I I BOB.
PYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH) DASTURINI TUZISH
108
NaturalReader
(https://www.
naturalreaders.com/)
turli matnli fayllarni
audiofayl ko‘rinishiga o‘tkazuvchi TTS
dasturiy ta’minoti hisoblanadi. U matnli
fayllarni 10 dan ziyod tilga konvertatsiya
qilish imkoniyatiga ega.
Dastur matnli
fayllarni kompyuter yoki telefon xotirasidan
tashqari Dropbox, Google Drive,
OneDrive
kabi bulutli saqlash platformalaridan ham yuklab olishi mumkin. NaturalReader dasturi PDF,
TXT, DOCX, PPTX, ODS, ODT va DRM bo‘lmagan EPUB kabi ko‘plab matn fayllarini *.mp3,
ya’ni audiofayl ko‘rinishiga o‘tkazishi yoki o‘qib berishi mumkin. Dasturning pullik va bepul
versiyalari mavjud.
Dastur Windows, MacOS va Android operatsion tizimlarida ishlaydi.
Linguatec Voice Reader
(https://www.
linguatec.de/en/) dasturi TTS dasturlari
orasida aniqligi bilan ajralib turadi.
Dastur
matnni 60 ga yaqin turli odamlar ovozida
o‘qib berishi yoki uni audiofayl ko‘rinishiga
o‘tkazishi mumkin. Shuningdek,
dastur
45 ta tilni qo‘llab-quvvatlagan holda
konvertatsiya qilish orqali TXT, RTF, DOCX,
DOC, HTM, HTML, MHT, EPUB, PDF,
ODT kabi matnli fayllarni *.mp3
formatda
saqlashi mumkin. Dasturning bepul
versiyasi mavjud emas. Dastur faqat Windows operatsion tizimida ishlaydi.
Capti
(https://www.captivoice.com/) –
20 dan ortiq tillarni qo‘llab-quvvatlovchi
hamda bulutli platformalar bilan ishlay
oluvchi yana bitta TTS dasturi. Dastur
imloviy va
uslubiy xatolarni sifatli
tekshiradi va matnni audio ko‘rinishga
o‘tkazish jarayonida xatolarni bartaraf eta oladi. Capti PDF, DOCX, PPTX, EPUB, ODT, FODT,
TXT, RTF, JPEG, PNG va Google Docs, Slides va Sheets kabi ko‘plab
matn formatlarini
qo‘llab-quvvatlaydi. Dastur Windows, MacOS, IOS operatsion tizimlarida hamda veb-shaklda
ishlash imkoniyatiga ega.