15-DARS
PYTHONDA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
PYTHONDA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
99
PYTHONNING SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAGI O‘RNI
9-qadam.
“Командная строка” oynasida kiritilgan Python dasturlash tiliga yo‘l paydo
bo‘ladi. Shundan so‘ng kod qatori oxiriga cd + Scripts (15) buyrug‘i yoziladi va “Enter”
tugmachasi bosiladi.
10-qadam.
Asosiy ish pip orqali NLTK kutubxonasini Pythonga o‘rnatish
kodini yozishdan
iborat. Buning uchun kod davomidan pip install nltk (16) buyruqlar qatori kiritiladi va
“Enter” tugmachasi bosiladi. So‘ngra o‘rnatish jarayoni amalga oshiriladi (17) va NLTK
kutubxonasining muvaffaqiyatli o‘rnatilganligi to‘g‘risida (Successfully installed nltk-3.5) (18)
xabar paydo bo‘ladi.
Yuqorida bayon qilingan ketma-ketlik asosida Python dasturlash muhitiga boshqa sun’iy
intellekt kutubxonalarini ham o‘rnatish mumkin.
1. Python kutubxonalarini mustaqil ravishda o‘rnating.
2. Internetdan NLTK kutubxonasi imkoniyatlari haqida rasmiy
manbalarni toping va ular
mazmuni bilan tanishib chiqing
3. NLTK kutubxonasidan foydalangan holda biror dastur tuzishga harakat qilib ko‘ring.
Buning uchun Internetdan NLTK qo‘llanilgan oddiy dastur kodlarini toping va uning
nusxasini o‘z Python muhitingizga qo‘yish orqali ishlatib ko‘ring.
Dostları ilə paylaş: