Va diniy tashkilotlar bilan munosabati


Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi demokratik prinsiplarga



Yüklə 134,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix19.12.2023
ölçüsü134,93 Kb.
#184396
1   2   3   4   5   6
i2Ekzgr1WkQmq7r8OGEZSGeXj7JE9CLuku5yx84O

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi demokratik prinsiplarga 
sodiqligini ifodasi sifatda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro 
munosabatda quyidagi pritsiplarga amal qilishini e’lon qildi: 

dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish; 

diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy 
ishi deb tan olish; 

diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal 
qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib 
qilishga yo‘l qo‘ymaslik; 



ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror 
toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun 
ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati; 

dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib 
bo‘lmasligini e’tirof etish.
Yuqoridagilarga asoslangan holda, xulosa qilish mumkinki, biz yuqorida 
tahlil etgan davlat va din o‘rtasidagi munosabatning uch modeli davlat va din 
o‘rtasidagi munosabatning turli-tuman qirralarini jihatlarini va xossalarini 
to‘laligicha qamrab ololmaydi. Davlat va din o‘rtasidagi munosabatning bir 
modelida boshqa model elementlari ham uchrab qolishi mumkin. Shu jihatlarni 
hisobga olgan holda ayish mumkinki, davlat va din o‘rtasidagi munosabatning qaysi 
modelda bo‘lishi shu davlatning taraqqiyoti, undagi aholining mentaliteti, dinning 
xususiyati, 
mamlakatdagi 
demokratik 
vaziyat, 
inson 
huquqlarining 
ta’minlanganligi, xalqaro ahvol, jamiyatning onggi kabi omillar ta’sir etishi 
shubhasizdir. 
2.
O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlanishi. 
Vijdon erkinligi 
tabiiy huquq va erkinliklar sirasiga kiruvchi, har bir shaxsning ajralmas 
huquqlaridan biridir. Shaxsning tabiiy huquqlari davlatning insonga bergan 
«tuhfasi» emas, balki insonning munosib turmush va hayot tarzini tanlash bilan 
bog‘liq real imkoniyati hisoblanadi.
Shu bilan birga, tabiiy huquqlar jumlasiga kiruvchi erkinliklarni qonun 
chiqaruvchi o‘zi xohlaganda qisqartirishi yoki cheklashga ham haqli emas. Chunki 
bu huquqlar tabiiy ravishda insonlarga berilgan in’om sanaladi. Vijdon erkinligi ham 
xuddi shunday.
Vijdon erkinligi insonning asosiy erkinliklaridan bo‘lsa-da, qonunda o‘z 
ifodasini topib, muhofaza ostiga olingandagina chin ma’noda huquq darajasiga 
ko‘tariladi. Aks holda shaxsning qalb kechinmalarini ifodolovchi bu huquq haqiqiy 
ma’nosini yo‘qotadi. 
Bu erkinlik deyarli barcha davlatlarning konstitutsiya va qonunlarida
shuningdek, qator xalqaro hujjatlarda huquqiy jihatdan himoyaga olingan.
Atama sifatida «vijdon» so‘zi ko‘p ma’noni anglatadi. Bu atama turli soha va 
ijtimoiy qatlamga mansub insonlar tomonidan turlicha qo‘llaniladi. A.Madvaliyev 
tahriri ostida nashr etilgan «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da «vijdon» so‘ziga 
quyidagicha ta’rif berilgan: 
«Vijdon» (
arab.
ehtiros, his-tuyg‘u, insof, diyonat) kishining o‘z xatti-
harakati, qilmishi, yurish-turishi uchun odamlar, jamoatchilik oldidagi mas’uliyat 
hissi, insoniylikning asosiy belgilaridan biri; diyonat, insof», deya izoh berilgan. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, vijdon so‘zining birinchi ma’nosi insoning o‘z xatti-
harakatilari uchun o‘zgalar oldidagi mas’uliyat hissi hisoblanar ekan.
Aslida olib qaraganda «vijdon» so‘zi ko‘p ma’noli bo‘lgani bois uning huquq 
atamashunosligida ishlatilishi unchalik ham ijobiy hol emas. Chunki «Normativ-
huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonun talablariga ko‘ra qonun hujjatlarida 
foydalaniladigan tushuncha va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etishi 
lozim. Shuningdek, qonunda eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va 
iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qo‘llanilishi mumkin emas. 


Lekin bu atama endi qonunchiligimizga kirib bo‘ldi. Uni foydalanishdan chiqarib
yangi so‘z ixtiro qilgandan ko‘ra, atamaning mazmun-mohiyatini keng ommaga 
tushuntirish, izohlab berish maqsadga muvofiq.
Shunday ekan, vijdon erkinligining birinchi ma’nosi aynan shaxsning e’tiqodi 
bilan bog‘liq huquqi sifatida qabul qilgan holda shu mazmunni yoritishga harakat 
qilamiz. 
Huquqiy mezonda vijdon tushunchasi «vijdon erkinligi» shaklida keladi. 
O‘zbekistonning asosiy qomusi – Konstitutsiyada ta’kidlanishicha «Hamma uchun 
vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech 
qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga 
yo‘l qo‘yilmaydi» (31-modda), degan qoida mustahkamlangan.
Bu qoidaga ko‘ra «vijdon erkinligi» degan tushunchaning mazmun-mohiyati 
shaxsning xohlagan dinga e’tiqod qilishi bilan birga, hech qanday dinga e’tiqod 
qilmaslik ixtiyorini ham qamrab oladi. Bu modda so‘ngida «diniy qarashlarni 
majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», degan muhim qoida asosida, har bir inson 
haqli bo‘lgan huquqning buzilmasligi uchun qonuniy zamin tayyorlangan. Buning 
zamirida vijdon erkinligiga nisbatan har qanday tahdidni bartaraf etish istagi yotadi.
Shunday qilib, Konstitutsiyamizdagi norma asosida vijdon erkinligi uch 
jihatni anglatadigan huquqiy kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi: 


Yüklə 134,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin