I I BOB.
PYTHONDA STT (SPEECH-TO-TEXT) DASTURINI TUZISH
120
1. Ovoz yozish qurilmasi yordamida kiritilgan ma’lumotni matn ko‘rinishiga konvertatsiya
qilish
SpeechRecognition va PyAudio kutubxonalari kompyuterning ovoz yozish qurilmasi
(diktofon), Googlening STT sintezatori va Python dasturlash tilini o‘zaro bog‘laydi. Bu esa
foydalanuvchiga STT dasturini yaratish imkoniyatini taqdim etadi. TTS dasturida bo‘lgani kabi
bu yerda ham dastur
kodini yozish jarayonida, eng avvalo, SpeechRecognition kutubxonasini
import qilish lozim. Yaratiladigan dastur kompyuter mikrofoni bilan bog‘langan
holda
foydalanuvchi ovozini yozib oladi va Googlening nutqini tanib olish imkoniyatidan foydalanib,
uni matn ko‘rinishiga konvertatsiya qiladi. Quyida sodda STT dasturining kodlari keltirilgan:
__author__ = 'NORMATOV S.'
import speech_recognition as stt
r = stt.Recognizer()
with stt.Microphone() as source:
print("Gapirishni
boshlang, vaqt ketdi");
audio = r.listen(source)
print("Vaqt tugadi. Rahmat")
try:
print("Text: " + r.recognize_google(audio));
except:
pass;
Yuqoridagi dastur kodi ishga tushirilganda, natija quyidagicha bo‘ladi:
Demak, dasturning “gapirishni boshlang, vaqt ketdi” degan yozuvidan so‘ng
“ramazonu karim”
deb aytiladi. Googleda avtomatik tanlov ingliz tilida bo‘lganligi sababli aytilgan gapni Text:
Ramadan Kareem ko‘rinishida matn holatida tasvirlab berdi. Googlening
STT bilan ishlovchi
tillar ro‘yxatida o‘zbek tili ham mavjud. Demak, dastur kodini biroz o‘zgartirish orqali o‘zbek
tilidagi ovozli ma’lumot (audio)ni matn ko‘rinishiga o‘tkazish mumkin ekan. Buning uchun
yuqoridagi kodning faqat quyidagi qisminigina o‘zgartirish talab etiladi.
print("Text: " + r.recognize_google(audio, language='uz-UZ'));