Va diniy tashkilotlar bilan munosabati



Yüklə 134,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü134,93 Kb.
#184396
1   2   3   4   5   6
i2Ekzgr1WkQmq7r8OGEZSGeXj7JE9CLuku5yx84O

Muayyan shaxs xudoga ishonishi, xohlagan diniga e’tiqod qilishi 
mumkin; 

Xudoga va dinga ishonmasligi, ularga nisbatan betaraf bo‘lishi 
mumkin.

Dahriy, ya’ni hech bir dinga e’tiqod qilmaygina qolmasdan, balki 
ularni inkor etishi mumkin.
Bu vijdon erkinligi huquqi aynan shu masalalar bilan cheklanadi degani emas. 
Odatda, konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo‘lib, yoritiladigan normaning 
umumiy jihatlarini o‘zida qamrab oladi. Konstitutsiya asosida qabul qilingan qonun 
va qonun osti hujjatlarida norma kengroq yoritiladi va sharhlanadi. 
Konstitutsiyadagi 31-modda zamirida qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasi birinchi va ikkinchi banlarida bu 
tushuncha kengroq ochib berilgan. Unda aytlishicha, «Vijdon erkinligi 
fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod 
qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. 
Fuqaro o‘zining dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat 
qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, 
diniy ta’lim olishga o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda 
majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi». 
Demak, vijdon erkinligi faqat xudoga ishonish yoki ishonmaslikdan tashqari, 
ibodat qilish, diniy rasm-rusmlar va marosimlarda ishtirok etish erkini, shuningdek, 
diniy ta’lim olish yoki olmaslikni o‘z ixtiyori asosida belgilash huquqlarini ham o‘z 
ichiga oladi.
Shaxs dinga nomigagina ishonishi yoki xudojo‘y bo‘lishi, but va sanamlar 
yoki jonivorlarga sig‘inishi, dinsiz dahriy yoki butunlay dinga qarshi inson ham 
bo‘lishi mumkin. Ammo shaxsning bu kabi qarashlari uni ayblash yoki tahqirlash 


uchun asos bo‘lmaydi. Bu vijdon erkinligi huquqi asosida kafolatlangan imtiyoz 
hisoblanadi. Kimning qanday e’tiqodga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi uning 
vijdoniga havola etiladi. Lekin havola etilayotgan e’tiqod qonunga xilof bo‘lmasligi 
shart. Ya’ni e’tiqod qilaman deb taqiqlangan diniy tashkilotlarga e’zo bo‘lishi yoki 
ularning g‘oyalarini targ‘ib qilishi qonunga xilof sanaladi. O‘z navbatida, bunday 
xatti-harakat javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ba’zi huquqiy adabiyotlarda «vijdon erkinligi» o‘rnida «e’tiqod erkinligi» 
tushunchasini ham uchratish mumkin. Aslida «e’tiqod» (arabcha «i’taqada» 
fe’lidan) so‘zi ham ko‘p ma’noli so‘zlar jumlasiga kirib, ishonch, imonli bo‘lish, 
ko‘ngilda tasdiqlash kabi bir necha ma’nolarga ega. Biz uchun kerakli bo‘lgan 
ma’nosiga keladigan bo‘lsak, xudoga yoki umuman g‘ayritabiiy kuchlarga imon 
keltirishni anglatadi.
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan vijdon erkinligi huquqi asosida inson dinda 
buyurilgan amallarni bajarmay, hatto o‘sha dinga ishonmay, uni inkor etishi, ya’ni 
dahriy bo‘lish imkoniyatini ham qo‘lga kiritadi. Agar xohlasa, dinga ishonadi, diniy 
ibodat va rasm-rusmlarni bajaradi. Bunda ixtiyor shaxsning o‘zida qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida 2012 yil mualliflar jamoasi 
tomonidan nashr etilgan «Inson huquqlari umumiy nazariyasi» darsligida 
keltirilishicha, vijdon erkinligi shaxsning turli diniy qadriyatlardan birini tanlash 
erkinligini o‘zida aks ettiradi va uning e’tiqod erkinligidan farqi diniy va dinsiz 
ma’naviy qadriyatlardan birini tanlash erkinligidadir.
Bu haqida yanada to‘liqroq to‘xtalib o‘tsak, e’tiqod erkinligida ham vijdon 
erkinligi singari shaxs u yoki bu dinni tanlab, unda ko‘rsatilgan amallarni bajarish 
yo bajarmaslik ixtiyoriga ega bo‘ladi. Lekin bu huquq dahriy bo‘lish huquqini 
kafolatlamaydi. Shu kabi farqlar sababli ayrim davlatlar qonunchiligida vijdon 
erkinligi emas, e’tiqod erkinligi kafolatlangan. Shunga asosan agar inson amal qilib 
turgan dinidan chiqadigan bo‘lsa, ayrim hollarda qonuniy jazo sanksiyalarining 
qo‘llanilishi ham e’tiqod erkinligining o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatadi.
Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, vijdon erkinligi e’tiqod erkinligidan kengroq 
tushuncha hisoblanadi.
Vijdon erkinligi tushunchasi xalqaro huquqiy hujjatlarda ham atroflicha 
bayon etilgan. Jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 18-
moddasida shaxsning vijdon erkinligi huquqi kafolatlangan. Unda aytilishicha, «Har 
bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega; bu huquq o‘z dini yoki e’tiqodini 
o‘zgartirish erkinligini va ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda 
marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish, o‘z dini yoki e’tiqodiga 
yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish erkinligini o‘z ichiga 
oladi». 
Mazkur normaga ko‘ra vijdon erkinligi shaxsga quyidagi huquqlarni 
kafolatlaydi:

Shaxsning o‘z dini yoki e’tiqodiga ega bo‘lish;

Shaxsning o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish; 

Ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda 
marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish; 



O‘z dini yoki e’tiqodiga yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga 
amal qilish.
Bundan tashqari, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 
19-moddasida ham vijdon erkinligiga ayni shu mazmunda izoh berilgan.
Shu o‘rinda bir masalaga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Vijdon 
erkinligi shaxsning o‘z dini va e’tiqodini o‘zgartirish huquqini kafolatlashi aniq. 
Lekin bunday o‘zgartirish boshqa shaxsning ta’sirida bo‘lmasligi shart. Aks holda, 
bu qonunchiligimizda taqiqlangan missionerlikning bir ko‘rinishiga aylanib qolishi 
mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki, vijdon erkinligi shaxsning konstitutsiviy tabiiy 
huquqi bo‘lib, davlat bu erkinlikni huquqiy kafolatlash va amalda ta’minlash 
tadbirlarini ro‘yobga chiqarish bilan bir qatorda, uni poymol etishga nisbatan har 
qanday tahdidning oldini olishga ham intiladi. Qonun ustuvorligi eng oliy mezon 
bo‘lgan fuqarolik jamiyatining har bir a’zosi ushbu qonuniy talabga to‘g‘ri 
munosabatda bo‘lib, uning hayotga tatbiq etilishiga hissa qo‘shishi lozim. Chunki 
eng muhim konstitutsiyaviy huquqlardan bo‘lgan vijdon erkinligi huquqining 
amalda 
ro‘yobga chiqarilishi fuqarolik jamiyatining ma’naviy-madaniy 
rivojlanganlik darajasining ham muhim ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. 

Yüklə 134,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin