I I BOB.
PYTHONDA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
100
Python dasturlash tilida inson nutqini tanish va tushunish texnologiyasini
yaratish boshqa
dasturlash tillariga nisbatan oson va samarali kechadi. Bunga asosiy sabab – dasturlash
tilida kodlarining soddaligi hamda ko‘plab qo‘shimcha kutubxonalarning mavjudligidir.
Tabiiy
tilni qayta ishlash (Natural language processing – inson nutqini tanish,
tushunish, tahlil qilish
va javob berish) sun’iy intellektning bir qismi sifatida mashinalar va insonlar o‘rtasida
ovozli
yoki yozma muloqotni amalga oshirmoqda.
Sun’iy intellektning hisoblash lingvistikasi va kompyuter fanlari imkoniyatlarini birlashtirish
natijasida mashina tabiiy tilni tushuna boshladi. Bu degani, foydalanuvchi o‘z
kompyuterini
og‘zaki muloqot orqali boshqarishi natijasida ish samaradorligini bir necha barobar oshirish
imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ma‘lumki, so‘zlashuv insonlar o‘rtasida asosiy muloqot manbayi
hisoblanadi. Tabiiy tilni qayta ishlash (TTQI) orqali so‘zlashuv
jarayonini inson va mashina
o‘rtasidagi asosiy muloqot manbayiga aylantirish, kelgusida bu orqali sun’iy
intellekt
texnologiyalarining taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish mumkin.
Tokenizatsiya
– matn ko‘rinishidagi ma’lumotni qismlarga ajratib, ma’lum
bir belgilar
ko‘rinishida ifodalash.
Nutqni qismlarga bo‘lish va belgilash
– ovozli ma’lumotni qo‘llanilayotgan
algoritm
asosida qayta ishlash va tahlil qilish uchun ma’lum bir qismlariga ajratish jarayoni.
Nutqni tanib olish
– foydalanuvchi ovozini tahlil qilish orqali
uning shaxsini aniqlash
jarayoni.
Foydalanuvchi his-tuyg‘ularini tahlil qilish
– dasturning foydalanuvchi his-tuyg‘ularini
aniqlash orqali uning ovozli ma’lumotlariga ma’lum bir ma’no berish jarayoni.
Dostları ilə paylaş: