, 
Yevropaning ayrim mamlakatlarida hamon davlat dinini rasmiy belgilash prinsipiga 
amal qilishmoqda.
Hozirgi kunda anglikan cherkovi (rasmiy nomlanishi – Angliya cherkovi) 
davlat maqomiga egadir. Parlament monarxiyasi yagona konstitutsiyaviy hujjatga 
ega bo‘lmasa-da, mamlakatda diniy tashkilotning o‘rni-mavqei bir qator parlament 
qonunlari hamda davlat bilan diniy tashkilot o‘rtasidagi kelishuv-bitimlari bilan 
belgilanadi. Shunday hujjatlardan muhimi – 1534 yili qabul qilingan «Suprematiya 
(ustuvorlik) to‘g‘risidagi akt»dir. Unga binoan qirol anglikan cherkov rahbari bo‘lib 
hisoblanadi (1952 yildang buyon – qirolicha Yelizaveta II). Monarx hukumat vakili 


tavsiyasiga binoan yepiskoplarni tayinlaydi. Bunday yepiskoplarning aksariyat 
qismi lordlar palatasining a’zolaridir.
Barcha din xizmatchilaridan san (diniy unvon)ga bag‘ishlash jarayonida 
qirolga itoatkorlik to‘g‘risida qasamyod qilishi talab etiladi. Barcha diniy tashkilot 
hujjatlari, shuningdek anglikan cherkovining Bosh sinodi qarorlari, qonuniy kuchga 
kirishidan avval, parlament tomonidan tasdiqlanishi va qirol tomonidan 
ma’qullanishi lozim. Anglikan cherkovi xizmatchilari tomonidan rasmiylashtirilgan 
nikohlar yuridik kuchga ega. Diniy tashkilot o‘zining barcha mablag‘larini bevosita 
emas, balki «Cherkov vakolatdorlari» nomli davlat moliyaviy tashkiloti orqali 
tasarruf etadi. Bu tashkilot qo‘lida Angliya cherkoviga rasmiy tegishli bo‘lgan 
barcha moliya-mablag‘lar to‘planadi.
Shvetsiya, Daniya va Norvegiyada diniy tashkilotning maqomi boshqa 
mamlakatlarda 
bo‘lgan maqomidan jiddiy farq qiladi. Skandinaviya 
mamlakatlarining xarakterli belgisi – protestantizmning qat’iy ustuvorligi 
hisoblanadi - bu mamlakatlarda aholining 90 foizidan ko‘prog‘i protestant 
cherkoviga mansubdir.
Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlarining aksariyatida davlat dini sifatida islom 
dini e’tirof etilgan bo‘lib, bu haqda ularning nomlarida ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ko‘rsatilgan bo‘ladi: Pokiston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi. Shu 
bilan birga islom Misr, Iroq, Jazoir, Tunis va Iordaniyada ham davlat dini sifatida 
e’tirof etilgan.
1979 yili 23 dekabrda tasdiqlangan Eron Islom Respublikasining 
Konstitutsiyasida aytilishicha, «Eronda rasmiy din sifatida 12 ta imomlarning 
mavjudligini nazarda tutuvchi, jafariya mazmunidagi islom dini davlat dini sifatida 
e’tirof etilgan bo‘lib, bu qoida abadiy o‘zgarmas bo‘lib qoladi» (12-modda). Barcha 
fuqarolik, moliyaviy, iqtisodiy, ma’muriy, madaniy, harbiy, siyosiy va boshqa 
qonunlar va qoidalar islom normalari asosida belgilanishi lozim (4-modda).
Qirol bir vaqtning o‘zida hukumat rahbari, oliy bosh qo‘mondon va diniy 
rahbar sifatida namoyon bo‘ladigan, mutlaq teokratik monarxiyaga misol qilib 
Saudiya Arbistonini keltirsa bo‘ladi. Bu mamlakatda Konstitutsiya mavjud bo‘lmay, 
uning o‘rnini qirollik dekretlari chiqariladi. Saudiya Arabistonida islomdan boshqa 
dinga itoat qiladigan mahalliy aholi yo‘q. Musulmonlar Qur’on ko‘rsatmalariga 
qat’iy amal qilishi lozim: Allohning yagona hudoligini, Muhammad (alayhis-salom) 
Allohning payg‘ambari ekanligini e’tirof etishi, besh vaqt namozni kanda qilmasligi, 
zakot solig‘ini to‘lab borishi, ramazon oyida o‘ttiz kunlik ro‘za tutishi hamda 
muqaddas shaharlar – Makka va Madinaga hijrat qilishi (haj). farz, ya’ni shartdir. 
Suadiya Arabistonida sud hokimiyati asosan shariat sudlari tomonidan Qur’on 
ko‘rsatmalariga amal qilgan holda amalga oshiriladi.
Isroilda esa iudaizm davlat dini bo‘lib, bu mamlakatda din davlat 
mexanizmining bir qismi sifatida o‘zining aksini topgan. Mamlakatda yagona 
konstitutsiya mavjud bo‘lmay, uning o‘rniga Knesset tomonidan qabul qilinadigan 
qonunlar amal qiladi. 1952 yilgi qonunga binoan Isroil fuqaroligi iudaizmdan 
boshqa dinga e’tiqod qiluvchi yoki umuman hudoga ishonmaydigan yaxudiylarga 
berilmaydi. Sinagoga va ravvinatning jamiyatning turli sohalardagi aralashuvi 


nihoyatda keng bo‘lib, ular o‘zlari tomonidan chiqarilgan turli ko‘rsatmalar orqali 
e’tiqod qiluvchi hayotining turli jabhalarini tartibga soladi.
Ayrim mamlakatlarning konstitutsiyalarida diniy tashkilotning davlatdan 
ajratilganligi (separatsion model) mustahkamlangan bo‘lib, bunda davlat dinni o‘z 
fuqarolarining shaxsiy ishi sifatida ko‘radi va buni «erkin jamiyatda erkin e’tiqod» 
degan ibora bilan izohlasa bo‘ladi.
Tarixining boshlanishidan ko‘p konfessiyali davlat bo‘lmish AQShda, bir-
birining ishlariga ikki tomonlama aralashmaslik, diniy jamoalarning erkinligi, 
barcha konfessiyalarga nisbatan davlatning aralashmasligi nazarda tutilgan diniy 
tashkilotning davlatdan qat’iy ajratilishi prinsipi keng yoyilgan. 
Diniy tashkilotning davlatdan ajratilishi prinsipi boshqa shaklda ham 
namoyon bo‘lishi mumkin. Yevropada bunday tizim diniy tashkilotga qarshi kurash 
jarayonlari natijasi sifatida shakllandi. XIX asr davomida Fransiyada davlat-din 
munosabatlari hamkorlikdan butunlay uzilishga qadar o‘zgarib, 1905 yildan cherkov 
davlatdan rasmiy ravishda ajratiladi. Shunga bog‘liq ravishda 1905 yili qabul 
qilingan qonun quyidagilarni tan oladi: 
1.
Vijdon va e’tiqod erkinligi; 
2.
Diniy tashkilotlar yoki ularning moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishini davlat 
tomonidan tan olinishining taqiqlanishi; 
3.
Barcha dinlarga, hech bir istisnosiz teng munosabatda bo‘lish. 
Fransiyaning dinning davlatdan ajratilishi to‘g‘risidagi qonuni diniy 
marosimlarni va odatlarni bajo keltirish jamoat tartibini muhofaza qiluvchi 
hokimiyatlar ruxsati va nazorati bilan amalga oshirilishini belgilab qo‘ydi.
Kooperatsion, ya’ni neytralitet modeli GFRda yaqqol namoyon bo‘lgan. 
Davlat bilan diniy tashkilot o‘rtasidagi munosabatlar davlat hokimiyatining 
ustuvorligi e’tirof etilgan, davlat-cherkov huquqiga o‘sib chiqdi. XIX asrda Diniy 
tashkilot tomonidan o‘zini-o‘zi belgilashga bo‘lgan huquqining tan olinishi davlat 
bilan din o‘rtasida o‘zaro faoliyat doirasining yanada aniq belgilab olinishini 
belgilab berdi.
Veymar Konstitutsiyasi davridan boshlab Germaniyada davlat-cherkov 
munosabatlari sekulyar bo‘lib qolgan davlat bilan cherkov erkinligi o‘rtasidagi 
muayyan masofa bilan xarakterlanadi. Hozirgi kunda bunday masofani «neytralitet» 
termini bilan atash odat bo‘lgan.
Hozirgi kunda davlat-cherkov munosabatlari GFR Asosiy qonunining 140-
moddasi bilan tartibga solinadi. O‘z navbatida konstitutsiyaning mazkur moddasi 
1919 yilgi Veymar Konstitutsiyasining 136-139, 141- moddalaridan tashkil topgan.
Bu boradagi asosiy qoida 137-moddada o‘z aksini topgan bo‘lib, unga binoan 
davlat cherkovi umuman mavjud emas.
GFRda diniy mashg‘ulotlar davlat bilan cherkov o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatning o‘ziga xos ifodasi bo‘lib, diniy mashg‘ulotlar davlat bilan 
cherkovning umumiy ishi sifatida e’tirof etiladi. GFR Konstitutsiyasining 7-
moddasiga binoan, ommaviy maktablarda diniy ta’lim, nokonfessional 
maktablardan tashqari, majburiy predmet bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘rib chiqilayotgan model doirasida 1920 yilgi Avstriya konstitutsiyasi ham 
muayyan qiziqish kasb etadi. Unda ham vijdon va e’tiqod erkinligi to‘la e’tirof 


etiladi. Avstriyada ham, GFRda bo‘lgani kabi, cherkov davlatdan ajratilmagan. 
Katolik cherkovi umumdavlat maqomiga ega bo‘lmasa-da, diniy sohada hukmronlik 
qiladi va mafkuraviy hayotning turli jabhalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. E’tiqod 
qiluvchilarning tahminan 90% ni katoliklar tashkil etadi.
Xorijiy mamlakatlarda diniy tashkilotlarning huquqiy maqomini, davlatning 
dinga, vijdon va e’tiqod erkinligiga bo‘lgan munosabatini tartibga soluvchi 
konstitutsiyaviy va qonunchilik normalari nihoyatda turli-tumandir. Konstitutsiyalar 
odatda, diniy tashkilot bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat asoslari, jamiyatda 
dinning tutgan o‘rni bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi maxsus moddalarni, 
ayrim hollarda esa bir-butun bo‘lim va boblarni ham o‘zida aks ettiradi. Umuman 
olganda esa, konstitutsiyalar konfessiyalar va e’tiqod qiluvchilar huquqlarining 
kafili bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekistonda tarkib topgan davlat va din o‘rtasidagi munosabat o‘z 
mohiyati, mazmuni va huquqiy asoslariga ko‘ra separatsion modelga, ya’ni 
davlatdan din, maktabdan din ajratilganligi va vijdon erkinligi, konfessional 
bag‘rikenglik ta’minlanganligiga asoslanadi. 
O‘zbekiston dunyoviy davlat bo‘lib, mamlaktimizda din davlatdan alohida 
bo‘lib, bu haqda mamlakatimiz Konstitutsiyasining 61-moddasida shunday deyiladi: 
«Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida 
tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi».
Bu g‘oya «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning 5-
moddasida ham mustahkamlangan bo‘lib, unda ham dinning davlatdan 
ajratilganligi, hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir 
imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan. Bu esa 
mamlakatimizda davlatning diniy ishlarga, dinning esa davlat ishlariga (qonun 
hujjatlarida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno, albatta) aralashmasligini 
anglatadi.
Buning zamirida davlat tomonidan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va dinga 
e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, shu kabi tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va 
hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashishi, ular o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan 
qarama-qarshilik va keskinliklarning oldini olishi, diniy konfessiyalar o‘rtasidagi 
tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlashi, diniy tashkilotlar zimmasiga davlat 
o‘zining hech qanday vazifasini bajarishni yuklamasligi, ularning qonun hujjatlariga 
zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmasligi kabilar yotadi. 

Yüklə 134,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin